Tovar belgisi nima?
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilar
Tovar belgisining ustuvorligi qachondan boshlab o‘rnatiladi?
tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanadan
Tovar belgisining muhofaza muddati?
10 yil
Talabnomaning davlat ekspertizasi qanday bosqichlardan iborat?
rasmiy ekspertiza
talabnomada ifodalangan belgini ekspertizasi
Madagaskar multfilmi qahramonlari o‘z sarguzashtlari davomida qaysi qit’alarda bo‘lishgan?
Shimoliy Amerika, Afrika, Yevroosiyo, Antarktida
Davlat ekspertizasini o‘tkazuvchi muassasaning nomi?
Intellektual mulk markazi
Davlat ekspertizasi natijasi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga shikoyat qilish muddati?
qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida
Tovar belgisi uchun ogohlantiruvchi tamg'a qanday ko'rinishda bo'ladi?
aylana ichiga olingan “R” harfi
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani rasmiy ekspertizadan o‘tkazish muddatlari
talabnoma Vazirlikka berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddat ichida
Tovar belgisi guvohnomasi __________larni tasdiqlaydi
roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini,
tovar belgisining ustuvorligini
tovar egasining guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqini
Madagaskar multfilmidagi ikki begemotning ismini ayting?
Gloria va Moto-moto
Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish muddatlari
talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran yetti oy ichida biroq kamida olti oydan keyin
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi___________ asosida tugatiladi
Apellyatsiya kengashining yoki sud qarori asosida
Shrek multfilmidagi eshshakning ismi nima edi?
Eshshak
Kontrafakt nima?
Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanish
Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarda qanday huquq mavjud?
tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida oʻz tovar belgisidan ham foydalanishi
Tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilarga 6 ta misol keltiring.
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari;
3) rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar;
4) davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
5) farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar;
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar;
7) umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish shartlari?
Tovar belgisi egasining harakatlari belgilangan tartibda insofsiz raqobat fakti deb topilgan taqdirda,
Qonun 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa
besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonun 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa
Yuridik shaxs qo‘shib yuborilganda, bo‘linganda, boshqa yuridik shaxsga qo‘shib olinganda tovar belgisining o‘tishi?
yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda tovar belgilari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi
boʻlinganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga oʻtadigan, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi
Tovar belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda tovar belgisiga doir huquq qoʻshib olgan yuridik shaxsga
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini muddatidan oldin tugatish shartlari?
uch yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda
jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv buzilgan taqdirda