Mo'taziliya ta'limot vakillarining aqidaviy qarashlariga qarshi shakllangan ilm qanday nomlangan?
Kalom
Kalom so'zining lug'aviy ma'nosi
arab tilidan olingan bo'lib, "ravon", "nutq", "jumla", "gap", "so'z" ma'nolarini anglatadi
Mo'taziliya firqasining ajralib chiqishiga sabab
Shayx Hasan Basriy huzuriga "gunohi kabira" masalasida bahs natijasida vujudga kelgan.
Mo'taziliya firqasi qaysi umaviy xalifa davrida vujudga kelgan?
Hishom ibn Abdulmalik
Mo'taziliya yo'nalishi nechanchi asrda va qayerlarda shakllandi?
Bag'dod va Basrada VIII-IX asrlarda
Hasan Basriyning davrasidan ajralib chiqqan ikki shogirdi kimlar edi?
Vosil ibn Ato, Amr ibn Ubayd
Mo'taziliyaning ikki maktabi boshida kimlar turgan?
Bag'dod maktabi qoshida Bishr ibn Mo'tamar,
Basra maktabi qoshida Vosil ibn Ato
Qaysi xalifa davrida Mo'taziliya ta'limoti davlat dini deb e'lon qilindi va qaysi xalifalar davrida ular abbosiylarning suyukli peshvolariga aylandilar?
Xalifa Ma'mun davrida Mo'taziliya ta'limoti davlat dini deb e'lon qilindi. Mo'tasim va Vosiq davrida abbosiylarning suyukli peshvolariga aylandilar.
Xalifa Ma'munning yoshlikdan ta'lim olgan mo'taziliylarning obro'li olimi kim edi?
Abu Huzayl Allof
Xalifa Ma'mun davrida tashkil etilgan maxsus jazo muassasasi qaysi?
Al-Mihna
Al-Mihna harakatining bosh g'oyasi nima?
"Qur'on mahluqdir" degan g'oya
Al-Mihna harakatining eng jonkuyar kishisi kim bo'lgan?
Ahmad ibn Abi Duad
Qaysi xalifa davrida mo'taziliya ta'limoti "shakkoklik" deb e'lon qilinadi?
Xalifa Mutavakkil davrida
Mihna fitnasida imomlardan qatag'on qurbonlari bo'lganlar kimlar edi?
Ahmad ibn Hanbal, Muhammad ibn Nuh
Mo'taziliya yo'nalishi hokimiyat masalasida nima deganlar?
Xalifa bo'lishi lozimligini uqtirganlar.
Kim mo'taziliya ta'limotini 5ta tamoyilga bo'lib chiqqan?
Abu Huzayl al-Allof
Abu Huzayl al-Allof o'zining qaysi asarida mo'taziliya ta'limotini 5ta tamoyilga bo'lib chiqqan?
"al-Usul al-hamsa"
Mo'taziliya yo'nalishi aqidasining 5 asosi qaysilar?
1. Al-Adl
2. Tavhid
3. Al-Va'd val vaiyd
4. Manzila baynal manzilatayn
5. Al-Amr bil ma'ruf van nahiy anil munkar
Mo'taziliylar yana qanday nom olganlar?
Qadariylar
Mo'taziliya firqasi Allohning adolati masalasida nima deganlar?
Ilohiy adolat insonning iroda erkinligini taqozo etadi. Alloh faqat yaxshilik ijodkori bo'lib, u umr davomida belgilab qo'ygan narsalar tartibini buzilishiga yo'l qo'ymaydi, ya'ni U faqat yaxshi amallarni yaratgan.
Mo'taziliylar nima uchun Allohning ism va sifatlarini hodis deydilar?
Chunki, ularning fikricha, agar Allohning ism va sifatlarini o'zi bilan abadiy deyilsa, "tavhid" yo'qolib qoladi.
Mo'taziliya ta'limotida paydo bo'lgan oqimlar qaysilar?
Vosiliya, Huzayliya, Johiziya, Hishomiya, Sumomiya, Nazzomiya, Bishriya, Mardoniya, Himoriya
Qaysi firqa fikriga ko'ra maymun va cho'chqalar odam bo'lgan?
Himoriya
Himoriya firqasi qaysi dalilni keltirib, "odam hayvonlarni yarata oladi" deydi?
Bir odam go'shtni issiq joyga ko'msa yoki oftobga qo'ysa, u aynib- achigach, undan qurtlar paydo bo'ladi
Mo'taziliya yo'nalishi avliyolarning karomati haqida n ima deydilar?
Avliyolarning karomati yo'q narsa, chunki ularning karomati payg'ambarlar mo'jizalari bilan bir narsa bo'lib qoladi.