Ushbu viloyat nomi pastlikdagi yer, oziq ovqatli yer degan ma'noni anglatadi.
Xorazm
Ushbu bobokalonimiz 873-yilda tavallud topgan. Bayt-ul hikma ya'ni "Donishmandlik uyi'' ning asosini tashkil etgan. Buyuk astronom va matematik bo'lgan.
Al-Xorazmiy
Ushbu fan nomi yunonchada "tabiat" degan ma'noni anglatadi va tabiiy borliq haqidagi fandir
Fizika
Osiyodagi ushbu poytaxt shahar "Oshiqlar shahri" deb ham yuritiladi. Bir muddat Poltarsk deb ham atalgan.
Ashxobod
Ushbu so'z fransuz tilidan kirib kelgan bo'lib, o'zbek tiliga "O'lik tabiat" deya tarjima qilinadi. Ushbu so'z barchamizga tasviriy san'at fanidan juda tanish
Naturmort
Ushbu viloyat hududi kichikligi bo'yicha O'zbekistonda 2-o'rinda turadi va viloyat nomi bir gidronim nomidan kelib chiqqan.
Sirdaryo
Muhaddislar imomi, muhaddislar sultoni bo'lgan va 810-yilda tug'ilgan alloma
Imom al-Buxoriy
Yer maydonining katta qismi ko'llar va yashil o'rmonlardan iborat bo'lgan davlat
Finlandiya
Osiyodagi ushbu poytaxt shahar nomi "Qizil botir"ni anglatadi. Davlatning eng katta shahri hisoblanadi. 1921-yildan poytaxt shahar nomini olgan.
Ulan-Bator
Ushbu so'z fransuz tilidan "Xyoln suvi" deya tarjima qilinadi. Parfumeriyalarda ushbu so'zga duch kelishingiz aniq.
Adikalon
Aytishlaricha ushbu viloyat nomi tuz koni nomidan olingan, ushbu viloyatda futbolni sevishadi va ko'zga ko'ringan joyi "Afsonalar vodiysi"
Namangan viloyati
980-yilda tavallud topgan va 17 yoshidan darsliklar yoza boshlagan tabib olim
Abu Ali Ibn Sino
Ushbu san'atkor 1946-yil 16-aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan. Zokirovlar oilasi a'zosi sanaladi.
Farrux Zokirov
Osiyodagi ushbu poytaxt shahar "Sharqiy poytaxt" degan ma'noni anglatadi. Dunyodagi eng gavjum shaharlardan biri
Tokio
Arab tilidan kirib kelgan bo'lib "yangi" deya tarjima qilinadi. XIX asr oxiri XX asr boshidan Turkiston Kavkaz Qrim va Tatariston ziyolilari shu so'z bilan atalgan
Jadid
Bu viloyatni tarixchilar "Soy bo'yidagi shahar" deyishadi. Aholi zichligi eng yuqori bo'lgan viloyat sanaladi. Xonabod sanatoriyasi bilan mashhur.
Andijon viloyati
Ushbu bobokalonimiz 1469-yilda muhrdorlik, 1472-yilda vazir lavozimlarida ishlagan, 1482-yilda esa Astrobodga hokim etib saylangan
Alisher Navoiy
Rim mifologiyasida hayvonlar va o'rmon homiysi ''U" deb ataladi. U yana hayvonlar dunyosi haqidagi asarlar nomi hamdir. "U" ortida yashiringan lotincha so'zni ayting
Faona
Eng qadimiy poytaxt shahar, ya'ni ko'p yillardan beri o'zgarmay poyataxt vazifasini bajarib kelmoqda. Tarixchilar uni "dunyo jannati" deb ham atashgan.
Damashq
Italyan tilidan kirib kelgan bo'lib "Sarrof kursisi" deya tarjima qilinadi. XII asrlarda pul almashuvchilar shu so'z bilan atala boshlangan
Bank
Ushbu viloyat 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Hudud kattaligi bo'yicha O'zbekistonda 2-o'rinda turadi. Chorbakir ansambli deganda shu viloyat esga tushadi.
Buxoro viloyati
Ushbu olim Afrig'iy Xorazmshoxlar davlati poytaxtida tug'ilgan va uning ismi "tashqarida" degan ma'noni anglatadi.
Abu Rayhon Beruniy
Italiyaning Turin shahrida joylashgan mashur avtomobil kompaniyasi shunday ataladi. Usbu kompaniyaga 1899-yil Javanni Anielli tomonidan asos solingan
Fiat
Ushbu poytaxt shahar nomi "Men tog'ni ko'ryapman" ma'nosini anglatadi. Shahar 1726-yildactashkil qilingan
Montovideo
Ushbu so'z Italyan tilidan kirib kelgan bo'lib "Kursi sindi" degan ma'noni anglatadi. Agar puldorlardan biri ishonchni oqlamasa u o'tirgan kursini sindirib tashlashgan va uni shu so'z bilan atashgan
Bankrot