Roviyning ayblanishi qanday sabablar bilan yuzaga keladi?
Yolg'onchilik, bid'atchilik, fosiqlik, beparvolik, johillik va ko'p xato qilish sababli.
"Matruk" so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
"Tark etilgan", "tashlandiq”.
"Zabt" so'zining istilohiy ma'nosi nima?
Roviyning hadisni xatosiz eslab va to'g'ri rivoyat qilish qobiliyati.
Munkar so’zining lug’aviy va istilohiy ma’nosi nima?
Inkor qilingan; Roviy juda ham qo’pol xato qilgan g’ofil yoki fosiq bo’lgan kishi
Mudrajning nechi turi bor va qaysilar?
"Mudraj al-isnod"
"Mudraj al-matn"
"Mudraj al-matn" nechi qismdan iborat va qaysilar?
Mudraj; mudraj hadisning o’rtasida; mudraj hadisning oxirida;
Maqlub so’zining lug’aviy , istilohiy manolari va turlari ?
"Maqlub" so'zi lug'atda "O'zgargan", "O'girilgan" ma'nosini bildiradi, muhaddislar istilohida esa hadis isnodi yoki matnidagi biror lafzning boshqasi bilan o'zgartirilishi hisoblanadi. Shuningdek, matnning oldingi qismini keyingisiga yoki aksincha keyingi o'rin oldiniga almashtirilishiga ham aytiladi. Maqlub ikki qismga bo'linadi:
1) "Maqlub as-sanad" 2) "Maqlub al-matn"
"Mudraj" - lug'atda va istilohda qanday ma’nolarni bildiradi?
"Mudraj" - lug'atda "ichiga kiritilgan" ma'nosini bildiradi, istilohda esa, hadis matnida bo'lmagan so'zni unga qo'shib yuborilishi yoki isnod tartibini o'zgartirishga aytiladi.
Zaif hadisni ketma-ket turlarini ayting?
Muztarib
Maqlub
Mudraj
Muallal
Munkar
Matruk
Mavzu
Roviy ismida chalkashlik bo'lsa, bu qanday hadis turiga kiradi?
Maqlub as-sanad.
"Chap qo'li bergan sadaqani o'ng qo'li bilmaydi" tarzida o'zgartirilgan hadis maqlubning qaysi turga kiradi?
Maqlub al-matn.
Imom Buxoriy nechta hadis orqali sinovdan o'tkazilgan?
100 ta hadisning sanad va matnlari almashtirilib sinovdan o'tkazilgan.
Mudraj hadisni qasddan qilish hukmi qanday?
Ulamolar uni harom deb hisoblaganlar agar tushuntirish uchun bo'lsa, joiz deb istisno qilingan.
Mudraj hadislarni alohida kitob qilgan muhaddis kim?
Xatib Bag'dodiy.
"Rofe' al-irtiyob" asari nima haqida?
Maqlub bolgan ism va laqablar haqida.
Mudraj hadislarni tushuntirishga bag'ishlangan asar nomi nima?
"Al-Fasl li-I-vasl al-mudraj fi-n-naql".
Ba'zi muhaddislar munkar hadisni qanday tarif qilganlar?
Zaif roviyning siqa roviyga xilof ravishda qilgan rivoyati.
Roviyning adolati yo’qligi sababli hadislarni turlari?
Munkar, matruk, mavzu
Roviyning zabtining yo’qligi sababli zaifga kiruvchi hadislar turlari?
Mudraj, maqlub, muztarib, musahhaf va muharraf.
Hadisni sanadi uzilib qolishi sababli zaifga kiruvchi hadis turlari?
Muallaq
Munqati
Mu’dal
Mursal
Mudallas