Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?
Chuqur
Inson tanasidagi eng katta ichki a’zo qaysi?
Jigar
Qomariy harflar nima degani?
Qomariy harflar “ال” (al-) kelganda ل (lam) aniq o‘qiladigan harflar.
Bir xonada 3 ta ota, 2 ta o‘g‘il va 1 ta nabira bor.
Xonada jami nechta odam bor?
3 ta
( bobo, ota, o‘g‘il)
Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda.
Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
Toshbaqalar aylana bo’ylab sudralib yurishibdi.
Qaysi gaz Yer atmosferasining asosiy qismini tashkil etadi?
Azot (Nitrogen)
"Ro" sukunli va undan oldingi harf kasrali bo'lsa "ro" qanday o'qiladi? (ingichka yoki yog'on)
Ingichka
Agar bugun payshanba bo‘lsa, 100 kundan keyin qaysi kun bo‘ladi?
Shanba
(100 ÷ 7 = 14 hafta va 2 kun → payshanba + 2 = shanba)
Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?
Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong’in chiqmasa).
Inson yuragi bir daqiqada o‘rtacha nechta marta uradi?
60-80
Qomariy harflarga qaysi harflar kiradi? sanab bering
ا ب ج ح خ ع غ ف ق ك م هـ و ي
Agar 5 + 5 × 5 = ?
javob: 30
(avval ko‘paytirish → 5×5=25, keyin qo‘shish)
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo’lgan.
Quyosh tizimidagi eng kichik sayyora qaysi?
Merkury
Sukunlik nun yoki tanvinda keyin 6 ta xalqum harflaridan biri kelsa "nun"ni yashirib o'qiladi?
to'g'ri yoki noto'g'ri?
Yo'q, noto'g'ri. Sukunli nun yoki tanvin 6 ta xalqum harflariga yo'liqqanida nun "Izhor" qilib o'qiladi
2, 4, 8, 16, ?, 64
Bo‘sh joyga qaysi son keladi?
Javob: 32
(har safar 2 ga ko‘paymoqda)
Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
Antarktida qit’asining taxminan necha foizi muz qatlami bilan qoplangan?
98% ga yaqin
Bu harflarning mad harflariga aylanishi uchun 2 ta shart bor, o'sha shartini ayting ا وي
1-shart: Harakat va belgilardan holi bo'lishi kerak
2-shart: O'zidan oldingi harfning harakatiga mos bo'lishi kerak
Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi
9 ta