Huquq normalarini sharhlash nima?
Huquq normalarini sharhlash – bu huquqiy normalarning mazmunini, ma’nosini ochib berish va ularni to‘g‘ri qo‘llash uchun tushuntirish jarayonidir.
Sharhlashning asosiy turlari qaysilar?
1. Rasmiy sharhlash.
2. Norasmiy sharhlash .
Rasmiy sharhlash nechiga bo‘linadi va ular qaysilar ?
2ga bõlinadi
Normativ sharhlash va kazual sharhlash.
Normativ sharhlashning tarkibini ayting.
Tarkibida autentik va legal sharhlash mavjud.
Autentik sharh yana qanday nomlanadi?
Mualliflik sharhi deb ham ataladi
Norasmiy sharhlashning qanday turlari mavjud?
Oddiy, kasbiy va doktrinal.
Hajmga kõra sharhlashning turlarini ayting.
Tom ma'noda, cheklangan, kengaytirilgan yurlari mavjud.
Hajmga kõra sharhlash deganda nimani tushunasiz?
Hajmga ko‘ra sharhlash – bu huquq normalarining mazmuni bilan taqqoslaganda sharhning qanchalik keng yoki tor bo‘lishiga qarab ajratiladigan sharhlash turi.
Huquqshunos olim A. Odilqoriyev o‘zining “Huquq nazariyasi” darsligida “huquq normalarini sharhlash” mavzusini ilmiy jihatdan tahlil qilib, sharhlashning rasmiy va norasmiy turlari, shuningdek hajmga ko‘ra sharhlash turlarini izohlaydi. Bu norasmiy sharhning qaysi turiga kiradi?
Bu doktrinal sharhlash hisoblanadi, chunki u olim tomonidan yozilgan ilmiy sharhdir.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bir ishni ko‘rishda Jinoyat kodeksidagi normalarni tushuntirib beradi. Bu qanday sharhlash?
Bu kasbiy sharhlash.
Qonunda: “Õzbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda õz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega" deyilgan. Bu hajmga kõra sharhlashning qaysi turi?
Cheklangan sharhlashga kiradi, chunki voyaga yetmagan, ruhiy kasal shaxslar bunday huquqdan foydalana olmaydilar.
Konstitutsiyaga qaysi organ sharh beradi?
Konstitutsiyaga sharh beruvchi yagona organ bu- Konstitutsiyaviy sud.
Jinoyat kodeksida “voyaga yetmaganlarga (18 yoshga to‘lmaganlarga) spirtli ichimlik sotish taqiqlanadi” deyilgan. Bu hajmga kora sharhlashning qaysi turiga kiradi?
Bu tom ma'nodagi sharhlash.Bu normada faqat 18 yoshga to‘lmaganlarga tatbiq qilinadi. Bu yerda qo‘shimcha kengaytirish yoki toraytirish yo‘q – norma qanday yozilgan bo‘lsa, shunday tushuniladi.
Huquq normalarini sharhlash va huquq normalarini qo‘llash o‘rtasidagi farq nimada?
Sharhlash – mazmunni ochib berish, qo‘llash – normani hayotda tatbiq etish.
Nega toraytiruvchi sharhlash ko‘pincha sud amaliyotida qo‘llaniladi?
Chunki normalar haddan tashqari keng bo‘lishi mumkin.
Sud organlari har bir fuqarolik , jinoiy, ma'muriy va ishlarni kõrayotganda qanday sharhash asosida amalga oshiradi?
Kazual
So‘zma-so‘z sharhlashning eng katta xususiyati nima?
Matn qanday yozilgan bo‘lsa, shunday tatbiq qilinadi.
Õzbekiston Respublikasida autentik sharhlash huquqi mavjud bõlgan organlardan kamida 5 ta sanang.
1.Oliy Majlis va uning palatalari.
2.Prezident.
3.Vazirlar Mahkamasi.
4.Davlat qõmitalari.
5.Xalq deputatlari.
6.Viloyatlar, tuman va shahar Kengashlari.
7.Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlariga õzlari qabul.qilgan normativ-huquqiy hujjatlar bõyicha berilgan.
Sharhlash huquq ijodkorligidan nimasi bilan farq qiladi?
Yangi norma yaratmaydi.
Kasbiy sharhlash nima uchun rasmiy sharhlashga kirmaydi?
Chunki u majburiy kuchga ega emas.
Qonunda "sudalar mustaqildirlar, faqat qonunga bõysunadilar" deyilgan. Bu hajmga kõra sharhlashning qanday turi?
Kengaytirilgan sharhlash, chunki "sudya" iborasi faqatgina sudya emas balki xalq maslahatchilarini mustaqilligi va qonunga bõysunishini anglatadi.
Huquq normalarini sharhlashning asosiy ob’ekti nima?
Huquq normalarining matni.