A
B
C
100

Xorijiylar qaysi sahobalarni kufrda ayblashgan?

Usmon, Ali, Muoviya I, Amr ibn Os, Abu Muso (r.a.)

100

G'uluv nima degani?


G‘uluv (arab. – ruxsat berilgan chegaradan chiqish) – islom taʼlimotiga ko‘ra, din taʼlimotini talqin qilishda haddan oshishni anglatadi. 

100

Hijrat nima?


Hijrat (arab. — ajrash) — islom ta’limotida, musulmonlarning Habashistonga, keyinchalik Muhammad (s.a.v.) boshchiligida Makkani tark etib, Madinaga borganliklari nazarda tutiladi.

200

Takfir so'zining ma'nosi nima?

arabcha – inkor qilish, yopish, kofirga chiqarish – islom taʼlimotiga ko‘ra, din va Allohni tan olmaslikda, dindan chiqishda, kofirlikda ayblash maʼnolarida ishlatiladi.

200

Tanattu nima degani?

ishda va gapda chuqur ketish

200

G‘uluvga ketgan oqimlarning salbiy xususiyatlari sifatida nimalar qayd etiladi?

Qur’onni ko‘p tilovat qiladilar, biroq bo'g'izlaridan nari o‘tmaydi;

Dindan xuddi o‘q kamondan chiqqanday chiqadilar;

Musulmon yo‘lboshchilar, ulamo va fuzalolarga nisbatan behurmat bo‘ladilar va o‘zlarining yolg‘on da’volari bilan ularning obro‘sini to‘kishga harakat qiladilar;

Ahli Islomni qatl qiladilar va ahli butlarni tark etadilar;

Gapni go‘zal gapiradilar, amalni yolg‘on qiladilar;

Qur’onga da’vat qiladilar, holbuki o‘zlarida undan hech narsa yo‘q.

300

Ekstremizm tarafdorlari “takfir”ni qo‘llashdan maqsadlari nima?

Islom ahkomlarini ko‘r-ko‘rona buzgan holda o‘zlariga ergashmagan musulmonlarni va dunyoviy hokimiyatga nisbatan “kofir” deb asossiz hukm chiqarish orqali o‘zlari muxolif sanagan odamlarning joni va moliga tajovuz qilishni, jamiyat va davlatga qarshi fitna qilishni shariat jihatidan “halol” qilib olishga, qotillik va bosqinchilik faoliyatini oqlab olishga harakat qilish.

300

Islomda dinda haddan oshishni anglatuvchi so‘z va istilohlarni ayting

“totarruf” (bir taraflama bo‘lish), “tanattu’” (ishda va gapda chuqur ketish), “tashaddud” (shiddatlatish), “‘unf” (ko‘pchilik qilish, kuch ishlatish)

300

Xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishi bu-?

Diniy bag‘rikenglik, tolerantlik

400

Musulmonlarni dinsizlikda ayblash mumkin emasligi haqida Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisni ayting

“Rasululloh (s.a.v.): “Biror kishi o‘z birodariga: “Ey kofir!”, — desa, bu so‘z ikkalasidan biriga tegishli bo‘ladi”, dedilar (ya’ni, agar kofirlikda ayblovchi haq bo‘lsa, ayblanuvchi kofirligiga qoladi. Basharti haq bo‘lmasa, u holda o‘zi kofir bo‘ladi)”, deb ta’kidlangan (Imom Buxoriy, 6103-hadis).

400

Qur’oni karimning qaysi suralarida islomga nisbatan qarshi turgan makkaliklar tomonidan musulmonlarni e’tiqodlaridan voz kechirish maqsadida zo‘rliklar ishlatilgani bayon qilinib, dinlari va hayotlarini saqlash maqsadida tinch va osoyishta joyga ko‘chish buyurilgani ta’kidlanadi?

“Niso” (97 va 100-oyatlar), 

“Anfol” (74-oyat), “Nahl” (41 va 110-oyatlar)


400

Destruktiv mazmundagi diniy-g‘oyaviy qarashlarni tarqatishning muhim kanallarini ayting 

Og‘zaki (jamoaviy) ma’ruzalar

Diniy madrasalar

Diniy adabiyotlar

Ijtimoiy tarmoqlar

Videroliklar

Onlayn-forumlar va chatlar

saytlar, kanallar va boshqa ko‘rinishdagi media-resurslar

Sputnikli televidenie

Mobil ilovalar

500

Dunyo ulamolarining xulosalariga ko‘ra, islomda qurolli jihod necha qismdan iborat ?

ikki qism: talab va mudofaa

500

Hozirgi kunda jihodning qaysi qismi yo‘q ekaniga ulamolar ijmo qilganlar?

Talab jihodi

500

Takfir hodisasining ilk ildizlari kimlarning faoliyatiga borib taqaladi?

Ali (r.a.) davrida unga qarshi isyon ko‘targan xorijiylar faoliyatiga borib taqaladi.

M
e
n
u