O‘zbek adabiyotida sayohatnoma janriga kim asos solgan?
Muqimiy
Muqimiyning to‘liq ism-sharifi nima?
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy
Qolmay shaharda toqatim... Davom ettiring
Qishloq chiqardim odatim
"Saylov" kimning asari?
Muqimiy
Xo‘ja Iso badkor qaysi asar qahramoni?
"Sayohatnoma"
Muqimiyning zamondosh va madlakdoshlari kimlar?
Furqat, Zavqiy
Badkor so‘zining lug‘aviy ma'nosi nima?
Qilmishi yomon
Muqimiy "Sayohatnoma" asaridan "firdavs bog‘idan nishon" deb qaysi qishloqni aytadi?
Roshidon
"Muqim" so‘zining ma'nosi nima?
Bir yerda muqim turuvchi
Muqimiy qayerning madrasalarida tahsil oldi?
Qo‘qon va Buxoro
Shoirning ma'naviy kamolotida qaysi shahar muhim ahamiyat kasb etdi?
Buxoro
Muqimiy qaysi yo‘nalishlarda o‘ziga xos ijod namunalarini yaratdi?
Satira va yumor
Muqimiy qanday kasblar bilan shug‘ullangan?
Mirzalik va pattachilik
Muqimiy necha yoshida birinchi she'rini yozdi?
10 yoshida
Muqimiy o‘zbek mumtoz adabiyotining qaysi janrlarida ijod qilgan?
G‘azal, murabba, muxammas
"Saylov" she'rida muallif qaysi mansablarga saylash tizimini nazarda tutgan?
Ellikboshi, yuzboshi, mingboshi
Muqimiy saylovni qaysi kasallikka o‘xshatadi?
Vabo
O‘z asarlarida Muqimiy ko‘proq nimadan shikoyat qiladi?
Mustamlaka siyosati va mahalliy amaldorlar zulmidan
Qaysi qishloqning "dashti qaroqchizor ekan"?
Do‘rmancha
Muqimiy qaysi qishloqda "sellarda qoldi"?
Oltiariq
Satira janrida yana qaysi ijodkorlar ijod qilishgan?
Turdi Farog‘iy, Maxmur, Gulxaniy, Zavqiy
Satirik asarlarda qaysi usul yetakchilik qiladi?
Kinoya
O‘zbek adabiyotida satiraning ilk namunalari qanday paydo bo‘lgan?
Xalq og‘zaki ijodining Nasriddin afandi latifalarida
"Sayding qo‘yaber sayyod" kimning she'ri
Furqat
"Ochinglar, millati vayronni obod etgusi maktab" she'ri kimning qalamiga mansub?
Avaz O‘tar