SAVDONING ASLI DEGANDA ... KO`ZDA TUTILADI
uning rukni va mahalli ko’zda tutiladi.
BOTIL SAVDOGA TA`RIF
Rukni yoki mahalliga xalal yetgan savdo yoki asli va vasfi shar’iy bo’lmagan savdo botildir.
FOSID SO`ZINING MA`NOSI
“Fosid” so’zi arabchadagi “fasada” fe’lidan olingan bo’lib, “buzilmoq, nosoz holga kelmoq, chirimoq” ma’nolarini anglatadi.
SUNYA QANDAY SAVDO TURI
“Sunya” “istisno” ma’nosini anglatadi. Voqe’likda esa, bir narsani noma’lum qismini istisno qilgan holda sotishga aytiladi. Misol uchun, “Senga ushbu kiyimlarning ba’zisidan boshqasini sotdim”, desa, noma’lumlik tufayli bir tomonga ziyon yetishi mumkin. SHu bois, sunya joiz emas. Agar o’sha istisno qilingan narsa ma’lum bo’lsa, savdo joiz bo’ladi.
SAVDONING RUKNI VA MAHALLIDAN TASHQARI NARSALAR NIMA DEYILADI
SAVDONING VASFI
Yo’q narsani sotishga misol
Aksariyat hollarda bunday holat chorva mollari oldi-sotdisida uchrab turadi. Ba’zi kimsalar hali tug’ilmagan qo’zichoq, buzoq, toychoq yoki bo’taloqni ham sotishga urinadilar va bunga xaridor ham topiladi. Islom iqtisodiyotida esa bunday savdo taqiqlangan.
SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Kifoya” asarida fosid savdoga qanday ta’rif berilgan
SHayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Kifoya” asarida fosid savdoga shunday ta’rif berilgan: “Asli shar’iy, sifati noshar’iy bo’lgan savdo fosiddir. Boshqacha qilib aytganda, fosid savdo oldi-sotdi qilishga loyiq shaxs tomonidan, savdo moli bo’lishga loyiq narsa ustida qilinadi. Ammo, unga noshar’iy ish yoki sifat aralashgan bo’ladi”
MUXOBARA QANDAY SAVDO TURI
“Muxobara” “xabar” “ekishish” so’zidan olingan bo’lib, sheriklikka yer ekish ma’nosini anglatadi. Voqe’likda esa, yer egasi o’z yerini bir kishiga berib, “O’zing nima qilsang, qilaver, menga mahsulotingdan falon qismini berasan”, deyishidir. Bu ham aniq narsa bo’lmagani uchun joiz emas.
BONUS
Hanafiy mazhabida suvlar necha xil bo`ladi va qanday turlarga bo`linadi
Dengiz suvlari umumiy bo’lib, ulardan barcha insonlar turli maqsadlarda foydalanishga haqqi bor;
Katta daryolarning suvlaridan ham barcha odamlar va hayvonlar ichishga, ekin sug’orishga haqlidir;
Maxsus jamoatga mulk bo’lgan suvlar. Bunga biror qishloq yoki mahallaga xos bo’lgan anhor, buloq va quduqlar kiradi;
Idishlarga va boshqa xususiy makonlarga yig’ib olingan suvlar. Bunday suvlar ma’lum sarf xarajat evaziga barpo qilingani uchun uni yaratgan shaxslarning mulki hisoblanadi.
Bir narsaning bo’lagini sotish degandanimani tushunasiz
Bir narsaning bo’lagini sotish
Bunda hali qo’lga olish imkoniyati bo’lmay turib, tovarning bir bo’lagi ustida savdo qilish tushuniladi. Masalan, “Mana bu qo’yning dumbasini sotdim”, desa, savdo botil bo’ladi. Agar maqsad qo’yni dumbasini sotish bo’lsa, avval uni so’yib, dumbasini tarozuda tortib, narxini belgilab, sotish lozim bo’ladi.
MU`OVAMA QANDAY SAVDO TURI
“Mu’ovama” arab tilidagi “om” “yil” so’zidan olingan bo’lib, yillashish ma’nosini bildiradi. Voqe’likda esa, bir daraxtning bir yillik mevasini olindan sotishni bildiradi. Bu kabi savdo ham shariatda taqiqlangan. CHunki, unda yo’q narsani, ya’ni xaridor qo’liga topshirib bo’laydigan narsani sotish bilan shug’ullaniladi.
SAHIH SAVDOGA TO`LIQ TA`RIF BERING
ASLI VA VASFI SHAR`IY BO`LGAN , BIROVNING HAQQI UNGA BOG`LIQ VA XIYORI BO`LMAGAN SAVDO SAHIH SAVDODIR
Qo’liga tutqazish mumkin bo’lmagan narsani sotish botilligiga dalil sifatida qaysi hadisni keltirish mumkin
Imom Ahmad Ibn Mas’uddan rivoyat qilingan hadisda aytiladi:
“Nabiy (s.a.v.): “Suvdagi baliqni sotmanglar. U aldashdir”, dedilar”
Harom narxga savdo qilish nima uchun fosid savdo hisoblanadi
Savdoda sotib olinayotgan molning badaliga, ya’ni narxi evaziga beriladigan narsa shariatda harom qilingan narsa bo’lmasligi lozim. Demak, tovar evaziga aroq, cho’chqa go’shti yoki giyohvand modda beriladigan bo’lsa, savdo fosid bo’ladi.
MUZOBANA QANDAY SAVDO TURI
“Muzobana” arab tilidagi “zabn” “qaytarish” so’zidan olingan bo’lib, bir narsani olib o’rniga boshqa narsani qaytarish ma’nosini anglatadi. Bunday savdo turida bir mevaning ho’li olinib, qurug’ini qaytariladi. Masalan, daraxtda turgan ho’l xurmoni olib, o’rniga quruq xurmo yoki tokdagi uzum olib, o’rniga mayiz qaytarish kabi savdo amallari shular jumlasidandir. Ushbu holatda ham savdoda qator mavhumliklar mavjud, ya’ni mevaning sifati, vazni va navi bir-biriga mos kelmasligi mumkin. SHu sababdan bu savdo joiz emas.
"BONUS"
-500
Hanafiydan boshqa mazhablarda esa bu kabi savdoni botilga kiritishadi, hanafiy mazhabida esa fosid savdo turi hisoblanadi. DIQQAT SAVOL !!!
bu qaysi savdo turi
HAROM NARSAGA SAVDO QILISH
fosid savdo turlaridan kamida 5 tasini sanang
bir narsaning bo`lagini sotish
Narxni ma’lum vaqtda bo’lib bo’lib to’lash sharti bilan qilingan savdo
Bir yo’la ikki savdoni qo’shib yuborish yoki bir savdoga ikki shart qo’yish.
Harom narxga savdo qilish
Nasiyaga sotib, naqdga qaytarib sotib olish.
MUHOQALA QANDAY SAVDO TURI
“Muhoqala” arab tilidagi “haql” - “dala” so’zidan olingan bo’lib, daladagi o’simlikni sotish ma’nosini bildiradi. Dalada maysa bo’lib unib chiqqan ekinni ma’lum o’lchovli bug’doymi yoki arpami, biror bir mahsulotga sotishni anglatadi. Bunday savdo ham noaniqliklarga to’la, ya’ni maysa bo’lgan ekin hali hosilga kiradimi, yo’qmi, yaxshi ishadimi, navi qanday bo’ladi va h.k. mavhumliklardan iborat.