Atamalar va umumiy tushunchalar
Tarixiy asoslar va "Fitna"
Sahobalar va Tobeinlar davri
Mustaqil fan va Mashhur ulamolar
Manbalar va Tasniflar
100

Lugʻatda "yaralash" va "taʼna qilish" maʼnosini anglatib, hadis ilmida roviyning gapi rad etilishiga sabab boʻluvchi salbiy sifatlar yigʻindisi nima deyiladi?

Jarh

100

"Avvallari hadis isnodi haqida soʻralmas edi. Fitna roʻy bergandan soʻng roviyingizning kimligini ayting, deyishar edi" — ushbu mashhur soʻzlar muallifi kim?

Muhammad ibn Sirin.

100

Muhaddis Imom Zahabiy xabarlarni qabul qilishda ehtiyotkorlik qilgan "dastlabki kishi" deb kimni atagan?

Abu Bakr Siddiq.

100

Jarh va taʼdil ilmi mustaqil fan sifatida qaysi davrda va qaysi yillar oraligʻida jadal rivojlandi?

Tobeinlar davrida (hijriy 65–135 yillar oraligʻida).

100

Imom Buxoriyning 13 800 nafar roviyni jamlagan va ushbu janrdagi kitoblar uchun asos boʻlgan asari qaysi?

"at-Tarix al-kabir".

200

"Taʼdil" soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima va u qaysi tushunchaning ziddidir?

"Adolatli deb topish"; yolgʻonning ziddidir.

200

Ibn Sirin aytgan "fitna"dan soʻng ulamolar isnod soʻrashni nima uchun joriy qilishdi?

Turli firqalar oʻz maslaklarini oqlash uchun hadis toʻqiy boshlagani sababli.

200

Izn soʻrash haqidagi rivoyatni aytgan sahobiydan guvoh keltirishni talab qilgan va isnod soʻrash amaliyotiga asos solgan xalifa kim? 



Umar ibn Xattob.

200

Tabaa tobeinlar davrida "jarh va taʼdil" hamda "ilal al-hadis" boʻyicha eng talabchan va yetuk muhaddis deb kim tanilgan?

Shuʼba ibn Hajjoj.

200

Faqat zaif (zaifligi darajalangan) roviylar haqida yozilgan ilk kitoblar qanday nomlar bilan atalgan?

"az-Zuafo", "al-Matrukin" yoki "al-Majruhin".

300

Jarh va taʼdil ilmining asosiy maqsadi nima? 


Hadislarning ishonchlilik darajasini aniqlash maqsadida roviylarning shaxsiy-maʼnaviy ayblari va fazilatlarini oʻrganish.

300

Sharqshunos G. Yeynbol "fitna"ni qaysi tarixiy voqea (hijriy 70-yillar) bilan bogʻlaydi?

Abdulloh ibn Zubayrning oʻldirilishi.

300

Sahobiylarga nisbatan "jarh" qilinishining oʻziga xos jihati nimada?

Ularning adolati emas, balki faqat zabti (xotirasi) toʻgʻrisida bahs yuritiladi.

300

Shuʼba ibn Hajjojga 20 yil hamrohlik qilib, Ahmad ibn Hanbal kabi buyuklarga ustozlik qilgan olim kim? 

Yahyo ibn Said Qatton.

300

"Siqalarning tarixi" (Tarix asmo as-siqot) nomli ishonchli roviylar toʻplami muallifi kim?

Umar ibn Ahmad ibn Shohin.

400

Umumiy qoidaga koʻra birovning aybini ochish harom boʻlsa-da, nima sababdan jarh va taʼdil ilmi joiz, hatto lozim sanaladi? 




Islom shariatini himoya qilish va hadisga yolgʻon aralashishining oldini olish uchun.

400

Akram Ziyo Umariy va boshqa ulamolar tahliliga koʻra, "fitna" qaysi xalifa davrida boshlangan? 


Usmon ibn Affon.

400

Iroq jarh va taʼdil maktabining asoschilari deb hisoblangan 3 nafar tobeinni ayting. 



Hasan Basriy, Said ibn Jubayr, Omir Shaʼbiy (yoki Ibrohim Naxaiy).

400

Tobeinlar davrida roviyning adolatini tekshirishda qanday mezonlar (shartlar) oʻrganila boshlandi? 


Musulmon, oqil, balogʻatga yetgan, rostgoʻy, taqvodor boʻlishi va bidʼatchi emasligi.

400

Jarh va taʼdil manbalari orasida "Suolot" (savollar) janri nimani anglatadi?

Shogirdning oʻz ustozidan roviylar haqida soʻragan savollari va ustozning bergan javoblari jamlanmasi.

500

Imom Navaviy "Riyoz as-solihin" asarida jarh va taʼdilni gʻiybatdan farqlash uchun qanday shartni keltirgan? 


Gʻiybatga faqat sharʼiy hukm chiqarish uchun zarur boʻlgandagina ruxsat etiladi.

500

Paygʻambar (s.a.v.) davrida roviyning zabti (xotirasi) tekshirilganiga qaysi hadis dalil boʻladi?

"Zulyadayn" hadisi.

500

Tobeinlar roviylar xotirasini (zabtini) tekshirishda qanday metodlarni qoʻllashgan?

Roviynining avvalgi va keyingi rivoyatlarini solishtirish hamda bir shayxning talabalarining rivoyatlarini oʻzaro qiyoslash.

500

Roviylarni asossiz (nohaq) jarh qilishning 5 ta sababini koʻrsatgan olim kim?

Ibn Daqiq

500

Buxoriyning asari taʼsirida yozilgan, 18 050 nafar roviyni qamrab olgan va har bir roviy uchun maxsus "jarh yoki taʼdil" iborasini qoʻllagan asar muallifi kim?

Abu Hotim Roziy (asari: "al-Jarh va at-taʼdil").

M
e
n
u