O‘zbekiston "Iqtisodiy erkinlik indeksi"da 9 pog‘onaga ko‘tarilib, 184 ta davlat orasida nechanchi o‘rinni egalladi?
100-o'rin
Gglobal Innovatsiya Indeksi 2025 (GII) hisobotida O‘zbekiston nechanchi o‘rinni egalladi?
79-o'rin
BMTning "Inson taraqqiyoti indeksi" (2025) bo‘yicha O‘zbekiston 193 mamlakat ichida nechanchi o‘rinda qayd etildi?
107-o'rinda
2025-yilgi "Jahon baxtiyorlik hisoboti"da (World Happiness Report) O‘zbekiston nechanchi o‘rinni egalladi?
53-o'rinni
O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni bugungi kunda necha milliondan oshgan?
31milliondan
Jahon bankining prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda necha foizga o‘sishi kutilmoqda?
6.2 foiz
O‘zbekiston ketma-ket to‘rtinchi yil Global Innovatsiya Indeksida qaysi maxsus maqomni saqlab kelmoqda?
“Kutilganidan yuqori natijachi” (Innovation achiever) maqomini.
O‘zbekiston "Barkashar rivojlanish maqsadlari" (BRM) indeksida 167 davlat orasida nechanchi o‘ringa ko‘tarildi?
62-o'ringa
"Numbeo" saytining 2025-yilgi xalqaro jinoyatchilik indeksi bo‘yicha O‘zbekiston xavfsizlik darajasi bo‘yicha nechanchi o‘rinda?
25-o'rinda
2024-yil 19-iyunda qabul qilingan PF-91-sonli Prezident Farmoni nima haqida?
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda parlament nazoratini kuchaytirish haqida.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2019-yildagi 23 foizdan 2023-yilga kelib necha foizgacha tushdi?
11foiz
O‘zbekiston Global Innovatsiya Indeksining qaysi ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda juda yuqori — 6-o‘rinni egalladi?
Mehnat unumdorligining o‘sishi bo‘yicha.
O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichi (maksimal 1,000 dan) necha ballni tashkil etdi?
0,740 ball.
O‘zbekistondagi baxtiyorlik so‘rovlariga ko‘ra, aholining qaysi qatlamining baxtlilik darajasi eng yuqori deb topilgan?
Keksalar (nuroniylar).
So‘nggi 6 yilda O‘zbekistonda kiberjinoyatlar bo‘yicha murojaatlar soni necha baravarga oshgan?
48 baravarga.
O‘zbekistonning suveren kredit reyting kutilmasini "barqaror"dan "ijoibiy"ga o‘zgartirgan uchta xalqaro reyting agentligini ayting.
S&P”, “Fitch” va “Moodyʼs”.
2023-yilgi “THE Impact Rankings” reytingida O‘zbekistonning nechta oliy ta'lim muassasasi qayd etildi?
47ta
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda qaysi fanni oliygohlarda qayta tiklash va mutaxassislar tayyorlash zarurligi ta'kidlandi?
Sotsiologiya fani
O‘zbekiston xavfsizlik reytingida (2025-yil yarim yilligi) Markaziy Osiyo davlatlari orasida nechanchi o‘rinni egalladi?
Birinchi (eng xavfsiz davlat).
2024-yilda mahalla darajasida infratuzilmani yaxshilash uchun davlat byudjetidan qancha mablag‘ ajratilmoqda?
56 trillion so‘m.
"Biznes yuritish" (Doing Business) reytingida O‘zbekiston aynan qaysi ko‘rsatkich bo‘yicha 73-pog‘onani egallab, o‘z mavqeini mustahkamlagan?
Mulkni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha.
Global Innovatsiya Indeksida O‘zbekiston "Fan va muhandislik yo‘nalishidagi bitiruvchilar soni" bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda turadi?
13-o'rinda
O‘zbekiston 2015–2024-yillarda "Dunyoda BRM bo‘yicha eng tez rivojlanayotgan" nechtalik davlatlar qatoriga kirdi?
Top 5talikka
"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining 2024-yilgi matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda qayd etilgan?
148-o'rinda
"Jahon odil sudlov loyihasi" (World Justice Project) Huquq ustuvorligi indeksida O‘zbekiston 2023-yilda 142 ta davlat ichida nechanchi o‘rinni egalladi?
78-o‘rinni.