Bugungi kunda dunyoda amal qiluvchi 3 ta asosiy huquq tizimini ayting?
1. Qit'a huquq tizimi
2. Umumiy huquq tizimi
3. Musulmon huquq tizimi
Qit'a huquq tizimining tarixiy ildizlari qaysi davlat huquqiga borib taqaladi ?
Rim huquqi
Umumiy huquq qaysi davlat qirollik sudlari faoliyati natijasida vujudga kelib, bunda qirollik sudlari uchun majburiy bo'lgan?
Buyuk Britaniya
MDH mamlakatlari , shu jumladan O'zbekiston qaysi huquq tizimiga kiradi?
Qit'a huquq tizimiga
(Suriya) musulmon huquqi qonunchiligining asosiy manbai sifatida nima asosga ega?
Konstitutsiya
Fuqarolik-huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini sanab bering?
huquq manbalari, fuqarolik huquqining ichki tuzilishi, normalarning qismlari, bo'limlar, boblar, sohalar, institutlar, huquqni qo'llash amaliyoti, huquq va uning amaliyotiga nisbatan doktrinalar.
Qit'a huquq tizimida huquqni qanday huquq sohalariga ajratish xarakterlidir?
Ommaviy va xususiy
Huquq layoqati va muomila layoqatini farqlash amalga oshirilmaydi. Uning o'rniga qanday yagona tushuncha amal qiladi?
Huquq subyektivligining yagona tushunchasi
Qit'a huquq tizimida shaxslar to'g'risidagi normalar qanday qismlarga bo'linadi?
Jismoniy va yuridik shaxslar
Qanday huquq musulmon huquqining eng muhim institutlaridan biri bo'lib , atroflicha ishlab chiqilgan, puxta muvofiqlashtirilgan qat'iy huquq normalari tizimidan iborat?
Vorislik huquqi
Qit'a huquq tizimi asosan qaysi davlatdan tashqari qanday mamlakatlarni qamrab olgan ?
Yevropa mamlakatlarini (Buyuk Britaniyadan tashqari).
Qit'a huquq tizimida qaysi 2 asosiy yo'nalish fuqarolik qonunchiligi bilan farqlanadi?
Germaniya va Fransiya
İngliz -amerika huquqi bo'yicha shartnoma - bu
sanksiya bilan ta'minlangan sudga himoya so'rab mirojaat qilish imkoniyati nazarda tutilgan, taqdim etish evaziga berilgan va'da hisoblanadi.
Mulkdorning qaysi vakolatlari cheklanganligiga qarab ashyoviy huquq egalariga o'zgalar aahyosiga nisbatan berilgan imkoniyatlar bo'yicha ashyoviy huquqlar qanday turlarga bo'linadi?
Faqat foydalanish huquqi
Faqat tasarruf qilish huquqi
Egallash va foydalanish huquqi
Birinchi navbatdagi Qur'on bo'yicha vorislarni sanab bering!
1- marhumning xotini (eri), ota-onasi va qizlari;
2- marhumning o'g'illari ( qizlari-o'g'illari bo'lmagan holda).
Bundan tashqari qit'a huquq tizimiga yana qaysi mamlakatlar kiradi?
Lotin Amerikasining ko'pgina davlatlari, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar.
Fransiya fuqarolik kodeksi institutsiyaviy deb nomlanadi. Mana shu institutsiyaviy tizim fuqarolik - huquqiy normalarini qanday guruhlarga bo'ladi?
Shaxslar
Ashyolar va ashyoviy huquqlar
Da'volar va ushbu da'volar bo'yicha majburiyatlar
Delikt deb nimaga aytiladi?
Shaxsga yoki mol-mulkka zarar yetkazish .
Delikt huquqi qanday amaliyot tomonidan ishlab chiqilgan maxsus deliktlar yig'indisi?
Sud amaliyoti
Barcha vorislar nechiga bo'linadi? Ularni sanab bering!
3 ga: 1- navbatda er-xotin, ota-ona, farzandlar va ularning bolalari;
2- bobosi, ota va ona ajdodi bo'yicha buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillar hamda ularning farzandlari;
3- meros qoldiruvchining ota-ona ajdodi bo'yicha tog'a-amaki , xola-ammalari va ularning farzandlari.
Umumiy va musulmon huquq tizimi qo'llaniladigan davlatlarni sanab bering!
1.Umumiy huquq tizimi: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Hindiston, Yangi Zelandiya;
2. Musulmon huquq tizimi: Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari Erin, Saudiya Arabistoni, Liviya, Malayziya , İordaniya, Afg'oniston Va boshqalar.
Yevropa mamlakatlarining qonunchiligida mulk huquqining tarkibiy qismlarini sanab bering!
Mulk vakolatlari- egallash, tasarruf qilish, daromad olish va boshqalar.
Deliktlarning qanday turlari farqlanadi?
Shaxsga ham , uning mol-mulkiga ham zarar yetkazishga taalluqli bo'lgan bostirib kirish, tajovuz;
muayyan shaxs yoxud nomuayyan doiradagi shaxslarni mol-mulkdan xotirjam foydalanishni buzadigan yomon ziyonkorlik;
o'zgalar biznesiga ziyon yetkazish maqsadini qo'llaydigan bo'hton , fitna;
boshqalarning haq-huquqlariga loqaydlik bilan munosabatda bo'lganini ifodalovchi beparvolik .
Musulmon huquqi normalarining eng yirik mazhablari qaysilar?
Molikiylar, Hanafiylar, Hanbaliylar
Zararlarni undirish deganda nimani tushunasiz?
Majburiyatlarni ijro etmaganlik yoxud lozim darajada ijro etmaganlik uchun vujudga keladigan oqibat.