4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering
22:2-2
Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.
Makkajo’xori
Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?
Chuqur
Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Meri
Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
Tish
Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
Ular aslida uch kishi: bola, ota va bobo edi.
Tuyaqush o’zini qush deb atay oladimi?
Yo’q, chunki u gapira olmaydi.
Mahmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Mahmudning nechta qo’yi qoldi?
9 ta
Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?
Qaynatilgan tuxum
Shimoldan janubga qarab elektropoyezd ketmoqda, shamol janubdan shimolga qarab esmoqda. Savol tutun qaysi tarafga qarab ketadi?
Elektropoyezdda tutun bo’lmaydi
. Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?
12 soni rim raqamida XII bo’lganda yarmi VII bo’ladi.
Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
11 marta
Choyga shaker solib qaysi qo’l bilan aralashtirgan ma’qul?
Qo’l bilan emas, choyqoshiq bilan aralashtirgan ma’qul
. U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi
Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?
O har
4 ta 4 sonidan turli matematik (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) amallarini bajarib 20 sonini chiqaring.
((4:4)+4)*4
Kim o’tirgan holda yuradi?
Shaxmatchi
. Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
Futbol hakamlari
Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi
Filning bolasi
Qo’llarda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo’lda nechta barmoq bor?
50 ta