Huquq ijodkorligiga ta'rif bering.
Bu, vakolatli davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish, ularga o‘zgartirish kiritish yoki ularni bekor qilishga qaratilgan faoliyati.
Qonun so'ziga ta'rif bering.
Bu, vakolatli davlat organi tomonidan yoki referendum oʻtkazish yoʻli bilan belgilangan tartibda qabul qilinadigan, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan, eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat.
Qonun ijodkorligi jarayoni deganda nimani tushunasiz?
Bu, qonun chiqaruvchi hokimiyat organining o‘z vakolatidan kelib chiqqan holda qonunni qabul qilish, uni o'zgartirish yoki jamiyat hayotida uzoq muddat davomida amalda bo‘lib, ijro etilishi odatiy holga aylangan odat, axloq yoki boshqa ijtimoiy normalarni sanksiyalashga qaratilgan faoliyati.
Huquq ijodkorligining mazmuni nima?
Demokratik davlatda xalqning irodasini, ijtimoiy manfaat va ehtiyojlarni qonun darajasiga ko‘tarish.
Huquq ijodkorligi prinsiplariga nimalar kiradi?
- xalqchillik;
- demokratiklik;
- qonuniylik;
- oshkoralik;
- ilmiy asoslanganlik.
Huquq ijodkorligining eng yuqori darajada tashkillashgan, uyushgan va takomillashgan shakli bu..?
Qonun ijodkorligi
Qonun ijodkorligi bosqichlarini sanab bering.
1) qonunchilik tashabbusi;
2) qonun loyihasini muhokama qilish;
3) qonunning Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinishi;
4) qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi;
5) qonunni imzolash va e’lon qilish.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ta'rif bering.
Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar, tashkilotlar va shaxslar tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni o‘zgartirish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifning Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir.
Qonunni qabul qilish chog‘ida ovoz berish tartibi qaysi mansabdor shaxs yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadi?
Oliy majlis palatalari tomonidan
Qanday holatda Senat tomonidan qaytarilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan to'g'ri prezidentga imzolash uchun yuboriladi?
Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa
Huquq ijodkorligi jarayonida qanday funksiyalar bajariladi?
- qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash;
- amaldagi qonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish;
- eskirgan huquqiy normalarni bekor qilib borish;
- huquqda hal etilmagan jabhalar, bo‘shliqlarni to‘ldirib borish;
- qonunchilikni tartibga keltirish bir tizimga solish(sistemalashtirish).
Qonun loyihasini ikkinchi o'qishga tayyorlash chog'ida qonun loyihasiga qanday o'zgartirish kiritiladi?
Tushgan takliflarni umumlashtiradi. U asosli deb topgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Qonunlarni qabul qilishning, ovoz berishning umumiy qoidalari yoritib o'tilgan normalar qaysi normativ huquqiy hujjatlarda o'z aksini topadi?
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
2. Oliy Majlis palatalarining amaldagi Reglamentlarida
Parlamentning har ikkala palatasi reglamentlariga asosan qonunchilik ijodkorligi jarayonida beriladigan ovozlar qanday usullarda o'tkazilishi mumkin?
O‘zbekiston xalq deputatlarining (senatorlarining) kamida beshdan bir qismi talabiga muvofiq palatalarning majlisida elektron tarmoqdan foydalangan holda yoxud deputatlar(senatorlar)ning nomlari yozilgan byulletenlarni topshirish yo‘li bilan nomma-nom ovoz berish o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaytargan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi qanday qaror qabol qilishi zarur?
– qonunni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish;
– qonunni bundan buyon ko‘rib chiqmaslik;
– qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo'lgan subyektlarni sanab bering.
Qonunchilik tashabbusi huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar boʻyicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
Mazkur qonun loyihasini qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, uning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi, shuningdek qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va moliyalash manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Qonunloyihasi ikki xil tarzda muhokama qilinadi, ularni ayting.
- umumiy qoidaga binoan, parlament – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida muhokama etiladi;
- mamlakat hayotining o‘ta muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan qonunlarning loyihalari esa, keng xalq muhokamasiga chiqariladi.
Qonun loyihasiga ovoz berish uch xil shaklda amalga oshiriladi. Ularni sanang.
1) moddama-modda;
2) bo‘lim yoki bob bo‘yicha alohida-alohida;
3) loyiha to‘lig‘icha ovozga qo‘yiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar amal qilish ko‘lami bo'yicha qanday yo'nalishlarni qamrab olishi zarur?
– harakatlanish mavzusi;
– vaqt bo‘yicha amal qilishi;
– hududda, makonda amal qilishi;
– shaxslarga nisbatan amal qilishi.
Huquqiy siyosat va yuridik texnika tushunchalariga bir biriga qachalik bog'lik?
Yuridik texnika huquqiy siyosatni normativ shaklga keltirish va samarali amalga oshirishning zarur vositasi hisoblanadi.
Normativ hujjatlarning shaxslarga nisbatan amal qilishideganda nimani tushunasiz?
Huquqiy qoidalarning vazifasi ular tatbiq etilishi lozim bo‘lgan munosabatlarni, tashkilotlarni va kishilar doirasini aniqlab berishdan iborat.
Normativ hujjatlarning vaqt bo‘yicha amal qilishi haqida fikringiz. Misol bilan...
Qonun yoki boshqa huquqiy hujjatning yuridik kuchga kirish va uni yo‘qotish vaqtini anglatadi.
Bilamizki qonunlar Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Lekin Odilqoriyevning nazariyasiga ko'ra ko'pchilik ovozi turlarga bo'linadi. Ularni sanab bering.
- nisbiy ko‘pchilik;
- oddiy ko‘pchilik;
- mutlaq ko‘pchilik;
- malakali ko‘pchilik.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda qonun loyihasi bilan birga yana nimalar taqdim etilishi kerak?
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;
2) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
3) o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati;
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.