Ekstremizm so`zining manosi?
(lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.
AQIDAPARASTLIK?
(arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga qat'iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi.
TERRORIZM?
(lotincha – «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
Vahobiylik nechinchi asrda va qaysi davlatda vujudga kelgan?
XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan.
Davlat qandey birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi?
Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi. 75-modda
O’zini islom nomi bilan bog’laydigan diniy -ekstremistik tashkilotlarning xususiy jihatlari?
Dunyoviy davlat va jamiyatda murosasiz munosabatda bo’lish va uni shariatga asoslangan tuzumga aylantirishga harakat qilish; Dinning davlatdan ajratilganligini rad etish va jamiyatning barcha a’zolarini majburan shariat talablari asosida hayot kechirishini ta’minlash; Islom dinini dunyoning boshqa jamiyatlariga qarshi qoyish; Mamlakatlarning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini tan olmaslik; O’z maqsadlari yo’lida davlat va jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan hatti-harakatlarga urg’u berish
Mutaassiblik va g‘uluv Qur'oni Karimda muhokama qilingan mavzulardan hisoblanib, uning har qanday ko‘rinishi qat'iy rad etilgan. Jumladan, qaysi surada shunday deyiladi ? Ey, imon keltirganlar! Sizlar uchun Alloh halol qilib qo‘ygan narsalarni haromga chiqarmangiz va haddan oshmangiz! Zero, Alloh haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi»
(Moida, 87).
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida qandey shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
"Boko Haram" (2015 yildan 2016 yilgacha - "Islomiy davlat" G'arbiy Afrika viloyati ) - Nigeriyalik islomiy terrorchi tashkiloti qachon va kim tomonidan tashkil etilgan?
Nigeriyalik islomiy terrorchi tashkiloti 2002 yilda Muhammad Yusuf tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari?
1. xalqaro huquq himoyasidagi ob'ekt yoki sub'ektlarga qarshi qaratilgani;2.davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi; 3.a'zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi; 4.ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi; 5.ekstremistik guruh a'zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi; 6.tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi.
DINIY FUNDAMENTALISM so`zi manosi?
«ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan fikrni ilgari surish ta'limotini anglatadi.
MUTASSIBLIK?
(arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Xalqaro terrorizm?
Davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi
Jihod so‘zining mazmun-mohiyati?
Jihodning asosiy negizi islom va uning asoslarini insonlarga to‘g‘ri talqin etishdir. “... yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish”
Terrorizmga qarshi kurash jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risid gi qonun qachon qabul qilingan?
3. 2006-yil 1-yanvarda.
«Fundamentalizm» atamasi qaysi dini bilan bog‘liqdir?
Xristian dini bilan Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlash, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Ko‘p manbalarda «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib qandey so‘zi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda?
«mutaassiblik» so‘zi bilan.
TERROR?
Ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo‘ravonlikdan hamda zo‘ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir.
Xizbut at-Tahrir diniy-siyosiy partiya kim tomonidan qachon asos solingan?
Xizbut at-Tahrir 1952 yili Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy ad-din an-Nabahoniy (1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siyosiy partiya.
Mustaqil davlatimiz qonunchiligida terrorizmga qarshi kurashning asosiy tamoyillari?
Qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi.
DINIY EKSTREMIZM nima
Jamiyat uchun an'anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
FUNDAMENTALISM?
(lotincha – «asos») tushunchasining ma'nosi muayyan ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi.
1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko‘proq uchragan bo‘lsa, hozirda yani bugungikunda qandey amalga oshirishga e'tibor berilmoqda?
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta'kidlash zarur jamoat joylarida, samolyot, avtobus va poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e'tibor berilmoqda.
5. Ixvon al-muslimun orasida bo’linish yuz berib, ular 3 yo’nalishga bo’linib ketdi qaysilar?
1. “mo’’tadillar” - Xasan al-Banno va Sayyid Qutb tarafdorlari;
2. “islom demokratlari” - “islom sotsializmi” ta’limoti tarafdorlari;
3. “at-Takfir va-l-xijra”, “al-Jixod”, “Xizb at-Taxrir al-islomiy” kabi terror uslubini qo’llovchi tashkilotlar.
Bugunga qadar BMT terrorizmga qarshi nechta ta rezolyusiya, nechta konvensiya, nechta protokol qabul qilgan?
12 ta rezolyusiya, 16 konvensiya, 2 protokol qabul qilgan.