(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
(Blank)
100

Fiqh sózining luģatdagi va istilohiy ma'nosi?

"Fiqh" sózi luģatda bir narsani nozik yerlarigacha chuqur tushunish ma'nosini bildiradi

Ulamolar istilohida esa tafsiliy shar'iy dalillardan amaliy hukmlarni chiqarish

100

Mazhabning asoschisi kim va qachon va qayerda tavallud topgan

Hanafiy mazhabining sohibi Abu Hanifa Nómon ibn Sobit ibn Zutiy ya'ni Imomi A'zam Iroqning Kufa shahrida 80/699-yilda tavallud topgan

100

Molikiy mazhabining asoschisi? 

Va uning asarlarini ayting?

Imom Molik ibn Anas

"Al-Muvatto"

"Ar-raddu alal-qadariya"

"Al-Ma'unatul -Kubro"


100

Shofeiy mazhabining asoschisi qayerda tuģilgan?

Asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon 150/767-yil Ğazoda tuģilgan

100

Hanbaliy mazhabi asoschisi qayerda vafot etgan va uni qaysi qabristonga dafn qilishgan?

Hanbaliy mazhabining asoschisi Imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal Boģdodda tuģilib,shu yerda vafot etadi va uni "Bobi harb"qabristoniga dafn qilishadi

200

"Mazhab" sózining luģatda,urfda,istilohdagi ma'nolari?

1.Luģatda -chiroy,gózallik hamda yurish,borish,ketish degan ma'nolarni


2.Urfda -chiroyli yól


3.Istilohda -bir olim yoki ilmiy maktabning tartibga solingan uslub va fikrlari majmuasi

200

Abu Hanifaning ózi aytishicha,

Ilm órganish maqsadida olimlar majlislariga kóproq qatnashishini tavsiya qilib"Men senda bir uyģoqlik va harakatni kóraman" degan olim kim edi?

Imom Sha'biy

200

Mazhabning asosiy dasturi nima?

Anas ibn Molikning "Al-Muvatto" asari

200

Hijriy III-IV asrlarda Shofeiy mazhabi Markaziy Osiyoda hanafiy mazhabi bilan raqobatga kirishgan bólib,uning yirik vakili sifatida qaysi olim tilga olinadi?

toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Kaffol Shoshiy

200

"Agar mening mazhabimda biron-bir hadisga qarshi biron hukm topsangiz ,ósha hadisni mening mazhabim deb bilgaysiz" degan sózlar kimga tegishli?

Imom Shofeiy

300

Batafsil dalil-hujjatlardan shariatning amaliy ahkomlarini istinbot etish qoidalarini órgatuvchi ilm qaysi?

Usulul-fiqh

300

Xalifa tomonidan ta'qib ostiga olinib, ikki yil-u tórt oy xibsda saqlangan mazhabboshi kim va buning sababi nimada edi?

Ahmad ibn Hanbal

U mótaziliya aqidasiga qarshi bólib ,Qur'onni yaratilgan deb emas, balki qadim deb e'tiqod qilgani sababli.

300

Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1.3 mlrd musulmon aholisining 92.5 % ini sunniylar tashkil qiladi.Ularning mazhablar bóyicha nisbatlarini ayting..?

47%hanafiy

21%shofeiy

17%molikiy

7.5%hanbaliy

300

Imom Shofeiyning fiqh bóyicha va usulul-fiqh bóyicha mashhur asarlari qaysilar?

Fiqh bóyicha-"Kitob al-Umm"

Usulul fiqh bóyicha-"ar-Risola"

300

Ahmad ibn Hanbal kóproq fiqhni emas,balki hadisni órganishga qiziqardi.Uning ózi "Men hadis yozib olgan birinchi kishi ...... ....... edi"degan


Diqqat savol! Nuqtalar órniga mos sózni toping?

Abu Yusuf

400

Ulamolarimiz misol qilib keltirgan fiqh ilmi bilan mashhur bólgan sahobalar kimlar?

1.Tórt xalifa

2.Abdulloh ibn Mas'ud

3.Abdulloh ibn Umar

4.Abdulloh ibn Abbos

5.Abdulloh ibn Amr ibn Os

6.Zayd ibn Zobit

7.Oisha onamiz roziyallohu anhum

400

Hindistonda ,Janubiy Amerika va Braziliyada qancha hanafiy musulmonlari mavjud?

Hindistonda 48mln

Janubiy Amerika va Braziliyada 25 mln

400

Hozirgi kunda molikiy mazhabi qayerlarda tarqalgan?

Janubiy Misr,Falastin,Sudan,Eritreya,Somali,Liviya,Tunis,Marokash,Markaziy va Ğarbiy Afrika,Gambiya,Nigeriya va Arabiston yarimoroli

400

"Masolihi mursala" deb atalmish manfaat prinsipini qóshimcha manba sifatida usulul-fiqhga kiritgan mazhab qaysi?

Molikiy mazhabi

400

Hanbaliy mazhabi taxminan 1.3mlrd musulmonlarning 7.5% ini tashkil qiladi. Nima uchun ushbu mazhab boshqa mazhablar kabi ommalashmadi???

 Hanbaliy mazhabi tarqalgan mintaqalarda ray va qiyosga katta e'tibor qaratilmaganligi sababli,odamlarning manfaatini nazarda tutgan holda barcha huquqiy muommolarga yechim topa olmadi shuning uchun boshqa mazhablar kabi ommalashmadi.

500

Rasululloh s.a.v Makkani fath qilganlaridan keyin ózlari Madinaga qaytishlaridan oldin ahli Makkaga Qur'oni karimdan va halol-haromdan ta'lim berish uchun qoldirgan sahoba kim edi?

Muoz ibn Jabal

500

Ibn al-Bazzoziyning qayd etishicha,Abu Hanifa keksalik choģlarida óģli Hammodni mutakallimlar bilan bahs-munozarada kórganda ógliga nima degan edilar?

"Bizlar munozara qilgan paytlarda suhbatdoshimizning haq va tóģri yóldan chiqib qolishidan qórqardik;lekin sizlar munozara choģida suhbatdoshingiz haq yóldan chiqishini istaysizlar.Har kim óz suhbatdoshini haq yóldan oģdirmoqchi bólsa,uni kufr tomonga yóllaydi,lekin uning ózi suhbatdoshidan oldinroq kufr yóliga ótgan bóladi"

500

Imkoni boricha urf-odatlarni ilohiy qonunlar bilan uyģunlashtirish foydadan holi emas.

Yuqoridagi ushbu jumla qaysi molikiy faqihiga tegishli??

Alvonshireziy(vaf.1508)

500

Majid Xadduriy fikricha, ayrim kamchiliklar bólishiga qaramasdan,shariat bóyicha....... ......ning qarashlari bir-biriga boģlangan yetuk mantiqiy tizimdan iborat bólib,ilk huquqiy maktablar ta'limotidan ustun turadi.

Nuqtalar órniga mos sózni qóying.?!

Imom Shofeiy

500

"Fransiya qonunchiligi ózining ilk bosqichlarida Islom fiqhidan,ayniqsa ............mazhabidan kóp narsalarni ózlashtirgan edi.

Diqqat savol nuqtalar órniga mos mazhabni toping?

Molik ibn Manas mazhabi ya'ni molikiy mazhabi

M
e
n
u