O'zbekistonda yillarga alohida nom berish asnosida davlat dasturlarini qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad nima?
O'zbekistonda yashayotgan har bir insonning hayotini yanada mazmunli va to'laqonli bo'lishi uchun yetarli sharoit va imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgandir.
41-moddani aytib bering.
41-modda
Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
Liberalizm nima ma'noni anglatadi?
Liberalizm – parlamentarizm, demokratik erkinliklar va xususiy tadbirkorlik tarafdorlarini birlashtirgan ijtimoiy-siyosiy oqim.
O‘zbekiston Respublikasi nechanchi yilda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi?
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyilni aytib bering.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil:
1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish.
2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi.
Qaysi yili "Oila yili" deb nomlandi va shu yilda nimalar amalga oshirildi?
Ushbu yilda Oila kodeksi qabul qilindi va "Oila" Respublika ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.
46-moddani aytib bering.
41-modda
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
"Konsepsiya" so'zining ma'nosi nima?
Konsepsiya – biror sohani rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli loyiha yoki qarashlar majmui.
"14x6+16=100" - bu nimani anglatadi
Oliy majlisdagi yuqori palata (100 ta senat)
Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasidagi ilk ma’ruzasi nechanchi yil qaysi oyda, nechanchi sessiyada bo‘lib o'tgan?
Islom Karimovning BMT Bosh Assambleyasidagi ilk ma’ruzasi 1993- yil sentyabrda, 48-sessiyada bo‘libo'tgan.
Mustaqillik yillarida joriy qilingan qo'shimcha ijtimoiy imtiyozlarni aytib bering.
1. Boshlang'ich sinf o'quvchilari va yolg'iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bepul ovqat berildi.
2. Maktab o'quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirildi
3. Ko'pgina toifadagi fuqorolarga turar-joyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi.
4. Kommunal xizmatlar haqini to'lashda yengilliklar joriy etildi.
66-moddani aytib bering.
66-modda
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
"Spekulyant" so'zining ma'nosi nima?
Spekulyant - narx-navo o'yini.
O'zbekiston Respublikasi nechanchi yil qaysi davlatda YUNESKOga qabul qilish marosimi bo'lib o'tdi? Va o'sha kuni qaysi allomamizning tavalludining nechi yilligini nishonlash dasturiga kiritildi?
1993-yil 29-oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyevning BMT Boshassambleyasidagi ilk ma’ruzasi nechanchi yil qavsi oyda, nechanchi sessiyada bo‘lib o'tdi?
Shavkat Mirziyoyevning BMT Boshassambleyasidagi ilk ma’ruzasi 2017-yil sentyabrda, 72-sessiyada bo‘lib o'tdi.
Qaysi yili ish haqqining eng oz miqdori 1100 so'mga, qarilik pensiyasining eng kam miqdori esa 2100 so'mga oshirildi. Nogironlik pensiyasi esa bundan ham yuqori narxga oshirildi.
1998-yili "Inson manfaatlari yili" 1-iyulda
64-moddani aytib bering.
64-modda
Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirlarining ismlari va yillari bilan keltiring.
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida Shukrullo Mirsaidov (1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim Mutalov (1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), Shavkat Mirziyoyev (2003–2016)lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo'nalishi haqida to'liq ma'lumot bering. (Ranglari va ramzlari bilan)
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish (Moviy havorang – osmon va toza suv ramzi, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi)
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish (Siyohrang – qonun ustuvorligi va or-nomuslilik ramzi)
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish (Tillarang – iqtisodiyotni rivojlantirish elementlari hisoblangan kuch-qudrat va boylik ramzi)
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish (Qizil rang – hayot va aholining munosib turmush tarzini ta’minlash ramzi)
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat (Oq rang – tinchliksevarlik siyosati elementlari hisoblangan tinchlik va sofl ik ramzi).
O'zbekiston Respublikasi Tashqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasida qanday qoidalar muhrlab qo‘yilgan?
Konsepsiyada quyidagi qoidalar muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston o‘zini qo‘shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish maqsadida tegishli choralarni ko‘radi; o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’yektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.
Davlat dasturi doirasida davlat budjetidan "Ijtimoiy himoya" uchun 123 mlrd so'm ajratilgan yilning nomi nima, qaysi yilda va yana nimalar amalga oshirilgan?
1998_yilda“Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123 milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi. Shu jumladan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilishi uchun 30 milliard so‘m, sog‘liqni saqlash, gazlashtirish, suv ta’minoti va ijtimoiy sohaning boshqa ob’yektlari qurilishi uchun 34 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
128-moddani aytib bering.
128-modda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.
"Konvertatsiya" so'zining ma'nosi nima?
Konvertatsiya – (lot. convertatio – o‘zgartirish, aylantirish) Milliy valyutaning amaldagi kurs bo‘yicha boshqa xorijiy valyutalarga erkin va cheklanmagan miqdorda almashtirilishi.
Prezidentning vazifalari
1-Prezident
2-Oliy Bosh Qomondon
3-Milliy xavfsizlik kengashi raisi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.