1-MAVZU
2-MAVZU
3-MAVZU
4-MAVZU
5-MAVZU
10

Milliy gvardiyada xodimlarga beriladigan maxsus unvonlar qanday va ularda xizmat o‘tash muddatlari qancha?

Maxsus unvonda xizmat oʼtash muddatlari quyidagicha belgilanadi:

 

“safdor” - ikki yil; (avval muddatsiz)

“kichik serjant” - ikki yil;

“serjant” - ikki yil;

“katta serjant” - muddatsiz;

“leytenant” - ikki yil;

“katta leytenant” - uch yil;

“kapitan” - toʼrt yil;

“mayor” - besh yil;

“podpolkovnik” – olti yil;

“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qilish muddatlari belgilanmaydi.

10

Perimetrni nazorat qilish chegaralanmagan hududida post qo‘yilishi uning kuzatish-nazorat qilish masofasi bo‘yicha qanday belgilanadi (Avtomat yoki pistolet bilan)?

avtomat (karabin) bilan qurollangan naryad uchun kunduzgi vaqtda 1000 metr va kechki vaqtda 500 metr;

  to‘pponcha bilan qurollangan naryad uchun kunduzgi vaqtda 600 metr va kechki vaqtda 300 metr;

10

toifalangan obyekt nima va uni qanday turlari mavjud?

Ziyon yetkazilishi yoki ishdan chiqishi oqibatida iqtisodiyotga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, shuningdek Respublika ekologiyasi va ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga, aholi xavfsizligiga, mamlakat ish faoliyatiga daxldor strategik, mudofaa ahamiyatiga ega inshootlar - toifalangan obyektlar deyiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy, strategik va ilmiy-texnikaviy ahamiyatiga, ishlab chiqarish jarayonidagi texnik xavfsizlik darajasiga qarab, toifalanlgan obyektlar o‘ta muhim, birinchi va ikkinchi toifalarga bo’linadi.

10

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Saf Nizomi qachon va kimlar tomonidan tasdiqlangan?

O‘zbekiston Respublikasi Saf Nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2025-yil 20-maydagi 21/29/10/11/02/16/07-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan.

10

Agar о‘qotar qurol qо‘llanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin bо‘lsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) kо‘p fuqarolar tо‘planganda uni qо‘llash huquqiga ega emas.Lekin qaysi holatlar bundan mustasno?

terrorchilik harakatining oldini olish, 

garovdagilarni ozod qilish, 

qurolli hujumni qaytarish hollari mustasno.

20

Milliy gvardiyada xizmatda bo‘lishning chegara yoshlari qanday?

Milliy gvardiyada xizmatda bo‘lishning chegara yoshi safdor-serjant tarkibidagi xodimlar uchun ellik yosh, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yosh, generallar tarkibi uchun — oltmish yosh, ayollarga esa (mavjud unvonidan qat’i nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.

20

Yo‘nalishdagi naryadning aholi yashash punktlaridagi harakatlanib qo'riqlash masofalari qancha?

Aholi yashash punktlaridagi hamda alohida hududlari chegaralangan obyektlarni qо‘riqlash naryadlari uchun aylanma yо‘llar va nazorat qilish (kо‘rish) sektori hisobga olingan holda piyoda yо‘nalish chegarasi 700 metrgacha, moto yо‘nalish uchun 3 km.gacha hamda avto (kater) yо‘nalish esa 6 km.gacha  belgilanadi.

20

Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomining 90-moddasi nima haqida?

Qorovullik xizmatini o‘tash uchun qorovullar tayinlanadi. Jangovar Bayroqni, harbiy va davlat obyektlarini qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha jangovar vazifani bajarayotgan, shuningdek, gauptvaxta va axloq tuzatish batalonlarida saqlanayotgan shaxslarni qo‘riqlayotgan qurollangan bo‘linma qorovul deb ataladi.

20

Komandalar nechta turga bo'linadi?

Komanda dastlabki va ijro komandalariga bo‘linadi. Faqat ijro komandasi ham bo‘lishi mumkin.

20

Rezina tayoq bilan insonni qaysi a'zolariga zarba berish ta'qiqlanadi?

•Odamning boshiga

•Bo‘yniga

•O‘mrov suyagiga

•Yurak sohasiga

•Qorniga

•Jinsiy a’zolariga

30

Milliy gvardiya xodimlariga beriladigan ta’til turlari nechta va ularni tushuntirib bering?

1. yillik asosiy taʼtil (30 kun);

2. xomiladorlik va tugʼish, bolalarni parvarish qilish taʼtillari (3 yilgacha);

3. kasallik boʼyicha (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) taʼtil (4 oygacha);

4. oʼqish bilan bogʼliq taʼtil - oliy taʼlim muassasalarida sirtqi taʼlim shaklida oʼqiyotgan xodimlar uchun;

5. ijodiy taʼtil - amaliy faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlashi uchun (kamida 15 kun);

6. qoʼshimcha taʼtil - Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish imtixonlarni topshirishi uchun, oilaviy sharoiti boʼyicha, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganlarga (10 kungacha).

30

Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan faoliyat turlari bo‘yicha qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

Qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan faoliyat turlari bo‘yicha quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

- saf bo‘linmalari tomonidan;

- harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan;

- qorovullik bo‘linmalari tomonidan;

- Qo‘riqlash patrul xizmati tomonidan;

- texnik qo‘riqlash vositalari bilan yoki mavjud texnik vositalarga xizmat ko‘rsatish orqali obyektlarni qo‘riqlash va xavfsizligini taʼminlash.

30

Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomining 185va 190-moddalari nima haqida?

190. Chidab bo‘lmaydigan so‘nggi holatda yoki aloqa vositalari ishlamay qolgan paytlarda soqchi osmonga o‘q otish bilan qorovul boshlig‘ini chaqirishi mumkin.

30

Saf usulining bajarilishini bekor qilish yoki ijrosini toʻxtatish uchun qanday komanda beriladi?

 “QOLDIRILSIN” komandasi beriladi.

30

KIMLARGA NISBATAN JISMONIY KUCH ISHLATISH TAQIQLANADI?

•homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga

•nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga

•yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga

40

Milliy gvardiyada maxsus unvonli xizmatga qabul qilishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar qanday va tanlov o‘tkazish bosqichlari nechta? Tushuntirib bering

Talablar 3 ta:

1. Yoshi 18-30 oralig'ida

2. Bo'yi 178 sm past bo'lmagan

3. HArbiy guvohmomaga ega bo'lishi 

Tanlov bosqichlari 4 ta:

1. Dastlabki o'rganish

2. Yakka tartibdagi suhbat

3. Jismoniy tayyrogralik

4. Psixologik test 

40

Obyektlarni qо‘riqlash bо‘yicha xodimlarning faoliyatini tashkil etish, xizmatga tо‘g‘ri taqsimlash va nazorat qilish uchun saf bo‘linmalarida qanday tarkibiy bо‘linmalar tashkil etiladi?

saf bо‘linmalarida - brigada, komendatura, batalyon, otryad, guruh, bо‘linma;

40

Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomining 178-moddasi nima haqida?

178. Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilarda ko‘rinadi:

• uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida;

• uning qat’iy ma’lum shaxslarga – qorovul boshlig‘iga, uning yordamchisiga va o‘zining tarqatuvchisigagina bo‘ysunishida;

• xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarilishida;

• ushbu Nizomda ko‘rsatilagan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida.

40

Harbiy xizmatchi qadamlab yurib yoki yugurib harakatlanadi. Qadamlab yurish harakati daqiqada
qancha qadam tezlikda bajariladi. Bunda, har bir qadam uzunligi qancha sm bo‘lishi lozim?

Qadamlab yurish harakati daqiqada
110 - 120 qadam tezlikda bajariladi. Bunda, har bir qadam uzunligi 70 - 80 sm bo‘lishi lozim.

40

JISMONIY KUCH ISHLATISH nima va qanday hollarda jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega bo'lamiz?

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlamasa, ular quydagi hollarda shaxsan uzi yoki bo‘linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi:

•-  jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda;

•- jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlashda va olib borishda;

•- Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etishda.

•- Xodimlar maxsus vositalar yoki o‘qotar qurol qo‘llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

50

Milliy gvardiyada xizmat olib borishda foydalaniladigan huquqiy asoslar nimalardan iborat? Tushuntirib bering

HUQUQIY  NORMATIV  HUJJATLAR

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

2. O‘zbekiston Respublikasi “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi 2020-yil 18-noyabr kunidagi 647-son qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi 2022-yil 15-iyun kunidagi 778-son qonuni.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jixatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4997-sonli Qarori. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xodimlar tomonidan xizmatni o‘tash tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-5089 sonli qarori. 

6. O‘zbekiston Resublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022-yil 14-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash haqida”gi 360-sonli buyrug‘i

50

Kо‘rsatilayotgan qо‘riqlash xizmati turiga kо‘ra, shartnomaviy majburiyatlarni bajarishda qanday naryad turlaridan foydalaniladi?

•postdagi naryad 

•yо‘nalishdagi naryad 

•mobil guruhi naryadi

•qо‘riqlash-kuzatish naryadi 

•TQM-TQP tezkor harakatlanuvchi guruh naryadi 

•zaxiradagi naryad 

•Qo’riqlash patrul xizmati 

50

Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomining 185va 186-moddalari nima haqida?

185. U qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi, o‘zining tarqatuvchisi va ular kuzatuvida kelgan shaxslardan boshqa postga yoki taqiqlangan chegaraga yaqinlashgan barchani baqirib «To‘xta, orqaga» yoki «To‘xta, o‘ngdan (chapdan) aylanib o‘t» deb to‘xtatishga haqli.

  Agar postga yoki taqiqlangan chegaraga yaqinlashayotgan tartibbuzar uning bu talabini bajarmasa, soqchi uni «To‘xta, otaman» deb ogohlantiradi va zudlik bilan qorovul boshlig‘ini yoki tarqatuvchini chaqiradi. Agar tartibbuzar shunda ham post va taqiqlangan chegaraga yaqinlashishda davom etsa, soqchi patronnikka patronni yuboradi, osmonga qarab ogohlantiruvchi o‘q uzadi. Tartibbuzar shunda ham uning talabini bajarmasa va postga kirishga (taqiqlangan chegarani kesib o‘tishga) harakat qilsa yoki qochishga urinsa, soqchi unga nisbatan qurol ishlatadi.

186. Ko‘rinish yomon bo‘lganda post raqamida ko‘rsatilgan masofadan postga va taqiqlangan chegaraga yaqinlashganlar ko‘rinmay qolganda soqchi ularni «To‘xta, kim kelayapti» deb baqirib To‘xtatadi. Agar javob bo‘lmasa, soqchi uni «To‘xta, otaman» deb ogohlantiradi va ushlaydi. Ushlangan tartibbuzar haqida qorovulxonaga xabar beradi, uning o‘zini tutishini kuzatadi, shu bilan birga diqqatini bo‘lmay, o‘ziga biriktirilgan postni qo‘riqlashda davom etadi.

  Soqchi baqirganda «Qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘innig yordamchisi, tarqatuvchi) kelayapti» degan javob bo‘lsa, soqchi quyidagicha buyruq beradi: «Qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘ining yordamchisi, tarqatuvchi) mening oldimga, qolganlar joyida qolasin». Zarurat bo‘lsa soqchi o‘ziga yaqinlashayotgan shaxsdan yuzini yoritishni talab qiladi. Soqchi o‘ziga yaqinlashayotgan shaxs haqiqatan ham qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘ining yordamchisi, tarqatuvchi) ekanligiga ishonch hosil qilgach, qolganlarni xam o‘z oldiga qo‘yadi.

  Agar o‘zini qorovul boshlig‘i (qorovul boshlig‘i yordamchisi, tarqatuvchi deb tanishtirgan shaxs boshqa kishi bo‘lsa va u bilan birga kelganlar soqchining «qolganlar joyida qolsin» degan talabini bajarmasa, soqchi baqirib «To‘xta, otaman» deya ogohlantiradi. Tartibbuzarlar soqchining bu talabini bajarmasa, ularga nisbatan qurol ishlatadi.

50

Harbiy xizmatchi qadamlab yurib yoki yugurib harakatlanadi. Yugurish harakati daqiqada
qancha qadam tezlikda bajariladi. Bunda, har bir qadam uzunligi qancha sm bo‘lishi lozim.

Yugurish harakati daqiqada 165-180 qadam tezlikda bajariladi. Bunda, har bir qadam uzunligi 85 - 90 sm bo‘lishi lozim.

50

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va o‘q otar qurolni qo‘llash uchun huquqiy asoslar nimalardan iborat?

1. О‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabr kunidagi “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi 647-sonli Qonuni.

2. О‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-iyun kunidagi “Qo’riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi 778-sonli Qonuni.

3. О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2021-yil 16-iyundagi “MG xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalar va о‘qotar qurolni qо‘llash, fuqarolar va tashkilotlarning transport vositalaridan foydalanish tartibi tо‘g‘risidagi”gi 150-sonli buyrug‘i

4. О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining

37-moddasi “Zaruriy mudofaa”

38-moddasi “Oxirgi zarurat”

39-moddasi “Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish”

M
e
n
u