демография сўзи маъноси
демос - аҳоли, графия - ёзмоқ
аҳоли тўғрисида бирламчи маълумотлар бу -
demografik jarayonlar haqida to'plangan dastlabki statistik ma‘lumotlar, jadvallar va maxsus ko'rsatkichlar
aholi to'g'risidagi Ikkilamchi ma‘lumotlar
bu birlamchi ma‘lumotlar asosida olib borilgan ilmiy tahlil va hisob-kitoblar
aholini doimiy joriy royxatga olib borish qaysi tashkilot tomonidan olib boriladi?
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan bajariladi
aholini yalpi hisobga olish har necha yilda amalga oshiriladi?
har 10 yilda
Doimiy aholi bu
ma‘lum aholi maskani yoki hududda ushbu vaqtda doimiy yashovchi asosiy aholini ifodalovchi insonlar yigindisidir.
Mavjud (nalichnoe) aholi bu
aholi ro`yxati, ya‘ni aholini hisobga olish davrida ushbu aholi maskani yoki hududida bo`lgan barcha insonlar yig`indisidir. Mavjud aholida uning faqat jismoniy mavjudligi emas, balki shu hududda (ishda, mehmonda, o`qishda) bo`lgan aholi ham kiritiladi
Yuridik aholi bu
ushbu aholi maskanida maxsus ro`yxatdan o`tgan kishilar yig`indisidir. Yuridik aholini ifodalovchi asosiy mezon uning shu hududda yashashini ifodalofchi, ma‘muriy qayd etilgan xujjatdir
Aholi ro`yxati -
ma’lum davrda, ma’lum davlat yoki hududning har bir aholisi bo`yicha ijtimoiy-iqtisodiy va demografik ma’lumotlar to`plashdir
Aholi bu
ma‘lum hududda yashaydigan kishilar guruhi
Demografik jarayonlar bu
jarayonlar-insonlarning hayotida ularning avlodlarini almashuvi bilan bog`liq bo`lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – demografik jarayonlarga tug`ilish, o`lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor etilishi yoki tugatilishi) kiradi.
Демографик таҳлил бу -
ҳудудда демографик жараёнларнинг таҳлили тушунилади. Бунда аҳолининг туғилиш, ўлим, табиий ўсиши, жинс-ёш таркиби, оилалар ва уларнинг таркиби, аҳолининг механик ҳаракати жараёнларининг таҳлили тушунилади.
Aholining mutloq ko`payishi
o`rganilayotgan davr boshidagi aholi soni bilan o`rganilayotgan davr oxiridagi aholi soni farqi
Aholining davriy o'sishi koeffitsientlari:
o'rganilayotgan davrning boshidagi aholi soniga nisbatan, o'rganilayotgan davrning oxiridagi aholi sonini necha foiz oshganini aniqlovchi koeffitsient
Tug'ilishning umumiy koeffitsienti
har 1000 aholiga nisbatan tug'ilgan bolalar sonini ifodalaydi
Tug'ilishning maxsus koeffitsientlari
Tug'ilishning maxsus koeffitsientida har 1000 ta 15-49 yoshdagi ayollarga nisbatan tugilgan bolalar soni aniqlanadi
аҳолининг ўлим коэффициенти
ҳар минг кишига тўғри келувчи ўлимлар сони
аҳоли миграцияси бу-
kishilarning o'z doimiy yashash joylarini doimiy yoki uzoqroq muddatga ma‘muriy chegarani kesib o'tgan holda o'zgartirishidir
Ichki migratsiya -
biror bir mamlakat, viloyat yoki ma‘muriy hududiy birlik ichida aholining bir joydan ikkinchi bir joyga ko'chishidir
Tashqi migratsiya
aholining mamlakat tashqarisiga, jumladan, qo'shni mamlakatlar yoki chet elga ko'chib kyetishi yoki u yerdan ko'chib kelishidir
Qonuniy migratsiya - bu
kishilarning mavjud qonunchilikni chetlab o'tmagan holda, davlat organlari tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan va tegishli ruxsatnomalari bo'lgan holdagi ko'chishlaridir
Noqonuniy migratsiya
kishilarning mavjud qonunchilikni chetlab o'tgan va davlat organlari tomonidan ro'yxatga olinmagan holdagi hamda zaruriy xujjat va ruxsat bo'lmagan holdagi ko'chishidir
Демографик сиёсат бу
Давлат органлари ва ижтимоий институтларнинг аҳолининг такрор тикланиш жараёнини тартибга солишнинг аниқ мақсадга қаратилган фаолиятидир
Давлат демографик сиёсати усуллари -
маъмурий усуллар, иқтисодий усуллар, тарбиявий усуллар
туғилишни тартибга солиш усуллари
рағбатлантириш, чеклаш, аралашмаслик