Moliyaviy risk nima?
Moliyaviy risk — bu investitsiyalarning kutilgan foydasini bermaslik ehtimoli.
O'zbekistonda bank ustav kapitali qancha?
300 mlrd so'm
Investitsiya nima?
bu kelajakda foyda olish maqsadida mablag' yoki resurslarni sarflash jarayoni.
Kriptovalyuta nima?
Kriptovalyuta — bu raqamli yoki virtual valyuta bo'lib, u kriptografiya yordamida himoyalangan.
O'zgaruvchan xarajatlar va doimiy xarajatlar o'rtasidagi farq nima?
O'zgaruvchan xarajatlar — ishlab chiqarish hajmiga bog'liq xarajatlar; doimiy xarajatlar esa ishlab chiqarish hajmidan qat'i nazar, doimiy ravishda yuzaga keladigan xarajatlar.
Bozor riski nima?
Bozor riski — bu aktivlarning qiymati bozor sharoitlari o'zgarishi natijasida pasayishi.
hozirgi kundagi davlatimizning tashqi qarzi qancha?
37 mlrd $
Diversifikatsiya nima va nima uchun muhim?
Diversifikatsiya — bu turli xil aktivlarga sarmoya kiritish strategiyasi bo'lib, bu moliyaviy risklarni kamaytiradi.
Fintech nima?
Fintech — bu moliyaviy xizmatlar va texnologiyalarni birlashtiruvchi soha, masalan, mobil to'lovlar, kriptovalyutalar va onlayn bank xizmatlari.
Kapitalga kirish uchun qanday moliyaviy manbalar mavjud?
Bank kreditlari, investorlar, obligatsiyalar, va shaxsiy mablag'lar.
Likvidlik riski nima va u qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Likvidlik riski — bu aktivlarni kerakli vaqtda bozorda sotish imkoniyatining yo'qligi. Bu, aktivlar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Davalt byudjetiga eng ko'p miqdorda soliq to'lovchi eng katta xususiy moliyaviy tashkilot qaysi (2023- yil hisobidan)
Kapital bank
Riskni boshqarish uchun qanday vositalar mavjud?
Riskni boshqarish vositalari — diversifikatsiya, hedjing, sug'urta va moliyaviy derivativlar.
Zamonaviy moliya vositalari qaysilar?
Zamonaviy moliya vositalari — bu onlayn banklar, robo-sarflovchilar, fintech platformalar, va raqamli aktivlar
Moliyaviy qarorlar qaysi asosiy omillarga bog'liq?
Moliyaviy maqsadlar, risk toleransi, bozor sharoitlari va mablag'larning mavjudligi.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyalari nimalardan iborat?
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyalari: riskni minimallashtirish, riskni qabul qilish, riskni uzatish (masalan, sug'urta) va riskni diversifikatsiya qilish.
2023- yilda O'zbekistonda eng kop foyda ko'ragan 4 ta banklar qaysilar?
1.NBU
2.Kapital bank
3.Hamkor bank
4.SQB
Foyda va kapital oshishining farqi nima?
Foyda — bu investitsiyadan olingan pul oqimlari; kapital oshishi esa — investitsiya qiymatining oshishini anglatadi.
Zamonaviy moliyaviy muammolar qaysilar?
Zamonaviy moliyaviy muammolar — iqtisodiy tengsizlik, ma'lumotlarni himoya qilish, va kiberxavfsizlik masalalari.
Katta loyihalarni moliyalashtirishda qanday qarorlar qabul qilish kerak?
Loyiha rentabelligi, investitsiya ehtiyojlari, risk tahlili va moliyaviy resurslar mavjudligini hisobga olish.
Riskni baholash uchun qanday moliyaviy ko'rsatkichlar ishlatiladi?
Riskni baholashda ishlatiladigan ko'rsatkichlar: Sharpe koeffitsienti, Beta koeffitsienti, VaR (Value at Risk) va CVaR (Conditional Value at Risk).
2023-yil holatiga ko'ra, tashqi qarzi eng ko'p bo'lgan uchta davlat:
1.AQSH
2.Yaponiya
3.Xitoy
Investitsiyaning oltin qoidasi nima?
Risk qanchalik past bo‘lsa, daromad ham shunchalik past bo‘ladi.
Risk qanchalik yuqori bo‘lsa, daromad ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Fintech va an'anaviy banklar o'rtasidagi farqlar nimalardan iborat?
Fintech — bu innovatsion va raqamli yechimlarga e'tibor qaratadi, an'anaviy banklar esa ko'proq klassik xizmatlarga asoslanadi, shuningdek, xizmat ko'rsatish jarayonlari va xarajatlar jihatidan farq qiladi.
NPV (Net Present Value) va IRR (Internal Rate of Return) nima?
NPV — kelajakdagi naqd oqimlarning hozirgi qiymati; IRR — investitsiya rentabelligini ko'rsatadigan foiz stavkasi.