Yolg‘on haidslar to‘qishdan ko'zlangan maqsadlarni yoriting?
1-Yaxshi maqsadda
2-Ayrim fitnachilar jamiyatdagi birlikni yo'qotish maqsadida
3-Ayrim shaxslar podshoh va hokimlarga yoqish maqsadida
Xorijiylik va shialik kabi oqimlar nima uchun hadislar to‘qishgan?
O'z mazhabini boshqa mazhablardan ustun ekanligini isbotlash maqsadida
Ba'zi insonlar hech bir muhaddisda bo'lmaydigan hadislarni aytishlaridan asosiy ko'zlangan maqsad nima bo'lgan?
Shuhrat qozonish maqsadida shunday qilishgan
Turli sabablarga ko'ra to'qilgan yolgʻon hadislar arab tilida nima deyiladi?
Mavzu‘ hadis deyiladi
Mavzu‘ soʻzi lugʻatda qanday ma'noni anglatadi?
Qo'yilgan, pasaytirilgan, tashlangan maʼnolarini bildiradi
Mavzu hadisning istilohiy maʼnosini ayting?
Paygʻambarga nisbat berilib yolg'on to'qilgan so'z
Qaysi hadisga muvofiq to'qima hadislar ya'ni rioyatlar hadislarning eng yomoni hisoblanadi?
Paygʻambarimiz aytganlari keyin kim mening nomimdan qasddan yolg'on hadis so'z aytsa oʻziga do'zaxdan joyi tayyorlayversin
Olimlar o'rtasida mavzu‘ hadis atamasini ishlatish borasida necha xil qarash bor va ular qaysilar?
Ikki xil qarash mavjud bo'lib birinchi qarashga muvofiq bunday nom bilan ishlatish mumkin emas chunki islohda hadis so'zi paygʻambarga nisbat beriladigan narsalarga nisbatan qo'llaniladi ikkinchi qarashni ilgari surgan olimlar uning istilohiy ma'nosidan qochgan holatda lug'aviy maʼnosidan kelib ishlatish mumkin deb aytishadi
Qaysi olimlar zaif hadislaridan so'ng soxta rivoyatlarni ham alohida kitobga jamlagan
Ibn Javziy, Suyutiy va Ali Qoriy
Qaysi toifa vakillari agar bir ishni xohlasa uni hadisga aylantirishni odat qilishgan
Xorijiylar toifasi
Ali insonlarning eng yaxshisidir kim bunga shubha qilsa kofir bo'libdi degan mazmundagi yolg'on hadislarni kimlar to'qigan?
Shialar
Kim falon surani o'qisa falon ishni qilsa jannatda oʻziga 70 ming qasri quribdi mazmunidagi hadislarni kimlar to'qigan?
Mo‘taziliylar
Kimdan qur'oni karim suralari va oyatlarining fazilati haqida yolg'on hadis toʻqiganining sababini so'rashganda Odamlar Abu Hanifa fikri va ibn ishoq siyrati bilan mashhur boʻlib qolib qur'ondan uzoqlashganlari uchun deb javob bergan?
Abu Ismat ibn abi maryam
Metroq hadisga istilohida qanday ta`rif berilgan?
Sanadida yolg'onchilikda ayblangan roviy bo'lgani hadis
To'qima hadislarni aniqlashning eng birinchi yo'lini aytib o'ting
Soxta hadisni to'qigan odam uning yolg'onligiga o'zi iqror bo'lishi
Rivoyat qilingan matnning lafzi va maʼnosida zaiflik sezilishi nimaga olib keladi?
Hadisning to'qima ekanligiga dalil bo'ladi
Rivoyat qilingan hadis maʼnosi aqlga tajribaga umumiy qoidalariga zid kelishi nimaga sabab bo'ladi?
O'sha hadisning to'qima ekanligiga isbot bo'ladi
To'qima hadisning aqlga tajribaga umumiy qoidalariga zid kelishiga biron-bir namuna ayting?
Aytiladiki nuh kemasi ka'batullohni yetti marotaba tavof qilib Maqomi Ibrohim orqasida namoz oʻqigan
Rivoyatning qur'on va sunnatda kelgan aqidaga xilof bo'lishi to'qima hadisga dalil bo'ladi va shunday turdagi toʻqima hadisga misol ayting!
Payg‘ambar alayhissalom aytganlar mendan keyin nabiy yo‘q illo alloh xohlasa degan mazmundagi to'qima hadislar mavjud
Rivoyatning paygʻambar alayhissalom yashagan davrda sodir bo'lgan tarixiy voqeaga zid bo'lishi bunday hadisning qanday hadis ekanligiga dalil bo'ladi
To'qima hadisga misol bo'ladi
Rivoyat qilinayotgan hadis koʻpchilik xabardor boʻladigan darajada olamshumul voqea haqida bo'lsa-da uni bir kishi yoki muayyan guruh rivoyat qilgan bo'lsa bunday hadis qanday hadis hisoblanadi?
To'qima hadis deyiladi
Hadisda arzimas kichik gunoh uchun qattiq azob bo'lishi yoki oddiy ishga ulkan ajr va'da qilingan bo'lishi bunday hadislarning qanday hadis turidan ekanligiga dalil bo'ladi
To'qima hadisga misol bo'ladi
Zaif hadis bilan mavzu' hadisning farqini ayting?
Zaif hadisning asosi bo'ladi mavzu hadisining asosi yolg'on bo'ladi
Qaysi xalifa davrada hadislar aytishga norasmiy taqiq qo'yilgan?
Umar ibn Xattob
Iqror necha xil bo'ladi va bular qaysilar?
Birinchidan:Ochiq oydin ikkinchidan: Hukmiy iqror