Moliya tushunchasining asosiy mazmuni nima?
Turli darajadagi pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo'yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Davlat byudjeti nima?
Davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasi.
Fiskal siyosatning asosiy maqsadi nima?
Bandlik darajasini ushlab turish, inflyatsiyani jilovlash va iqtisodiy o'sishni ta'minlash.
-100😢
🙁?
Davlat qarzi qanday vujudga keladi?
Byudjet taqchilligini qoplash uchun davlat tomonidan olingan qarzlar natijasida.
Moliyaning asosiy subyektlari kimlar?
Davlat, korxonalar (xo'jalik yurituvchi subyektlar) va uy xo'jaliklari (aholi).
Davlat byudjetining asosiy daromad manbai nima?
Soliqlar (daromad solig'i, QQS, aksiz va boshqalar).
Diskretsion fiskal siyosat nima?
Davlat xarajatlari va soliqlarni ongli ravishda o'zgartirish orqali iqtisodiyotni tartibga solish.
Soliq stavkasi daromad o'sishi bilan birga oshsa, bu qanday soliq tizimi deyiladi?
Progressiv soliq tizimi.
Ichki qarz nima?
Davlatning o'z mamlakati fuqarolari va korxonalaridan (masalan, obligatsiyalar orqali) olgan qarzi.
Moliyaning asosiy funksiyalari qaysilar?
Taqsimlash funksiyasi va nazorat qilish funksiyasi.
Byudjet defitsiti (taqchilligi) deganda nima tushuniladi?
Davlat xarajatlarining uning daromadlaridan ortib ketishi.
Rag'batlantiruvchi fiskal siyosat qachon qo'llaniladi?
Iqtisodiy pasayish (retsessiya) va ishsizlik yuqori bo'lgan davrda.
Soliq obyekti nima? Misollar bilan tushintring.
Soliq hisoblanadigan asos (masalan: ish haqi, foyda, mol-mulk yoki yer).
Davlat qarziga xizmat ko'rsatish deganda nima tushuniladi?
Qarzning asosiy qismini va unga hisoblangan foizlarni to'lab borish.
Markazlashgan moliya fondlariga nima kiradi?
Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar.
Byudjet profitsiti nima? Misollar bilan tushintrib bering.
Davlat daromadlarining xarajatlardan ortiq bo'lishi.
"Avtomatik barqarorlashtirgichlar"ga nimalar kiradi?
Daromadga qarab o'zgaruvchan soliqlar va ishsizlik bo'yicha nafaqalar.
Bonus 🎉
Barakalla 👍
Milliy valyuta kursini rasman pasaytirish qanday nomlanadi?
Devalvatsiya.
Moliyaviy tizimning eng quyi va asosiy bo'g'ini qaysi?
Korxonalar (xo'jalik subyektlari) moliyasi.
Davlat byudjeti qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi?
Oliy Majlis (parlament) tomonidan qonun shaklida qabul qilinadi.
Soliq stavkalarining pasayishi byudjet daromadlarini oshirishi mumkinligini ko'rsatuvchi egri chiziq qanday nomlanadi?
Laffer egri chizig'i.
Soliq stavkasi va soliq tushumlari o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi, soliq stavkasi ma'lum bir nuqtadan oshsa, tadbirkorlik faolligi pasayishi hisobiga byudjet tushumlari kamayib ketishini isbotlovchi nazariya qanday nomlanadi?
Laffer effekti (yoki Laffer egri chizig'i). Artur Laffer tomonidan asoslangan ushbu nazariyaga ko'ra, haddan tashqari yuqori soliq stavkalari "xufyona iqtisodiyot"ning o'sishiga va investitsiyalarning kamayishiga olib keladi.
Davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun muomalaga qo'shimcha pul chiqarish (emissiya) natijasida pul massasining ortishi va uning xarid quvvati pasayishi bilan bog'liq bo'lgan moliyaviy hodisa nima deb ataladi?
Inflyatsion soliq (Señiorage). Bu holda davlat byudjet yetishmovchiligini pul bosib chiqarish orqali yopadi, natijada aholining qo'lidagi naqd pullar qadrsizlanishi hisobiga bilvosita "soliq" yig'ib olingan bo'ladi.