A
B
C
D
E
100

Sherozlik Sayid Ali Muhammad .... Bob (“eshik”), ya’ni yangi davrga “eshik” nomini olib, yaqin orada ...............ni targ’ib qila boshlagan.

1844-yilda

“Xudo elchisi”ning namoyon bo’lishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini in’om etishini

100

Sayid Ali Muhammad qachon tug'ilgan va qachon Bobiylikka asos solgan?

Sayid Ali Muhammad 1819-yil 20-oktyabrda (1-Muharram, 1235-h) Sherozlik savdogar Husayn oilasida tug‘ilgan. 1844-yilda, 25 yoshida Bobiylikka asos soldi.

100

Shialarda "Bob" tushunchasi qay tarzda paydo bo'lgan?

“Men ilm shahriman, Ali esa uning darvozasi (bob)”

100

Keyinchalik Bobiylik harakatining Bahoiylik nomi ostida rivojlanishiga sababchi bo‘ladigan Bobdan keyingi shaxslarni sanab o'ting

Mirzo Husayn Ali (keyinchalik Bahoullo), uning ukasi Mirzo Yahyo Nuriy va Zarrintoj nomi bilan mashhur bo‘lgan Ummu Salma Fotima binti Mulla Muhammad Solih.

100

Bahoiylikning ma'muriy tizimi ......dan iborat.

Mahalliy Ruhoniy Majlislar (Baytul-adl-i mahalliy), Markaziy yoki Milliy Majlislar (Baytul-adl-i milliy-markaziy) va eng yuqorida, so‘nggi qaror chiqaruvchi organ sifatida Umumiy Adolat Uyidan (Baytul-adl-i umumiy).

200

Imomiya shiasida shakllangan yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Shayxiya ta’limotiga ko‘ra, imomlarga qanday ta'rif beriladi?

Allohni (ma’rifatulloni) anglashga ochiladigan darvozalardir (boblardir)

200

Bob qachondan boshlab, qayerlarda o'z da'vosi va g'oyalarini da'vatchilari orqali yoyishga harakat qildi?

Bob 1845-yil bahoridan boshlab Sheroz, Tehron, Isfahon va Tabriz shaharlarida o‘z da’vosi va g‘oyalarini da’vatchilari orqali yoyishga harakat qildi.

200

Mirzo Husayn Ali qayerda va qachon o'z tarafdorlariga "Alloh zohir etadigan zot" ekanini e'lon qildi?

Bahoiylikda keyinchalik “Bag‘i Rizvon” deb nom olgan, Bag‘dod yaqinidagi Najib Posho bog‘ida.

1863-yil 21-aprel

200

Bahoulloga ko'ra, payg'ambar nechta xususiyatga ega va ular qaysilar?

Birinchisi insoniydir; payg‘ambar yeydi, ichadi, uxlaydi, kasal bo‘ladi va vafot etadi.

  Ikkinchi xususiyati esa ilohiydir; shu xususiyat bilan u ma’no jihatidan Xudodir. U bilan gaplashilganida Xudo bilan gaplashilgan, unga sajda qilinganda esa Xudoga sajda qilingan hisoblanadi.

200

Bahoiylar payg'ambar va rasullar haqida qanday qarashga ega?

Hz. Odamdan beri kelib o‘tgan barcha payg‘ambarlar va rasullar faqat “Xudo namoyon bo‘lishi” bo‘lgan Bahoullohni bashorat qilish uchun yuborilgan, chunki u barcha dinlarda tilga olingan “mev’ud”dir (kelishi bashorat qilingan). Shuningdek, barcha dinlar faqat Bahoullohning qarashlari va zuhuri uchun boshlang‘ich din sifatida yuborilgan; ularning barchasi kamchiliklarga ega bo‘lib, faqat Bahoulloh kelishi bilan to‘liq hisoblanadi. Shundan keyin esa yangi payg‘ambarlar kelishi davom etadi.

Bahoullohdan keyin ham payg‘ambarlar keladi. Ammo undan keyingi “Xudo namoyon bo‘lishi” ming yildan oldin yuzaga chiqmaydi. Hazrati Muhammadning “xotemun-nabiyyin” (payg‘ambarlarning so‘nggisi) bo‘lishi, Xudoning undan keyin rasullar yuborishini to‘sib qo‘ymaydi.

300

Shialarda "Bob" tushunchasi qanday ma'nolarda va kimlarga nisbatan ishlatiladi?

Shia ta'limotida imomning eng tajribali va eng vakolatli shogirdlari uchun ishlatilgan Bob so‘zi keyinchalik turli Shia guruhlari tomonidan tafsilotlarda ayrim farqlar bilan birga, asosan “ichki haqiqat bilan bog‘lovchi vosita” ma’nosida tushunilgan. Shu tariqa, “g‘aybat” (ya’ni, o‘n ikkinchi imomning g‘oyib bo‘lishi) davridan so‘ng bu atama “imom bilan uchrashadigan, uning yozma va og‘zaki buyruqlarini qabul qilib, u orqali imomga ishonib sodiq qolganlar o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi shaxs” degan ma’noni olgan.

Ko‘pincha “Babul imam” shaklida qo‘llanilgan bu atama vaqt o‘tishi bilan “kelishi kutilayotgan, yaqin orada zohir bo‘ladigan va Alloh tomonidan ro‘yobga chiqariladigan muhim bir shaxsning xabarchisi” degan ma’noda ham tushunila boshlandi.

300

Mirzo Husayn Ali kimlarga maktub yozib, ularni o‘ziga ergashishga da’vat qildi?

Eron shohi Nosiriddin, Usmonli sultoni Abdulaziz, Rossiya podshosi Aleksandr II, Fransiya imperatori Napoleon III, Rim papasi Piy IX, Angliya qirolichasi Viktoriya va boshqa ko‘plab hukmdorlarga

300

Sayid Ali Muhammad Bobiylikka asos solgandan keyin qanday ishlarni amalga oshirdi? 

Olti yil davomida Bob islomiy qonun-qoidalar va an’analarni bekor qilib, yangi bir din asoslarini yaratdi. U birlik, sevgi va boshqalarga xizmat qilish tamoyillariga asoslangan yangi ijtimoiy tartibni ilgari surib, ko‘plab maktublar va kitoblar yozdi.

U dinning bosqichma-bosqich yangilanayotganini ta’kidlaydigan “bosqichma-bosqich rivojlanayotgan vahiy” tushunchasini taqdim etdi. Axloqiy qadriyatlarga, haqiqatni mustaqil ravishda izlashga va insonning ulug‘vorligi tamoyiliga urg‘u berdi. Shuningdek, uylanish, ajralish va meros masalalarini tartibga soluvchi hukmlar taklif qildi hamda kelajakdagi Bobiy jamiyati uchun ba’zi qoidalarni belgiladi 

300

1868-yilda qanday voqea sodir bo'ldi?

sulton Abdulaziz bu holatga javoban, Subh-i Azal (Mirzo Yahyo) va unga ergashgan oz sonli Bobiylarni Kiprga, Mirzo Husayn Ali (ayni paytda “Bahoullo” - “Allohning ulug‘ligi, go‘zalligi, nuri, rahmati va lutfu” degan nomni olgan edi) va uning tarafdorlarini esa Akkaga surgun qildi. Ularga u yerda hech kim bilan ko‘rishmaslik va boshqa joyga bormaslik sharti qo‘yildi

300

Mirzo Husayn Ali yozgan kitoblar va ular haqidagi  ma'lumotlarni birma-bir sanang.

Bag‘dodda bo‘lgan vaqtida yozgan — “Iyqon” nomli asardir. Bu asar aslida botiniy ta’villar, Isroiliyot bilan bezatilgan turli rivoyatlar bilan to‘la bo‘lsa-da, muallifning o‘z da’vosiga ko‘ra, unga iymon keltirish va sodiq bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha haqiqatlarni o‘z ichiga olgan fors tilidagi bir asardir. “Iyqon” asari avvalo arab tiliga, shuningdek, ko‘plab boshqa tillarga ham tarjima qilingan.

“ilohiy iroda” ilhomidan kelib chiqqanini da’vo qilgan va 1871–1874-yillar oralig‘ida yozgan “Kitobul-Aqdas” nomli asar harakatning asosiy kitobi hisoblanadi. Bu asarni Qur’oni Karimning uslubiga nihoyatda zaif va muvaffaqiyatsiz tarzda taqlid qilgan holda yozgan. Unda ilgari nozil qilingan muqaddas kitoblar insoniyat ehtiyojiga endilikda javob bera olmaydi, deb hisoblab, ularning bu kitob orqali nasx (ya’ni bekor) qilinganini da’vo qiladi.

400

Bahoullo vafotidan oldin kimni voris qilib belgilagan va ushbu voris qanday ishlarni amalga oshirgan?

1844-yil 23-may (1260-yil 5-Jumadul ula)da tug‘ilgan katta o‘g‘li Abbas Afandini Abdulbaha unvoni bilan voris qilib belgilagan. Abdulbaha 1908-yilda Meshrutiyat e’lon qilinishi bilan butunlay erkin bo‘lgan Bahoiylikni qisqa muddatda Misr, Yevropa va Amerikaga yoyishga harakat qilgan va buning uchun ushbu joylarga safarlar qilgan.   Birinchi jahon urushi davrida Bahoiylikning asosiy markazi sifatida tanlangan Isroildagi Hayfa shahri va atrofida, inglizlar foydasiga ko‘rsatgan fidoyilik va faoliyatlari sababli, 1920-yil 27-aprelda Hayfa shahrida Ingliz hukumati tomonidan “ritsar” unvoni bilan taqdirlangan.

400

Bahoiy taqvimi qanday ishlaydi?

Bahoiy taqvimi, shuningdek, “vahid” deb nomlangan 19 yillik davrlarni va “kull-i shay” ("hamma narsa") deb nomlangan 361 yillik (19 × 19) davrlarni o'z ichiga oladi.

  2015-yil 20-mart kuni quyosh botishi bilan birinchi “kull-i shay”ning toʻqqizinchi vahidi yakunlandi.

  Ikkinchi “kull-i shay” 2205-yil 21-martda boshlanadi. (Taqvim 1844-yildan boshlab hisoblangan).

400

BOB tushunchasi

Fotimiylar nazarida...

Ismoiliylar nazarida...

Druzliklar nazarida...

Fotimiylar nazarida bob — imomdan darhol keyin keladigan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri undan ko‘rsatma oladigan shaxs edi. Ularning fikriga ko‘ra, bob olgan bu ko‘rsatmalarni da’vat (tablig‘) iyerarxiyasida o‘zidan keyin turuvchi hujjatlarga yetkazardi.   Ismoiliyya doirasida bobning vazifasi va maqomi haqida ma’lumot beruvchi ayrim manbalar, da’vat darajalarining eng yuqori pog‘onasi bo‘lgan “daid ad-du’at” (da’vatchilar boshlig‘i) martabasi bob bilan teng ekanini qayd etadi. Druzlikda esa bob atamasi “al-aqlil-kulliy” (umumiy aql) bilan aloqa o‘rnatadigan diniy hokimiyatni ifodalaydi.

400

Abdulbahadan keyingi voris Shavqi Afandi haqida ma'lumot bering.

Abdulbaha katta nabirasi Shavqi Afandini “valiyyi amrillah” (Allohning amrining vakili) unvoni bilan Bahoiylarning ruhiy rahbari va “amr”ning sharhlovchisi sifatida tayinladi.

  1873-yil 1-oktabrda Akkada tug‘ilgan Shavqi Afandi Oksfordda tahsil olgan. 1937-yilda amerikalik Bahoiylardan, keyinchalik Ruhiyya xonim deb atalgan Meri Maksvell bilan turmush qurgan.

Shavqi Afandining farzandi bo‘lmagani uchun vafotidan oldin Bahoiylikni boshqarishni “bosh himoyachilar” deb atalgan va Bahoiylar tomonidan “amr qo‘llari” sifatida qabul qilingan yigirma yetti yordamchisiga ishonib topshirdi.

400

Mirzo Abul-Fazl kim? u Bahoiylik diniga qanday hissa qo'shgan hamda qanday ishlarni amalga oshirgan?

Bahoullohning hayotlik davrida Mirzo Abul-Fazl Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan paytlarda Samarqandda Bahoiy Eʼtiqodi mavjud boʻlgan. Mirzo Abul-Fazl 1892-yili Samarqandda boʻlganida Tabrizlik Mirzo Haydar Alining savollariga javoban "Fasl-ul-Xitob" (“Ishonchli dalillar”) kitobini yozadi.

Shuningdek u Samarqandda ayrim protestant targʻibotchilariga ham dalillarni zohir etadi. 1910-yilda Samarqand Bahoiylar jamoasi oʻzining ilk Mahalliy Ruhiy Majlisini saylaydi, hamda maktab tashkil etadi va markaz quradi.

500

Bahoiylikning asoschisi bo'lgan Mirzo Husayn Ali haqidagi ma'lumotlarni to'liq ayting.

Bahoiylikning asoschisi bo‘lgan Mirzo Husayn Ali 1233-yil 2-Muharramda (1817-yil 12-noyabr) Tehronda, Eron shohi saroyida moliya ishlari bilan shug‘ullangan yuqori lavozimli amaldor Mirzo Abbos Buzurgning o‘g‘li sifatida dunyoga kelgan. Saroyga mansubligi tufayli bolaligida yaxshi ta’lim olgan bo‘lsa-da, Bahoiylarga ko‘ra, uni “ummiy” (ya’ni maktab yoki madrasada o‘qimagan) deb ko‘rsatish uchun hech qanday rasmiy maktab yoki madrasa ta’limini olmagani aytiladi. Otasining vafotidan so‘ng, taxminan yigirma yoshlarida saroydan chiqib, turli joylarni kezishga va diniy masalalar bilan shug‘ullanishga kirishgan.

1844-yilda, shaxsan hech qachon ko‘rmagan Bob Mirzoning g‘oyalarini qabul qildi. To‘qqiz yil o‘tib esa, ukasi Mirzo Yahyo Nuriy va oilasi bilan birga Bag‘dodga surgun qilindilar. Mirzo Husayn Ali u yerda ukasi bilan Bobning vakili masalasida kelishmovchilikka tushgach, Bag‘doddan yashirincha chiqib ketdi va ikki yil davomida Sulaymoniya tog‘larida zohidona hayot kechirdi. Uning bu harakati Bobiylar orasida tobora kuchayib borayotgan ta’sir uyg‘otdi, va u Bag‘dodga qaytganida, Bobiylarning katta qismi uning atrofida to‘plandi — hatto Eronning o‘zidan ham ko‘plab ziyoratchilar kelishdi.

500

3 ta ma'muriy tizimning a'zolari qay tarzda belgilanadi?

1. Agar ma’lum bir hudud, shahar yoki qishloqlarda yigirma bir yoshdan katta kamida to‘qqiz nafar Bahoiy bo‘lsa, ular har yili “Rizvon bayrami”ning birinchi kunida (21-aprel) hech qanday targ‘ibotsiz va nomzod ko‘rsatmasdan, maxfiy ovoz berish orqali to‘qqiz kishini Mahalliy Ruhoniy Majlis a’zoligiga saylaydilar.

2. Milliy Ruhoniy Majlis — Bahoiylik joylashgan mamlakatdagi Bahoiylarning markazi hisoblanadi. To‘qqiz kishidan iborat bo‘lgan a’zolar ikki bosqichli saylov tizimi orqali tanlanadi: mamlakatdagi Mahalliy Ruhoniy Majlislardan ma’lum sonlarda delegatlar yuboriladi va jami o‘ttizdan to‘qqiz nafar delegatdan tashkil topgan bir sho‘ro Rizvon bayramining o‘n ikkinchi kuni (2 may) o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatdagi barcha Bahoiylar orasidan a’zolarni saylaydi.

3. Umumiy Adolat Uyining saylovi uch bosqichdan iborat. Milliy Ruhoniy Majlis a’zolari dunyo bo‘ylab Bahoiylar orasidan Umumiy Adolat Uyining to‘qqiz kishilik a’zolarini saylaydi. Ular Hayfada joylashgan. Bahoiylarning Kitobul-Aqdas asaridagi hukmlarini yoki boshqa farmonlarini, hamda Abdulbaha va Shavqi Afandining ta’vil va tafsirlarini o‘zgartira olmaydilar. Faqat sharoit talab qilsa, o‘z qarorlarini o‘zgartirishlari mumkin.

500

Bahoiylikning e’tiqod va ibodat asoslari hamda axloqiy va ijtimoiy qarashlarini to'liq sanang.

Xudoni, Bobiylikda bo‘lgani kabi, Bahoiylikda ham to‘liq anglash mumkin emasligi va U inson tafakkuridan yuqori bo‘lishi ta’kidlanadi. U yagona, nodir, abadiy bo‘lib, hech narsaga o‘xshamasa-da, Uning mavjudligi “amri”ning “mazohirlari”ga (belgilari) muhtojdir. Uning ko‘rinishlari payg‘ambarlar va rasullardir.

Bahoiylarga ko‘ra, Xudoning “Xoliq” (yaratuvchi) sifatini tasavvur qilib bo‘lmaydi, ular uchun dunyo ham yaratuvchi sifati kabi abadiy hisoblanadi.

  Ularning fikricha, jannat va do‘zax faqat ramziy ma’noga ega. Jannat — Xudoga safarni, do‘zax esa yo‘qolishni anglatadi.

Bahoiylikka ko‘ra, har bir inson o‘z tirikchiligini ta’minlash maqsadida savdo-sotiq, hunarmandchilik yoki daromad keltiruvchi boshqa bir ish bilan shug‘ullanishni ibodat deb hisoblaydi.

  Shu bilan birga, yil davomida ishlash taqiqlangan to‘qqiz kun mavjud bo‘lib, ular Bahoiylikning muborak kunlari hisoblanadi.

  Bahoiylikda jihod taqiqlangan diniy hukmdir.


500

Bahoiylikda ba’zi amaliy va shariat hukmlari qaysilar?

Bahoiylikda ba’zi amaliy va shariat hukmlari ham mavjud. Ularga namoz, ro‘za, haj, zakot va muqaddas oyatlarni o‘qish kabi masalalar kiradi.

  Bahoiylarga ko‘ra, namoz shaxsiy ravishda tongda, tushda va kechqurun samimiy qalb bilan Allohni yod etishdir.

  Ro‘za esa o‘n to‘qqizinchi oy — “a’la” oyida (2-21 mart kunlari) o‘n to‘qqiz kun davomida tutiladi.

  Haj faqat erkaklarga va moliyaviy imkoniyati yetadiganlarga farz hisoblanadi. Haj Bobning Sherozdagi uyiga yoki Bahoullohning Bag‘doddagi yashash joyiga qilinadi. Hajning aniq vaqti yoki marosimi yo‘q.

Zakot soliq sifatida olinadi. Bobga ko‘ra, mol-mulkning beshdan biri miqdoridagi zakot Bahoiylikda ham bir xil bo‘lsa-da, bundan tashqari daromadning 19 foizini tashkil etuvchi “haqqulloh” deb ataladigan yana bir soliq mavjud.

  Har kuni ertalab va kechqurun, charchatmaydigan miqdorda Bahoullohga tegishli duo va so‘zlarni o‘qish har bir Bahoiy uchun farz hisoblanadi.

500

Bahoiylikdagi oy nomlarini sanang.

Baha, Jalal, Jamal, Azamat, Nur, Rahmat, Kalimat, Kamal, Asmo, Izzat, Mashiyyat, Ilm, Qudrat, Qavl, Masoil, Sharaf, Sulton, Mulk.

M
e
n
u