Sulton Jaloliddin
Xorazmshohlar davlatini tiklash
Chig'atoy ulusi
Chig'atoyxon
100

Jaloliddin qaysi qal'ani qamal qilayotgan Mog'ul qo'shinlariga hujum qilib, ularni tor-mor etdi?

Valiyon

100

Jaloliddin Manguberdining qaysi 2 lashkarboshisi Eltutmish tomoniga o'tdi?

Yazidak pahlavon va Sunqurjiq

100

Ulus so'zining ma'nosi va kelibchiqishi

Ulus (“davlat”, “xalq”) – Chingizxon tuzgan ilk mo‘g‘ul davlatining nomi. Keyinchalik

Chingizxon bosib olingan hududlardan farzandlariga bo‘lib bergan mulklar (masalan, Jo‘chi

ulusi, Chig‘atoy ulusi va boshqalar) “ulus” deb yuritiladigan bo‘ldi.

100

Chig'atoyxonning yozgi va qishki qarorgohlari qayerda?

Chig‘atoy Olmaliq yaqinida Qutlug‘ qishlog‘iga asos soldi. Bu qishloq uning yozgi qarorgohi,Ili vodiysidagi qarorgoh esa qishki qarorgohi bo‘ldi.

200

Hozirgi paytda Jaloliddin askarlari bilan sakragan qirg'oqlari nima deb ataladi?

"Ot sakrash" va "Cho'li Jaloliy"

200

Sulton Jaloliddin Chingizxonga ittifoq tuzish yo'lida nimalardan(2ta sabab) mamnun bo'ladi?

Qudratli davlat tiklayotganiga.
Tabariston,Damashq,Misr u bilan yaxshi munosabatlar o'rnatganidan mamnun edi

200

Chig'atoy ulusi poytaxtlari avval va keyin?

Olmaliq va Qarshi

200

1246-yil Qurultoyda O'qtoyning to'ng'ich o'g'li kim "ulug' xon" deb e'lon qilindi? 

Guyuk

300

Jaloliddin bilan Sind daryosiga sakragan ot tarixini aytib bering.

U 1221-yildan boshlab otini 5 yil minmasdan,e'zozlab o'zi bilan olib yuradi. Gruziyaning poytaxti Tbilisining egallanishi jarayonida ot o'ladi

300

Jaloliddin Manguberdi Hindistonda muqim o'rnatish,ittifoqchilar topish mushkil ekanligini anglab ....-yili noiblarini tayinlab qayerga yo'l oldi?

1224-yili,Iroqqa

300

Nechanchi yilda Chingizxon katta o'g'il qo'l ostiga Selenga daryosidan Irtishgacha bo'lgan yerlarni mulk qilib berdi?

1207-yil

300

Nima uchun Chig'atoy Movarounnahr boshqaruvini Mahmud Yalavochga topshirmadi?

Chig‘atoy o‘ziga tegishli ulusdagi Movarounnahr boshqaruvini avval Mahmud Yalavochga,1238-yili Mahmud Yalavoch O‘qtoy tomonidan Pekin gubernatori (1254-yilgacha) etib tayinlangach, uning o‘g‘li Mas’udbekka (1238–1289) topshirgan

400

Nima uchun Sayfiddin Ig'roq o'z do'stlari bilan Jaloliddin qo'shinini tark etadi?

Amin Malik va Sayfiddin Ig'roq  arabi ot ustida urushib qoladi. Amin Malik jaxli chiqib Sayfiddin Ig'roqqa tarsaki tushiradi va Amin Malik bunga jazolanmaydi.Bu nomusga chiday olmay, u yaqin lashkarboshlari bilan qo'shinni tark etadi.

400

Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish Xorazmshohga qanday mazmunda maktub yo‘lladi?

: “Sening ortingda islomning dushmani turgani sir emas. Sen butun musulmonlarning sultonisan. Men bunday paytda senga qarshi bo‘lishni istamayman. Taqdir qo‘lida senga qarshi qurol bo‘lishni xohlamayman. Men kabiodam seningdek insonga qarshi qilich ko‘tarishi kechirilmas holdir!”

400

Xoqon va xon so'zlarining ishlatilish farqi....

Chingizxon avlodlarida Mo‘g‘uliston taxtiga o‘tirgan oliy hukmdor “xoqon”, uluslarda hukmronlik qilgan xonzodalar esa “xon” unvoni bilan yuritilgan.

400

Olg'uxon vafotidan so'nngi natijalari?

Natijada Xubilayxon boy hudud sanalgan Movarounnahr hududlari ustidan siyosiy nazorat oʻrnatishga harakat qildi va o‘ziga xayrixoh bo‘lgan xonzodalarni (Muborakshoh va Baroqxon) Chigʻatoy ulusiga yubordi.

500

Sayfiddin Ig'roq kimlarning yo'lboshchisi bo'lgan?

Turkmanlarning

500

Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonda davlat barpo qilib,nimalar joriy qildi?

Sulton o‘z ahvolini yaxshilab oldi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi. Sulton o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb ettirib, soliqlar joriy qildi

500

Chingizxon barcha o'g'illariga bo'lib berilgan uluslarni ayting.(500 emas 750 bal beriladi)

Janubiy Sibirdan Xorazm va Darbandgacha bo‘lgan yerlar Jo‘chiga, Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo‘lgan yerlar, ya’ni Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Movarounnahr, hozirgi Afg‘onistonning katta qismi ikkinchi o‘g‘il Chig‘atoyga,Xitoy va Mo‘g‘uliston voris bo‘lmish uchinchi o‘g‘il O‘qtoyga, Eron va Xuroson Tuluga ulus tarzida bo‘lib berildi.


500

Kebekxonning pul islohatlari haqida ma'lumot bering?

Kebekxon zarb etgan yangi tangalar xalq orasida “kepaki” nomini oladi. Bunga qadar savdo munosabatlarida mahalliy sulola hukmdorlarining pullaridan foydalanilar edi.Chig‘atoy ulusi va qo‘shni davlatlar yagona pul tizimining yo‘qligidan katta zarar ko‘rardi. Bu holat Kebekxonni ma’muriy va pul islohotlarini amalga oshirishga majbur qildi. Kebekxonning ilk tangalari taxminan 1321-yillarda zarb etilgan.

M
e
n
u