1
2
3
4
5
100

Savol: “Matruk” so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?

Javob: “Tark etilgan”, “tashlandiq” degan ma’noni bildiradi.


100

Savol: “Munkar” soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima?

Javob: “Inkor qilingan”, “rad etilgan” degan maʼnoni bildiradi.


100

Savol: “Muallal” soʻzining maʼnosi nima?

Javob: “Illatli”, yaʼni zohiran sahih koʻrinsa-da, isnod yoki matnida yashirin nuqsoni bor hadis.

100

Savol: “Muallal hadis” deb qanday hadisga aytiladi?

Javob: Zohirida sahih koʻringan, ammo sanad yoki matnida yashirin nuqson (illat) aniqlangan hadis “muallal” deb ataladi.


100

Savol: “Mudraj” hadisning lugʻaviy ma’nosi nima?

Javob: “Ichiga kiritilgan” degan ma’noni bildiradi.


200

Savol: Istilohda “mudraj hadis” deb nimaga aytiladi?

Javob: Hadis matniga aslida boʻlmagan soʻzning qoʻshib yuborilishi yoki isnod tartibining oʻzgartirilishiga aytiladi.


200

Savol: “Munkar” hadisning istilohiy  maʼnosi nima?

Javob: Zaif roviyning o‘zidan kuchliroq roviyning rivoyatiga xilof kelgan rivoyati “munkar” deyiladi

200

Savol: Muhaddislar istilohida “matruk” hadisga qanday ta’rif beriladi?

Javob: Isnodida yolg‘onchilikda ayblangan roviy bo‘lgan hadis “matruk” deyiladi.

200

Savol: Istilohda “mudraj hadis” deb nimaga aytiladi?

Javob: Hadis matniga aslida boʻlmagan soʻzning qoʻshib yuborilishi yoki isnod tartibining oʻzgartirilishiga aytiladi.


200

Savol: Istilohda “muztarib hadis” deb nimaga aytiladi?

Javob: Ishonchlilik jihatidan teng boʻlgan, lekin ma’nosi bir-biriga zid yoʻllar bilan rivoyat qilingan hadis “muztarib” deyiladi.

300

Savol: “Munkar” va “maʼruf” hadislar oʻrtasida qanday farq bor?

Javob: Har ikkalasi zaif roviy rivoyati bo‘lsa-da, “maʼruf” rivoyat “munkar” darajasida zaif emas; “munkar” esa kuchsizroq hisoblanadi.

300

Savol: Ibn Saloh “shoz” va “munkar” atamalarini qanday qoʻllagan?

Javob: Ibn Saloh bu ikki atamani bir maʼnoda ishlatib, “munkar” hadis baʼzan maqbul, baʼzan mardud bo‘lishi mumkinligini aytgan.

300

Savol: “Yolg‘onchi roviy” va “yolg‘onchilikda ayblangan roviy” o‘rtasidagi farq nimada?

Javob: Yolg‘onchi roviy hadis to‘qigani isbotlangan kishi, yolg‘onchilikda ayblangan roviy esa kundalik hayotda yolg‘on gapirishi bilan mashhur, lekin hadis to‘qigani isbotlanmagan shaxsdir.

300

Savol: Tahonaviy “Qavoid fi ulum al-hadis” asarida “matruk” hadisni qanday ta’riflagan?

Javob: Rasulullohga nisbatan yolg‘onda shubhalanilgan kishining ma’lum qoidalarga xilof bo‘lgan, faqat o‘zi tomonidan rivoyat qilingan hadis “matruk” hisoblanadi.

300

Savol: Ibn Saloh “shoz” va “munkar” atamalarini qanday qoʻllagan?

Javob: Ibn Saloh bu ikki atamani bir maʼnoda ishlatib, “munkar” hadis baʼzan maqbul, baʼzan mardud bo‘lishi mumkinligini aytgan.


400

Savol: Ibn Hajar Asqaloniyning “munqatiʼ”, “majhul” va “zaif” rivoyatlar haqida aytgan soʻzlari nimani bildiradi?

Javob: Unga koʻra, zohiridan zaifligi maʼlum boʻlgan rivoyatlar “muallal” hisoblanmaydi; “muallal” faqat siqa roviylar rivoyatlarida uchraydi.

400

Savol:  “muztarib” deb qanday hadisga aytiladi?

Javob: Chunki undagi rivoyatlar bir-biriga zid bo‘lib, qaysi biri to‘g‘ri ekanini aniqlash qiyinlashadi.

400

Savol: Muztarib hadisning zaiflik sababi nimada boʻladi?

Javob: Roviylarning zabti yoʻqligi tufayli matnlar xilma-xil va zid shaklda rivoyat qilinadi.

400

Savol: Muztarib hadisning zaiflik sababi nimaga bogʻlangan?

Javob: Roviylarning zabti yoʻqligi tufayli matnlar xilma-xil va zid shaklda rivoyat qilinadi.

400

Savol: Bagʻdodlik muhaddislar Imom Buxoriyni qanday qilib maqlub hadislar bilan sinab koʻrishgan?

Javob: Ular 100 ta hadisning sanad va matnlarini oʻrinlarini almashtirib berganlar, Imom Buxoriy esa ularning barchasidagi xatolarni tuzatib toʻgʻrisini aytib bergan.


500

Savol: Xatib Bagʻdodiy “Mudraj” hadislar boʻyicha qanday asar yozgan?

Javob: “al-Fasl lil-vasl al-mudraj fi an-naql” nomli asarni yozib, 111 ta mudraj hadisni jamlagan.

500

Savol: Muhaddislar maqlub hadislarni qaysi uch sabab tufayli yuzaga kelgan deb hisoblashadi?

Javob: 1) Roviy odamlarni oʻz hadisiga qiziqtirish uchun; 2) Roviy adashib xato qilib; 3) Muhaddis yoki talaba imtihon qilinganda sanad va matnlar ataylab almashtirilishi.


500

Savol: “Mudraj al-isnod” va “Mudraj al-matn” oʻrtasidagi farq nimada?

Javob: Mudraj al-isnodda sanad tartibi oʻzgaradi, Mudraj al-matnda esa hadis matniga begona soʻz kiradi.


500

Savol: Musahhaf hadis qaysi sababdan yuzaga keladi?

Javob: Roviy matnni notoʻgʻri oʻqib yuborishi yoki yozuvdagi oʻxshashlikni chalkashtirishi sababli yuzaga keladi.


500

Savol: Xatib Bagʻdodiy oʻzining  “al-Fasl lil-vasl al-mudraj fi an-naql” nomli asarida nechta hadisni jamlagan?



Javob: 111 ta .

M
e
n
u