Ma'lum bir axloqiy sifatlarga ega bo'lmasdan, munosib inson bo'lmay turib, ijtimoiy hayotda harakat qilib bo'lmaydi. Ushbu jumla kimning qalamiga mansub.
Arastu( Aristotel).
Ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarga qanday munosabatlar kiradi.
Mehnat munosabatlari Mulkiy munosabatlar.
Malayziya qiroli nechi yilga saylanadi.
5 yilga
Hozirda jahonda nechtadan ortiq Federativ davlat mavjud.
20 tadan ortiq.
Sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo'lgan aniq ish bo'yicha qaror nima deyiladi.
Yuridik pretsedent.
Huquq normasi tuzulishiga ko'ra qanday tarkibiy elementlardan iborat.
1) Gipoteza . 2) Dispozitsiya. 3) Sanksiya.
Fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya nechinchi moddasi.
37- modda
Huquq institutlari nima.
Bu o'zaro bog'liq bo'lgan bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq normalar guruhi.
Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlarga ega bo'lish layoqati bu
Huquq layoqati.
Pretsedent so'zing ma'nosi
Lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib, avvalgisi, oldingisi, degan ma'noni anglatadi.
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga nima deyiladi.
Siyosiy tartibot.
Vatikan davlat boshqaruvi jihatidan qanday davlat.
Teokratik monarxiya
O'zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishini qanday yo'nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
1) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, 2) Ko'ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish, 3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish, 4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish.
Davlatning huquqqa bo'lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin.
1 Etatik 2 Huquqiy davlat
Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning qanday huquqi hisoblanadi.
Siyosiy huquqlari
O'zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga qaysilar kiradi.
1) Vazirlar Mahkamasi. 2) Vazirliklar. 3) Davlat qo'mitalari. 4) Boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi agentliklar, konsern va uyushmalar. 5) Viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi.
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to'g'risidagi qonun qachon qabul qilingan.
2019 - yilda 6-fevral
Qonun osti hujjatlariga nimalar kiradi
1) Prezident varmonlari, 2) Hukumat qarorlari, 3) Boshq ijroya organlarining normativ hujjatlari.
Ozodlikdan cheklash bu jazo voyaga etmagan mahbuslarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida nechi oydan nechi yilgacha muddatga belgilanadi.
6 oydan 2 yilgacha
Ozodlikdan mahrum qilish nechi yoshdan boshlab qo'llaniladi.
13 yoshdan
Huquq munosabatlar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar nima deyiladi.
Huquqiy munosabatlar.
Mehnat muhofazasi va xavfsizligiga rioya qilish qanday majburiyat hisoblanadi.
Yuridik majburiyat.
Normativ - huquqiy hujjatlar qaysi organlar tomonidan qabul qilinib bekor qilanadi.
Vakolatli davlat organlari.
Huquq manbalariga nimalar kiradi.
Huquqiy odat , Yuridek pretsedent, Xalqaro shartnoma, Normativ huquqiy hujjat
Odamiy ersang, demagil odami, Onakim, yo'q xalq g'amdin g'ami. Ushbu so'z kimning qalamiga mansub.
Alisher Navoiy