Psixologik maslahat ishlari bu ...
Psixolog o'quvchilar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha o'qituvchi , murabbiy ota -onalar , ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga maslahat berishiga aytiladi
Psixologning asosiy ishlaridan biri nima?
O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish
Nechanchi yil oliy ta'lim muassasalarida psixolog faoliyati tashkil etildi?
2017-yil
Psixologik xizmatning asosiy ta'lim yo'nalishlari nechta?
5 ta
Tibbiyot sohasida ish olib boradigan psixologlar asosiy diqqat-e'tiborini nimaga qaratadilar?
Bemorlarni o'rganish va tibbiyot muassasasi xodimlari ham ularning bemorlar bilan munosabatiga
Tibbiyot psixologiyasiga bag'ishlangan dastlabki darslik kim tomonidan yaratilgan?
Ernst Krechmer
Qaysi olimning tavsiyasi bilan tibbiyot psixologiyasi Yevropada fan sifatida o'qitila boshladi?
Ernst Krechmer
Klinik psixologiyada ish olib boruvchi psixolog qanday ishlar bilan shug'ullanadi?
Bevosita bemorlar bilan ishlaydi, kasallik klinikasini o'rganadi, shifokor kabi bemorlarni davolaydi
Ayrim davlatlarda " Tibbiyot psixologiyasi" fani nima deb ataladi?
Klinikpsixologiya
Klinik psixologiya nima?
Keng tarmoqli mutaxassislik bo'lib, sog'liqni saqlash, xalq maorifi va aholiga ijtimoiy yordam ko'rsatish tizimidagi kompleks vazifalarni hal qilishda qatnashadi
Klinik psixologiyaning obyekti nima?
Adaptatsiya va o'z-o'zini namoyon qilishdagi qiyinchiliklari bor inson
Klinik psixologiyaning predmeti nima?
Psixik jarayon va holatlar, individual va shaxslararo munosabat xususiyatlari , inson faoliyatining turli sohalarida namoyon bo'luvchi ijtimoiy-psixologik fenomenlar
Klinik psixologlar faoliyat yurituvchi maxsus xizmatlar qaysilar?
-Aholiga psixiatriya yordami ko'rsatish tizimidagi psixologik xizmat
-Nevrologiya hamda neyroxirurgiya sohasida neyropsixologik xizmat
-Somatik klinikalar : jarrohlik, terapevtik, ginekologik klinikalarda psixologik xizmat
Klinik psixolog faoliyatining asosiy yo'nalishlari qaysilar?
Diagnostik , ekspert, konsultativ, profilaktik, korrektsion, reabiliatsion, ilmiy tadqiqotchilik
Diagnostika nima?
Klinik psixologlar asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri
Klinik psixologik diagnostika turlari nechta?
8 ta
Klinik psixologlar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalardan biri qaysi?
Ekspertlik
Shaxs diagnostikasi yana qanday nom bilan ham ataladi?
Tipologik
Funksional diagnostika qanday maqsadlarda qo'llaniladi?
Psixik holatlar, tarapevtik samaradorlikni baholashda qo'llaniladi
Bolalar va o'smirlarni anomal rivojlanishida qanday diagnostikadan foydalaniladi?
Psixik va aqliy rivojlanish diagnostikasi
Psixologik-pedagogik ekspertizaning maqsadi nima?
Bola taraqqiyotini prognoz qilish hamda ta'lim va psixikani korreksiya qilish shakllarini tavsiya etish
Tibbiy-mehnat ekspertizasining vazifasi nima?
Psixik faoliyatning buzilishlari va saqlanganligini hisobga olish, psixologik xususiyatlarning u yoki bu kasbning psixologik talablari va professiogrammaga mosligini aniqlash
Harbiy-tibbiy ekspertizaning vazifasi nima?
Harbiy xizmatga yaroqlilik , qo'shin turini tanlash
Klinik psixologlar reabilitatsiya yo'nalishida amalga oshiradigan amaliy vazifalari nechta?
8 ta
Psixologik korreksiya maqsadlarida o'tkaziladigan diagnostika qanday vazifalarni bajaradi?
Xavf psixologik omillarni aniqlaydi va psixologik taassurotlar samarasini baholaydi