Takfir so'zining ma'nosi nima?
Arabcha " Kufrda ayblash"
Mo'min deb qanday shaxsga aytiladi?
Allohning yagonaligi, Payg'ambar Muhammad (a.s) uning elchisi ekaniga iymon keltirgan, islom diniga e'tiqod qiladigan har qanday kishi.
Islom dini ta'limotiga ko'ra, inson qanday holatda ham kofir bo'lmaydi?
Shirkdan tashqari har qanday gunoh qilgan inson toki o'sha gunohini halol deb hisoblamas ekan kofir bo'lmaydi
Diniy-ekstremistik guruhlar musulmonlarga nima deb ayb qo'yib, dindoshlariga qarshi jihod e'lon qilishga chorlamoqda?
Kofir
Murtadlik nima?
Islomni tark etish
Kimki mo'min kishini "kofirsan" deb haqoratlasa qanday gunoh ish qilgan bilan barobar bo'ladi?
Uning qonini to'kkanchalik
"Hijrat" so'zining ma'nosi nima?
Arabcha " Bir joydan ikkinchi joyga ko'chish" "Tark qilish"
Istilohda hijrat so'zining ma'nosi nima?
Rasululloh (a.s) davrlaridagi musulmonlarning Habashistonga, keyinchalik Rasululloh (a.s) o'zlari boshchiligida Madinaga ko'chib o'tishlariga aytiladi
Qur'oni Karimning qaysi suralarida hijrat haqida bayon qilingan?
"Niso", "Anfol", "Nahl"
Diniy-ekstremistik guruhlar islom dini aqidasini buzib, qanday hijrat tushunchasini ma'noda talqin qilmoqda?
"Hijrat qilmaganlar kofir, konstitutsion tuzumlar o'rnatilgan yashamoqlik kufr" degan soxta da'vo qilmoqda
"Jihod" so'zining ma'nosi nima?
Arabcha " G'ayrat qilish" , "Kuchni ishga solish"
Istilohda jihod so'zining ma'nosi nima?
Allohning yo'liga da'vat qilish, yaxshilikka chaqirish va yomonlikdan qaytarish
Termiziydan rivoyat qilingan hadisda jihod haqida nima deyilgan?
" Jihodning afzali Alloh taoloning roziligini deb inson o'zi havoyi nafsiga qarshi jihod qilishidir"
Qur'oni Karimning qaysi surasida Vatan mudofaasi mazmunidagi jihodga izn berilgan?
"Haj" surasi
Islom dinida jihod joriy qilinishining asl sababi nima bo'lgan?
Doimiy tinchlikni saqlab turish
"Shahid " so'zining ma'nosi nima?
Arabcha " Guvohlik" " Hozir bo'lmoq"
Ulamolar nazdida shahid deganda qanday inson nazarda tutiladi?
Alloh taolo yo'lida dushman bilan bo'lgan jangda Vatani, dini, oilasi, millati sha'nini himoya qila turib vafot etgan inson
Qur'oni Karimning qaysi surasi shahid tushunchasi haqida?
"Niso" surasi
Bugungi kunda mutaassib oqimlar tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalardan yana biri nima?
Mazhabsizlik
Mazhabsizlik g'oyasi nimalarga olib keladi?
Millatni ortga tortish, qoloqlikka mahkum qilish va taraqqiyotdan chetga chiqib qolishga olib keladi.