Ushbu termin istilohda: Shar'iy dalillardan shar'iy hukmlar chiqarish o'rnida foydalaniladi.
U qaysi termin?
Istinbot
,,Roviyning axloqi va eshituvchining odobi haqida to'plam asari'' muallifi kim?
Hatib-Bag'dodiy
U lug'atda: Xudoga taaluqli
istilohda: Yakka yoki jamoaviy tarzda ibodat, duo va iltijolar qilinadigan joy.
Savol: U nima?
Cherkov
Har bir ixtironing ortida Ehtiyoj yotadi
G'arb nimaning natijasida va Sharq nimaning natijasida renessansni qo'lga kiritishdi?
G'arb dindan voz kechib,
Sharq esa dinga yuzlanib.
Futbol o'yinida eng ko'p yuguradigan kishi kim?
Hakam
Agarda mus'hafning betlari sochilib ketsa, navbatdagi betning avvalgi so'zi yozilgan bo'lib, sahifalarning ketma-ketligini saqlashga xizmat qiladi.
U termin qanday nomlanadi?
Poygir
Hadis ilmi necha yo'nalishda rivojlangan va ularni sanab bering?
7yo'nalishda
1.Jarh va ta'dil
2.Ilm-ur rijol
3.Ilm-ul muxtalif hadis
4.Ilm-ul ilal hadis
5.Ilm-ul g'arib hadis
6.Ilm-ul nosih va mansuh
7.Ilm-ul asbob-ul vurud hadis
Islom tarixidagi ilk masjid Payg'ambarimiz s.a.v tomonlaridan nechanchi yil, qaysi shaharda barpo etildi va uning nomi qanday?
622-yil
Madina shahrida
Masjid ul-Qubo
U hukmdor 9yoshida qori, 14 yoshida podshoh, 19yoshida 7ta tilda so'zlashuvchi, 21yoshida Nabiy a.s ning bashoratlari sohibiga aylangan.
Diqqat savol u kim?
21yoshida Istambulni fath etgan hukmdor sulton Mehmet Fotih
Madrasalar eshiklari nega inson bo'yidan past va derazalari nega inson bo'yidan yuqorida qilib qurilgan?
Madrasa eshiklari inson bo'yidan past, negaki u tahsil oluvchilarni tavoze'likka o'rgatadi.
Derazalari inson bo'yidan yuqorida, negaki u tahsil oluvchilarni nojoiz narsalarga ko'zi tushmasligi va diqqati chalg'imasligi uchundir.
Arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrni ayting?
VIII asrning oxirgi choragi
Qanday hadislar sunnat hisoblanmaydi?
1.Mansuh hadislar
2.Payg'ambarimiz s.a.v muayyan foydani ko'zlab aytgan hadislari
3.Payg'ambarimiz s.a.v ning o'zlari uchungina xos bo'lgan amallar
Iso a.s.ning xochga mixlashdan oldingi kechada havoriylar bilan birga tanavvul qilgan eng oxirgi kechki ovqat xotirasiga bag'ishlangan sirli marosimi qanday nomlanadi?
Yevxaristiya
Nechanchi asrda injil lotin tiliga tarjima qilindi?
IV asrda
Nega professional snayperlar (mohir merganlar) tepkidan o'q otish chog'ida og'izlarini ochib oladilar?
Negaki avtomatning kuchli ovozi Snayperning qulog'idan kirib, og'zidan chiqib ketadi.
Mobodo snayper og'zini ochmasa, 1haftagacha qulog'ida o'q ovozi qolib ketishi mumkin.
Tafsir ilmi necha qismga bo'linadi
2 qismga
1)At-tafsir bil-ma'sur
2)At-tafsir bir-roy
Hadislarning isnodiga ko'ra turlari nechaga bo'linadi?
Hadislarning roviylariga ko'ra turlari nechaga bo'linadi?
Hadislar necha uslubda qabul qilinadi?
Hadislar tarkib jihatidan necha turga bo'linadi?
2ga Mutavotir va Ohod
4ga Sahih, hasan, zaif, mavzu
2usulda An'anaviy va Tahdis
2ga Sanad va matn
Tavrot o'qiladigan minbar qanday termin bilan nomlaniladi?
Bima
Xristianlikning qaysi mazhabida bir turmushlilik shart qilingan? Ajrim va qayta turmush qurish ta'qiqlanadi. Jumladan turmush o'rtog'i vafot etgan (beva) bo'lsa ham.
Katolik
O'zbekistonningning eng katta viloyati qayerlar bilan chegaradosh?
(Eslatib o'tamiz Qoraqalpog'iston avtonom Respublika)
Navoiy viloyati 110.200 kv km
1.Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasi
2.Buxoro viloyati
3.Samarqand viloyati
4.Qashqadaryo viloyati
5.Jizzax viloyati
6.Qozog'iston Respublikasi
Qur'on matnlarining takomillashish bosqichlari haqida gapiring. (Shaxslar haqida gapirish yoddan ko'tarilmasin)
1) E'rob belgilarining qo'yilishi (Abul Asvad Duvaliy)
2)E'jom (Yahyo ibn Ya'mur va Nasr ibn Osim)
3)E'rob va e'jomlarning takomillashtirilishi (Halil Ahmad Farohidiy)
Hadisning ma'no mazmuniga ko'ra turlari nechta va ularni sanab bering.
6ta
1.Qovliy
2.Fe'liy
3.Taqririy
4.Halqiy
5.Xulqiy
6.Sitra
Musulmonlarda Mehrob
Yahudiylarda Aron Kadesh
Xristianlarda ..........
Altar
Ushbu hadisni to'g'ri o'qib, o'zbek tiliga tarjima qiling.
لا طاعة لمخلوق في معصية الخالق
Xoliq (Olloh)ga ma'siyatda maxluq (bandalar)ga itoat qilinmaydi
Nima deb o'ylaysiz Turkiy davlatlar birlashsa dunyo qiyofasi qay darajada o'zgargan bo'lardi?
Bunday birlashma Rossiya, Xitoy va G‘arb davlatlari bilan raqobatda mustaqil kuch markazi bo‘lish ehtimolini beradi.
Ularning iqtisodiy integratsiyasi yagona bozor yaratib, jahon savdosida yangi o‘yinchi sifatida paydo bo‘lishga yo'l ochadi.
Turkiy davlatlarning birlashuvi boshqa geosiyosiy bloklar (masalan, Yevropa Ittifoqi, SHHT yoki ASEAN)ga muvozanat hosil qilishda ta’sir qiladi.
(Man birlashish tarafdoriman) Bonus 500