Talab qilish huquqiga ega bo'lgan shaxs majburiyatlarda kim deb ataladi?
Kreditor
Muayyan bir harakatni qilishga yoki shu harakatni bajarishdan o'zini saqlashga majbur bo'lgan shaxs kim deb ataladi?
Qarzdor
Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslarini aytib bering? (Fuqarolik kodeksining tegishli moddasida mavjud)
Majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa — qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlar shartnomadan, ziyon yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib chiqadi.
Harakatlar majburiyat huququiy munosabatlarning obyekti sifatida qanday turlarga bo'linadi?
Ikki turga: Aktiv(Muayyan harakatlarni bajarish, misol uchun xizmat ko'rsatish v/h), Passiv(Muayyan harakat qilishdan saqlanish)
Majburiyatlar huquqiy munosabat sifatida necha turga bo'linadi va ular qaysilar?
2 xil: Fuqarolik huquqiy va Ma'muriy huquqiy turkumlarga.
Majburiyat faqatgina mulkiy munosabatlar (pul yoki boshqa mol-mulk) bilan bog‘liqmi yoki nomulkiy munosabatlar asosida ham yuzaga kelishi mumkinmi? Agar bo'lsa misollar keltiring.
Majburiyat faqat pul yoki mol-mulk evaziga emas, balki nomulkiy munosabatlarni amalga oshirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ya’ni, shaxs muayyan nomulkiy harakatlarni bajarishga majbur bo‘lishi mumkin. Masalan, ommaviy madaniy ko‘ngilochar tomoshaxonalar faoliyati, tibbiyot va veterinariya xizmatlari, ta’lim berish yoki turistik xizmat ko‘rsatish kabi faoliyatlarda ham majburiyat yuzaga keladi. Bunday hollarda ham majburiyatning mulkiy xarakterga ega ekanligi namoyon bo‘ladi.
Majburiyat taraflarining huquq va burchlarini taqsimlash bo'yicha bir tomonlama va ikki tomonlama majburiyatlarga bo'linadi. Bularning bir-biridan farqi nimada va ularni misollar orqali tushuntirib bering.
Bir tomonlama majburiyatlarda (masalan, qarz majburiyati bo‘yicha – FKning 732-moddasi) bir taraf talab qilish huquqiga ega, ikkinchi taraf ushbu talabni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Ikki tomonlama majburiyatlarda esa (masalan, tovarni postavka qilish majburiyati bo‘yicha) ikkala taraf ham majburiyatning bajarilishini amalga oshirishda birgalikda qatnashadi, ham huquqqa ega bo‘ladi, ham burch oladi. Majburiyatlarning ushbu turlarga bo‘linishining ahamiyati shundan iboratki, ularda ishtirok etuvchi taraflar o‘zaro majburiyat oladilar, ularning har biri bir vaqtning o‘zida ham qarzdor, ham kreditor maqomiga ega bo‘ladi.
Majburiyatlarning turlari (predmet belgilangani darajasiga ko‘ra):
Alternativ (muqobil) – bir nechta predmetdan iborat bo‘lib, ulardan bittasi tanlab bajariladi.
Masalan: bug‘doy yoki paxta topshirish.
Fakultativ (ixtiyoriy tanlash) – faqat bitta predmet shart, lekin qarzdor uni boshqa predmet bilan almashtirishi mumkin.
Masalan: avtomobil berish o‘rniga pul to‘lash.
Oddiy va murakkab majburiyatlarning bir-biridan farqlarini tushuntirib bering.
Agar majburiyatlar mazmunini bitta huquqiy aloqa tashkil etsa unda bu oddiy majburiyat hisoblanadi. Misol: FK-497 Ayriboshlash shartnomasi
Agar xuddi shu majburiyat mazmunini biir necha huquqiy aloqa tashkil etsa demak bu murakkab majburiyat. Lizing shartnomasi sotuvchi, oluchi va yetkazib beruvchi.
Absolyut huquq nima?
Absolyut huquq – bu shaxsning ma’lum bir subyektiv huquqiga ega bo‘lishi va ushbu huquqqa nisbatan jamiyatdagi barcha boshqa shaxslarning qarama-qarshi turishi majburiyatini ifodalovchi huquqdir. Ya’ni, barcha shaxslar huquq egasining mol-mulkiga, moddiy yoki nomoddiy ne’matlariga tajovuz qilmasligi, zarar yetkazmasligi shart. Bu huquq fuqarolik huquqi normalari bilan himoya qilinadi.Misollar: mulk huquqi, mualliflik huquqi, patent huquqi, shaxsiy nomulkiy huquqlar (shaxsiy hayot daxlsizligi, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish).
Shartnomali va shartnomasiz majburiyatlarning bir biridan farqi nimada?
Shartnomali majburiyatlar-Tuzilgan shartnomaga asosan vujudga keladi.
Shartnomasiz majburiyatlar- O'zining vujudga kelishi asosi sifatida boshqa faktlarni nazarga tutadi. Qonun normalaridan yoki huquqbuzarlik/zarar yetkazishdan kelib chiqadi.
Shartnomali majburiyatlar tarkibida mulkiy munosabatlar o'z xususiyatiga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi?
1.Mol-mulkkni yoki ashyoviy huquqqa bo'lgan mulk huquqini boshqa shaxsga o'tkazish.
2-Mol-mulkni foydalanish uchun boshqa shaxsga topshirish.
3-Ishni bajarish bilan bog'liq.
4-Xizmat ko'rsatish bilan bog'liq.
5- Vakillik faoliyati bilan bog'liq.
6-Tashkiliy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar.
Regress majburiyat nima?
Regress (qaytarma) majburiyat — bu bir shaxs boshqa shaxs o‘rniga uchinchi shaxs oldidagi majburiyatni bajarganidan keyin, to‘lagan yoki qilgan xarajatlarini o‘sha shaxsdan qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladigan majburiyatdir.
Ms: Sherikchilikdagi qarz, Kafillik
Subrogatsiya bu....
Subrogatsiya – bu bir shaxsning (odatda sug‘urta kompaniyasining) boshqa shaxsga to‘lagan summasi evaziga, zarar yetkazuvchiga nisbatan da’vo qilish huquqiga ega bo‘lishidir. Shaxs sug‘urtadan pul olganidan keyin u endi zarar yetkazuvchidan da’vo qilolmaydi, bu huquq sug‘urta kompaniyasiga o‘tadi.
Solidar va subsidiar majburiyatlarining bir biridan farqlarini tushuntirib bering.
Solidar shartnomaga asosan: Bir nechta qarzdorlar kreditor oldida birgalikda javobgar bo‘ladilar. Kreditor ulardan istalgan biridan yoki bir nechtasidan butun qarzni talab qilishga haqli.
Subsidiar qonun yoki shartnomaga asosan:Bir nechta qarzdorlardan biri asosiy qarzdor, boshqasi esa faqat qo‘shimcha (zaxira) javobgar hisoblanadi. Kreditor avvalo asosiy qarzdordan talab qiladi. Agar asosiy qarzdor to‘lamasa, keyin subsidiar qarzdorga murojaat qilishi mumkin.