Suv solig'i
Umumiy soliqlar
Iqtisod
Vocabulary
Mantiqiy
100

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning bazasi qanday aniqlanadi?

Suvdan foydalanuvchi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi (kub metrda) soliq bazasi hisoblanadi

100

"Bevosita va bilvosita" soliqlarning o'rtasidagi asosiy farq nimada?

Bevosita soliqlar: Daromad yoki mulkdan bevosita to'lanadi. Soliq yukini soliq to'lovchining o'zi ko'taradi.

Bilvosita soliqlar: Tovar yoki xizmat narxiga qo'shiladi.Buni iste'molchi tovar sotib olayotganda to'laydi, sotuvchi esa uni davlatga o'tkazadi.

100

Iqtisod so'zining ma'nosi nima?

tejamkorlik

100

efficient

samarali

100

Balandligi 4 metr bo‘lgan katta yuk mashinasi pastroq ko‘prik ostidan o‘tishi kerak edi, lekin mashina ko‘prikka 2-3 santimetrga tegib qoldi va o‘tolmadi. Mashinani qismlarga ajratmasdan yoki yo‘lni buzmasdan qanday qilib olib o‘tish mumkin?

Mashina g‘ildiraklaridagi havo bosimini (shinalarni) biroz tushirish kerak. Shunda mashinaning balandligi pasayadi va u ko‘prik ostidan bemalol o‘tib ketadi.

200

Suv solig'ining obyekti va subyektini ayting?

 Subyektlar — suv resurslaridan tadbirkorlik yoki ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanadigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar. Obyekt — foydalanilgan suvning hajmi

200

Foyda solig'i nima va u qanday aniqlanadi?

Korxonaning daromadlari va ular bilan bog'liq xarajatlar o'rtasidagi farq — ya'ni sof foydadan to'lanadigan soliq.

200

"Mikroiqtisodiyot" va "Makroiqtisodiyot" o‘rtasidagi farq nimada?

Mikroiqtisodiyot: Alohida subyektlar (alohida iste’molchi, bitta firma yoki bozor) xulq-atvorini o‘rganadi.Makroiqtisodiyot: Butun iqtisodiyotni (YaIM, inflyatsiya, ishsizlik, davlat siyosati kabi umumiy ko‘rsatkichlarni) o‘rganadi.

200

fascinating

hayratlanarli

200

"Qadimiy topishmoq"

Qadimgi yunon faylasuflari shunday degan: "U o‘zining borligi bilan boshqalarni boyitadi, lekin o‘zi hech narsani yo‘qotmaydi. U o‘zining yo‘qligi bilan esa hamma narsani kambag‘al qiladi". Bu nima?

bilim

300

"Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi qonun qachon qabul qilingan

1993-yil 6 may

300

JShODS stavkasi qanday va bu soliq qaysi maqsadda yig'iladi?

soliq stavkasi 12% etib belgilangan. Bu soliq davlatning ijtimoiy xarajatlarini (pensiya, nafaqalar) va davlat xizmatlarini moliyalashtirish uchun xizmat qiladi.

300

Bozor muvozanati nima?

talab va taklif qonunining kesishgan nuqtasi

300

figure out

tushunib yetish, yechim topish

300

Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.

soat

400

Dehqon xo'jaliklari ushbu soliq turini qachon to'laydi

soliq davridan keyingi yilning 1-may sanasigacha

400

Nima uchun ba'zi davlatlarda "progressiv soliq tizimi" qo'llaniladi?

Progressiv tizimda daromad qancha yuqori bo'lsa, soliq stavkasi ham shuncha oshib boradi. Bu ijtimoiy adolat tamoyiliga asoslanadi: ko'proq daromad topuvchi shaxslar jamiyat rivojiga kattaroq hissa qo'shishlari kerak. Bu daromadlar o'rtasidagi tafovutni qisman kamaytirishga xizmat qiladi.

400

"Oligopoliya" nima va u qanday o‘ziga xoslikka ega?

tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holatidir.

400

Comprehensive

har tomonlama, to'liq

400

Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?

hushtak chalish

500

Ushbu soliqnining bazasini aniqlash tartibi SK ning qaysi moddasiga binoan amalga oshiriladi?

444- modda

500

Soliq multiplikatori tushunchasi nimani anglatadi?

Bu soliq stavkasining o'zgarishi YaIM hajmiga qanday ta'sir qilishini ko'rsatuvchi koeffitsient. Soliqlar oshirilganda, aholining ixtiyoridagi daromad kamayadi, bu esa iste'mol va investitsiyani qisqartirib, iqtisodiy o'sishni sekinlashtiradi.

500

"Talab elastikligi" deganda nima tushuniladi?

Bu narx o‘zgarganda xaridorlarning xarid hajmini qanchalik tez o‘zgartirishini o‘lchaydigan ko‘rsatkich.

500

To stand out

ajralib turish, ko'zga tashlanish

500

Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.

Zakovat o'yini, miya

M
e
n
u