2017-2021-yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilingan hujjat nomi nima?
Harakatlar strategiyasi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingan umumxalq referendumi qachon bo'lib o'tdi?
2023-yil 30-aprel.
2018-yil O'zbekistonda qanday nom bilan e'lon qilingan?(to'liq)
Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2024-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qancha?
36 799 800 kishi.
Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish" ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi.
Konstitutsiyaviy islohot natijasida moddalar va normalar soni qanchaga yetdi?
Moddalar 128 tadan 155 taga, normalar 275 tadan 434 taga oshdi.
2019-yil 1-yanvardan boshlab ushbu toifadagi shaxslarga pensiya to‘liq miqdorda to‘lana boshlandi.
Ishlayotgan pensionerlarga.
2024-yilgi Parij Olimpiadasida O‘zbekiston sportchilari jami nechta medal va ulardan nechtasi oltin edi?
Jami 13 ta medal, shundan 8 tasi oltin.
O‘zbekiston-2030 strategiyasiga ko‘ra, nechta oliy ta’lim muassasasini dunyoning "Top-1000" reytingiga kiritish maqsad qilingan?
10 ta
Yangi Konstitutsiyaga ko'ra, shaxsni sud qarorisiz necha soatdan ortiq ushlab turish mumkin emas?
48 soat.
2022-yilda kambag‘allik darajasi necha foizdan necha foizga tushdi?
17 foizdan 14 foizga.
1995-yilda O'zbekistonda tashkil etilgan Ombudsman instituti ilk bor dunyoning qaysi davlatida joriy qilingan?
Shvetsiyada.
Ushbu strategiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri “Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish” deb nomlanadi.
O’zbekiston-2030 strategiyasi.
Senatorlar soni 100 nafardan necha nafarga tushirildi va har bir hududdan nechtadan saylanishi belgilandi?
65 nafarga tushirildi, har bir hududdan 4 tadan saylanadi.
Qurilish sohasida developerlarga aylanma mablag' jalb etish imkonini beradigan qanday yangi tizim joriy etildi?
“Eskrou” tizimi.
2024-yil sentyabrdan boshlab qaysi viloyatlarda olis hudud maktab o'quvchilari uchun bepul avtobuslar sinovdan o'tkaziladi?
Qashqadaryo va Surxondaryo.
O‘zbekiston-2030 strategiyasida YAIM hajmini necha milliard dollarga va aholi jon boshiga daromadni necha ming dollarga yetkazish belgilangan?
160 milliard dollar va 4 ming dollar.
Yangi Konstitutsiyaning aynan qaysi moddalari ta’lim tizimi va o‘qituvchi maqomiga bag‘ishlangan?
50, 51, 52-moddalar.
«Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari»ga kiritilish uchun yosh chegaralari qanday belgilangan?
Yoshlar 18-30 yosh, ayollar 30 yoshdan oshgan bo'lishi kerak.
2017-2020-yillarda necha ming kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi va necha nafar fuqaro avf etildi?(to'liq)
50 mingga yaqin kishi fuqarolikka qabul qilindi, 3187 nafar fuqaro avf etildi.