YAIM VA MILLIY hisoblar
inflyatsiya
ishsizlik
Turli xil
Turli xil(faktlar ,qiziqarli savollar)
100

Mamlakat ichida bir yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymati nima deb ataladi?

Yaim

100

Narxlarning umumiy darajasi oshishi va pulning qadrsizlanishi nima?

Inflyatsiya

100

Ishchi kuchi tarkibiga kimlar kiradi?

Ishsizlar(ish qidirayotganlar) va bandlar

100

Big mak indeksi nima?

Sizning valyutangiz boshqa valyutaga nisbatan qanchalik arzon yoki qimmat?" degan savolga olimlar tilida emas, gamburger tilida javob beradi.

100

AQShdagi ipoteka inqirozi sabab yuzaga kelgan bu tanazzul, Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi eng chuqur iqtisodiy qisqarishga olib kelgan.

2008 yil

200

Joriy yildagi narxlar bilan hisoblangan YaIM qanday ataladi?

Nominal yaim

200

Iste'mol savatidagi tovarlar narxi o'zgarishini ko'rsatuvchi asosiy indeks?

Iste'mol narxlari indeksi - INI

200

Friksion ishsizlik nima?


Friksion ishsizlik — bu odamlar ish joyini vaqtincha o‘zgartirayotgan paytda yoki yangi ish qidirayotgan davrda yuzaga keladigan ishsizlik turidir.

(Misol: oliy ta’limni bitirgan talabalar ish qidiryapti)

200

Xarid pariteti (PPP) nima?


Turli davlatlarda bir xil tovarlar narxini solishtirish


200

Global YaIMning 3.5% ga qisqarishi kuzatilib, bu tarixdagi eng keskin va eng chuqur, ammo eng qisqa global resessiyalardan biri sifatida qayd etilgan.

2020 yil

300

YaIMni hisoblashning uchta asosiy usulini ayting.

Xarajatlar, Daromadlar va Qo'shilgan qiymat usuli

300

Narxlarning oyiga 50% dan ortiq sur'atda o'sishi nima deb ataladi?

Giperinflyatsiya

300

Strukturaviy ishsizlik nima ?

odamlarning kasbi yoki malakasi bor, lekin bozorda endi o‘sha ishga talab yo‘q yoki juda kam.


300

Tarixdagi eng yirik inflyatsiya qayerda kuzatilgan ?

Vengriya (1945-1946): Oylik inflyatsiya 41,9 kvadrillion foiz, narxlar har 15 soatda ikki baravar oshgan

300

Qaysi davlat 2021-yilda neft qazib olish qayta tiklanishi tufayli ~104% o‘sish qayd etgan?

Liviya

400

Eksport va import o'rtasidagi farq nima deb ataladi?

Sof eksport yoki savdo balansi

400

Ishlab chiqarish xarajatlari oshishi natijasida yuzaga keladigan inflyatsiya turi?

Taklif inflyataiyasi

400

YaIMning pasayishi va ishsizlikning o'sishi o'rtasidagi bog'liqlik qaysi qonun bilan tushuntiriladi?

Adtur Ouken ning (Ouken qonuni)

(Qo’shimcha savol : Ouken qonuni qisqacha mazmuni ) +200

400

Dunyodagi eng katta banknota?Qaysi davlatga tegishli (1ta banknota qiymati 100kvintillion (1 dan keyin 20 ta nol) 

Vengriya pengosi

400

Qaysi davlat 2023-yilda YaIMga nisbatan ~344% qarz bilan dunyoda yetakchi bo‘lgan?

Sudan

500

YaIM deflyatori qanday hisoblanadi?

Nominal YaIMni Real YaIMga bo'lish orqali

500

Filips egri chizig’i qanday omillarni bir biriga bog’liqligini ifodalaydi?

Ishsizlik va inflyatsiya

(Qo’shimcha savol:filips egri chizigi qisqacha mazmunini ayting)+200

500

Friksion va tarkibiy ishsizlik yig'indisi nima deb ataladi?

Ishsizlikning tabiiy darajasi 

500

 Nechanchi yilda AQSh dollarining oltinga bog‘liqligi bekor qilinishi Bretton-Vuds tizimini tugatib, zamonaviy erkin suzuvchi valyuta kurslari davrini boshlab bergan.

1971 yilda 

500

Qaysi davlat 2024-yilda $1.2 trlnlik defitsit bilan rekord o‘rnatgan?

AQSH

M
e
n
u