Otlar
AQSh Prezidentlari
Avengers
Ayollar
100

Rivoyatga ko'ra, USHBU ot 7 yillik uyqudan so'ng o'z egasini zindon(quduq)dan dumi bilan tortib olgan?

Boychibor

100

Ushbu Buyuk Britaniya fuqarosi prezident saylovlarida 100% lik natija qayd etgan yagona AQSh prezidenti hisoblanadi?

Jorj Vashington

100

Marvelning Qasoskorlar haqidagi deyarli barcha filmlarida USHBU insonning Kameo rollarini ko'rish mumkin?

Sten LI

100

Ushbu sportchi 2011-yil Floridada o'zining Sugarpova nomli shirinlik kompaniyasiga asos soldi?

Mariya Sharapova

200

Ukrainaning BTR-4 zirhli texnikasiga shu nom berilgan. Bu mashinani Iskandar ismli askarlar qiynalmay boshqarsa kerak?)

Butsefal

200

Jeyms Garfild, Uilyam Makkinli, Jon Kennedi va U hayotiga qilingan suiqasd natijasida o'z vazifasini yakuniga yetkaza olmagan?

Avraam Linkoln

200

Deyarli barcha holatda ,,Men Grutman" iborasini ishlatuvchi personaj faqat do'stlarini qutqarib qolayotgan bir epizodda boshqa ibora ishlatadi. Qaysi?

Biz Grutmiz

200
1930-yil Iroqqa qilgan sayohati vaqtida U o'zining 2-turmush o'rtog'i arxeolog Maks Malloven bilan tanishadi?

Agata Kristi

300

Imperator Ushbu Rim fuqarosini Penelopa laqabli toychoqqa uylantirgan?

Insitat (Kaligulaning sevimli oti)

300

U Oq uyga kirguniga qadar biror bir davlat yoki harbiy lavozimni egallamagan ilk AQSh Prezident hisoblanadi?

Donald Trump

300

Krid: Rokkining merosi filmidagi roli bilan mashhur bo'lgan Tessa Tompsonni Marvelda U sifatida bilamiz?

Valkiriya

300

U 18 yoshida avariyaga uchraydi va shifoxonada uzoq yotishga majbur bo'ladi. Shu vaqtda ilk bora otasidan mo'yqalam va oyna olib berishini so'ragan?

Frida Kalo

400

Madriddagi Servantis yodgorligida USHBU otning ham haykali o'rnatilgan?

Rosinant

400

Giyohvand moddalarga qarshi kurashda nafaqat ushbu prezidentning, balki rafiqasi Nensining ham ROLi ulkan edi?

Ronald Reygan (ROL so'zi ham yordam bergandir)

400

Josh Brolin ijrosidagi USHBU personaj ilk marotaba Galaktika qo'riqchilari filmi orqali to'laqonli ko'rinish beradi?

Tanos

400

2011-yil rejissor Pol Kaufman UNI Lili Potter roliga taklif etdi, lekin rad javobini oldi?

Joan Rouling

500

World of Warplanes o'yinida 8 oyoqli uchar likopcha ko'rinishidagi lazirli qurolga shu nom berilgan?

Sleypnir

500

U 1885-1889 va 1893-1897-yillar oralig'ida AQShni boshqargan?

Grover Klivlend

500

Amerikalik resller Deyv Batista Marvel olamida USHBU gallaktika qo'riqchisi rolini ijro etgan?

Draks

500

1967-yilgi ,,Royal Kazinosi" parodiya-filmida U Jeyms Bondning sevgilisi bo'ladi. Buni ham ishdagi ishq deyish mumkindir?)

Mata Xari

M
e
n
u