Lazer nima?
Lazer -juda aniq yo'naltirilgan kogerent yorug'lik nurining manbayi tushuniladi.
Lazer so'zining ma'nosi?
Lazer soʻzi inglizcha «majburiy tebranish natijasida yorug'likning kuchavtirilishi» («Light on by Stimulated Emission of Radiation»).
Lazer nurlari qanday rangda bo'lishi mumkin?
Qizil
Yashil
Moviy va ultrabinafsha lazerlar
Majburiy nurlanish qanday ro'y beradi?
Atom yonidan o'tayotgan foton ta'sirida ro'y beradi.
Birinchi Kvant generatorlari kimlar tomonidan yaratilgan?
Rus fiziklari N. Basov, A. Proxorov Kalik fizik Ch. Tauns.
Lazer turlarini sanang.
Gaz lazerlari
Kristalli lazerlar
Diodli lazerlar
Kimyoviy lazerlar
Lazer qayerlarda qo'llaniladi?
Payvandlash, buyumlardagi nuqsonlarni aniqlash, tibbiyotda, yuqori temperaturada plazma hosil qilish, san'atda (lazer shou).
Atom uyg'ongan holatdan asosiy holatga o'tganda o'tishida chiqariladigan fotonning xususiyatlari qanday?
Har ikkala foton ham bir xil chastotaga, harakat yoʻnalishiga, fazaga va qutblanish yo'nalishiga ega boʻladi.
Lazerlar inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkinmi?
Ha, lazer nurlari kuchli bo'lsa, ular ko'zga zarar yetkazishi mumkin
Lazerning xossalarini ayting.
Yuqori darajada kogerent, ya'ni fotonlarning fazalari bir xil
Qat'iy monoxromatik.
Nurning yoyilish burchagi juda kichik.
Nurlanish quvvati juda katta.
Lazer va oddiy yorug'lik o'rtasidagi farq nima?
Oddiy yorug'likda to'lqinlar turli uzunliklarda va yo'nalishlarda tarqaladi.
Lazer juda kuchli va uzoq masofaga samarali etadi.
Lazerlar qanchalik tez harakat qiladi?
Lazer yorug'ligi 300,000 km/soniyada harakat qiladi
Lazer qanday ishlatilgan qurilmalarga misol keltiring?
Lazer printerlar
CD/DVD pleerlar
Ko'z jarrohlik uskunalari
Lazerlar qanday qilib axborot uzatadi?
Lazerli nurlar orqali axborot kodlangan signal sifatida uzatiladi, va optik tolalar orqali yetkaziladi.
Lazer nima uchun qizil rangda ko'proq foydalaniladi?
Qizil rang yorqin va uzoq masofaga yaxshi tarqaladi.