1879-yilda Tomas Edison nima ixtiro qildi?
cho‘g‘lanma lampani
Ikkinchi jahon urushi qachon va qaysi voqea bilan boshlandi?
(1939-yil 1-sentyabr, Polshaga hujum)
Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti kim?
(Mustafo Kamol Otaturk)
Germaniya imperiyasini birlashtirishga kim rahbarlik qilgan?
(Otto fon Bismark)
Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko'tara oladi, joyini o'zgartira oladi. Ular kimlar?
Shaxmatchilar
XIX asrda qaysi davlat "jahon ustaxonasi" degan nom olgan?
(Angliya/Buyuk Britaniya)
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) qachon tashkil etilgan?
(1945-yil 24-oktyabr)
Koinotga uchgan dunyodagi birinchi inson kim?
1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin koinotga parvoz qilgan
Buyuk Britaniyaning birinchi ayol bosh vaziri kim?
(Margaret Tetcher)
Ot o'z boíyniga bog'langan qo'ng'iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?
0 km / soat tezlikda
Birinchi jahon urushidan keyin tinchlik shartnomasi qaysi shaharda imzolangan?
Bu tarixiy hujjat 1919-yilda Parij shahridagi Versal saroyida imzolangan
"Sovuq urush" tushunchasi nimani anglatadi?
(SSSR va AQSH boshchiligidagi bloklar o‘rtasidagi global qarama-qarshilik)
Birinchi jahon urushi arafasidagi "Uchlar ittifoqi"ga qaysi davlatlar kirgan?
Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya)
1919-yilda jahonda tinchlikni saqlash maqsadida qaysi xalqaro tashkilot tuzildi?
(Millatlar Ligasi)
Bu narsa insonga ikki marta beriladi uchinchisi sotib olinadi diqqat u nima ?
Tish
Nima uchun 1960-yil tarixga “Afrika yili” bo‘lib kirgan?
Chunki shu yili Afrika qit’asidagi 17 ta davlat mustaqillikka erishgan
Tarixdagi ilk parovozni 1804-yilda kim ixtiro qilgan?
Javob: Ingliz muhandisi Richard Trevitik
"Marshall rejasi" nima edi?
(AQSHning urushdan keyingi Yevropaga iqtisodiy yordam dasturi)
1871-yilda Germaniya imperiyasi birlashtirilgach, uning birinchi imperatori kim bo‘ldi?
Prussiya imperatori Vilgelm I
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi. u nima ?
Filni bolasi
1929-yilda AQSHda qanday yirik iqtisodiy voqea yuz bergan?
Nyu-York fond birjasida jahon iqtisodiy inqirozi (krizis) boshlangan
1947-yilda Hindiston mustaqillikka erishgach, uning birinchi hukumati rahbari kim bo‘ldi?
Javoharlal Neru
"Pax Britanica" (Britaniya dunyosi) deganda qaysi davr tushuniladi?
(1815-yildan Birinchi jahon urushigacha bo‘lgan Britaniya hukmronlik davri)
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) rasman qaysi yilda tashkil topgan?
1949-yil 1-oktyabrda
Bir odam yomg‘irda hech qanday soyabon, shapka yoki plashsiz yuribdi. Uning sochi butunlay quruq qolgan. Qanday qilib?
chunki u odamning sochi bo'lmagan