Jinoiy kodeks
davlat fuqarolik xizmati to'g'risida
Fuqarolik kodeksi
1948
vena konvensiyasi
100

Qachon qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo'lmaydi?

Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun

100

Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash qanday tartibda egallanadi?

tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali

100

 Patent egasiga qanday huquq tegishli?

Patent egasiga ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan foydalanish bo'yicha mutlaq huquq tegishli.

100

BMTning qaysi organi tamonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan?

Bosh Assambleya tamonidan

100

Vena Konvensiyasining 2 moddasida "shartnoma" atamasiga qanday ta'rif berilgan?

Davlatlar o'rtasida yozma shaklda tuzilgan va xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan xalqaro shartnoma.

200

 Jinoyat ishtirokchilarini sanang

Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi

200

Qaysi turdagi xizmatchilar bilan mehnat shartnomasi tuzilmaydi?

DFX siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari bilan

200

Xizmat ixtirosi uchun patent olish huquqi kimga tegishli?

 Xizmat ixtirosi uchun patent olish huquqi ish beruvchiga tegishli, agar bu ular o'rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa

200

 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi yuridik jihatdan majburiy hujjatmi

Yoq, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1948-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan xalqaro shartnoma emas, balki deklaratsiya sifatida qabul qilingan. Shuning uchun u davlatlar uchun to'g'ridan-to'g'ri huquqiy majburiyatlarni yaratmaydi va ratifikatsiya qilinishi shart emas

200

«Pacta sunt servanda» prinsipi nimani anglatadi?

Amaldagi har bir shartnoma uning ishtirokchilari uchun majburiydir va ular tomonidan vijdonan bajarilishi kerak.

300

Oʻta ogʻir jinoyati uchun, sud tayinlagan jazo muddatining kamida... qismini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin jazoni yengilrog'i bilan almashtirish mumkin.

uchdan ikki qismi

300

Davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjat nima?

Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yoʻriqnomasi

300

 Patent huquqini berish shartnomasi qanday shaklda tuzilishi kerak?

Patent huquqini berish shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va vakolatli davlat organida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak. Aks holda shartnoma haqiqiy emas deb hisoblanadi.

300

Inson huquqlari umumjahon  deklaratsiyaning 3-moddasida qanday huquq kafolatlangan?

Yashash, erkin boʻlish va shaxsiy daxlsizlik huquqlari kafolatlangan

300

O‘z davlatini vakillik qilish uchun maxsus vakolatlarni taqdim etishi shart bo‘lmagan shaxslar kimlar?

Davlat boshliqlari, Hukumat boshliqlari va Tashqi ishlar vazirlari.

400

Shartli hukm qilinganlar va ozodlikni cheklash jazosini o'taganlarning sudlanganlik holati qachon tugallanadi?

a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;

b)ozodlikni cheklash jazosi oʻtalganidan keyin — ikki yil oʻtgach


400

Nega ba'zi davlat fuqarolik xizmati xodimlari majburiy tarzda ularning roziligisiz rotatsiya qilinadi?

DFX da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida

400

Qanday hollarda patent egasining huquqi buzilgan deb hisoblanadi?

Patentlangan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi qo'llanilgan mahsulotni ruxsatsiz ishlab chiqarish, qo'llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish yoki fuqarolik muomalosiga kiritish patent egasi huquqini buzish hisoblanadi.

400

Nima uchun Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, yuridik jihatdan majburiy bo'lmasa-da, milliy huquqiy tizimlarga real ta'sir ko'rsatadi?

Chunki uning normalari xalqaro shartnomalar, xalqaro odatiy huquq va inson huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlari uchun asos bo'lib kelgan.

400

Xalqaro huquqning imperativ normasiga zid bo‘lgan shartnomaning taqdiri nima bo‘ladi?

Shartnoma haqiqiy emas (botil) hisoblanadi.

500

Fuqaro A og'ir turdagi jinoyatni sodir qilganini bo'yniga olib, chin ko'ngildan pushaymonligini bildirdi. Jinoyatni ochilishi uchun ham katta yordam berdi, advokati JK 66-moddasiga ko'ra mijozi javobgarlikdan ozod qilinishi kerakligini, chunki fuqaro A jinoyatni ochilishida yordam berganini, chin ko'ngildan pushaymon ekanini ta'kidlamoqda, sudya esa advokatning talabini rad etdi, chunki...

 faqat ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslargina javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.

500

DFX xizmatchisi xizmat safariga yuborilgansa safari davomiyligi qancha bo'ladi?

 davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi.

500

Agar xizmat ixtirosi yaratishda muallif va ish beruvchining hissasini o'lchash mumkin bo'lmasa, muallif qanday haq oladi?

Agar xizmat ixtirosi yaratishda muallif va ish beruvchining hissasini solishtirish mumkin bo'lmasa, muallif ish beruvchi olgan yoki olishi kerak bo'lgan foyda yarmiga haq olish huquqiga ega bo'ladi.

500

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qanday qilib bir vaqtning o'zida davlat hokimiyatini cheklaydi va uni demokratik huquqiy davlatda qonuniylashtiradi?

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi deklaratsiya shaxsning huquqlari va qadr-qimmatining ustuvorligi orqali hokimiyatni cheklaydi va uni xalq suvereniteti va davlatning jamiyat oldidagi mas'uliyatini tan olish orqali qonuniylashtiradi.

500

Shartnomani talqin qilish maqsadida uning «konteksti»ga nimalar kiradi?

 Shartnoma matni, uning ilovalari, shartnoma tuzilayotgan vaqtda u bilan bog‘liq holda erishilgan har qanday kelishuv va hujjatlar.

M
e
n
u