Scrum nima?
Javob: Agile tamoyillariga asoslangan, murakkab loyihalarni boshqarish va mahsulot yaratish freymvorki.
Scrum Team tarkibida nechta asosiy mas’uliyat sohasi mavjud?
Javob: 3 ta: Product Owner, Scrum Master va Developers.
Sprint nima?
Javob: Muayyan maqsadga erishish uchun ishlar bajariladigan belgilangan muddatli davr.
Product Backlog nima?
Javob: Mahsulotni yaxshilash uchun kerak bo‘ladigan ishlar va talablarning tartiblangan ro‘yxati.
Jamoa Sprint davomida har kuni qisqa yig‘ilish o‘tkazmoqda. Bu qaysi tadbir?
Javob: Daily Scrum.
Scrum qaysi metodologiya yondashuviga kiradi?
Javob: Agile yondashuviga.
Product Ownerning asosiy vazifasi nima?
Javob: Mahsulot qiymatini maksimal darajaga yetkazish va Product Backlogni samarali boshqarish.
Javob:.Daily Scrum qancha davom etadi?
Javob: Maksimal 15 daqiqa.
Sprint Backlog nima?
Javob: Sprint maqsadi, Sprint uchun tanlangan Product Backlog elementlari va ularni bajarish rejasi.
Sprint oxirida tayyor bo‘lmagan vazifa qoldi. Uni avtomatik ravishda bajarilgan deb hisoblash mumkinmi?
Javob: Yo‘q. U Definition of Done talablariga javob bermasa, Increment tarkibiga kirmaydi.
Scrumning asosiy maqsadi nima?
Javob: Qimmatli mahsulotni bosqichma-bosqich yaratish va doimiy takomillashtirish.
Scrum Masterning vazifasi nima?
Javob: Scrumni tushunish va to‘g‘ri qo‘llashga yordam berish, jamoa samaradorligini oshirish.
Sprint Planning uchrashuvining maqsadi nima?
Javob: Sprint nima uchun muhimligi, unda nima bajarilishi va ish qanday tashkil etilishini rejalashtirish.
Increment nima?
Javob: Oldingi Incrementlarga qo‘shilgan va foydalanishga tayyor bo‘lgan mahsulot qiymati.
Buyurtmachi yangi talab yubordi. U qayerga kiritilishi mumkin?
Javob: Product Backlogga. Product Owner uning tartib ustuvorligini ko‘rib chiqadi.
Scrum jarayonida ishlar qanday tashkil etiladi?
Javob: Qisqa, belgilangan muddatli Sprintlar orqali.
Developers kimlar?
Javob: Har bir Sprintda foydalanishga tayyor Increment yaratishga mas’ul mutaxassislar.
Sprint Review qachon va nima uchun o‘tkaziladi?
Javob: Sprint oxirida natijalarni ko‘rib chiqish va manfaatdor tomonlardan fikr olish uchun.
Product Backlog uchun kim mas’ul?
Javob: Product Owner
Jamoa bir necha Sprintdan beri bir xil muammoga duch kelmoqda. Qaysi tadbir yordam beradi?
Javob: Sprint Retrospective — muammoning sababini aniqlash va yaxshilanish choralarini belgilash.
Scrum Guide bo‘yicha Sprintning maksimal davomiyligi qancha?
Javob: Bir oy.
Product Owner jamoaga barcha vazifalarni kim bajarishini belgilab beradimi?
Javob: Yo‘q. Developers ishni qanday bajarish va uni tashkil etish bo‘yicha o‘zlari qaror qabul qiladi.
Sprint Retrospective nimaga xizmat qiladi?
Javob: Jamoa ish jarayonini tahlil qilish va keyingi Sprintda yaxshilanishlarni belgilashga.
Scrumdagi uchta artefakt va ularning majburiyatlarini ayting.
Javob: Product Backlog — Product Goal; Sprint Backlog — Sprint Goal; Increment — Definition of Done.
Sprint maqsadiga erishish xavf ostida. Developers va Product Owner nima qilishi mumkin?
Javob: Sprint Goalga ta’sir qilmasdan ish hajmini moslashtirish uchun hamkorlik qilish. Sprint Backlog o‘zgarishi mumkin, sifat pasaytirilmaydi.