Dunyo dinlarida “fan” va “ilm” tushunchalari
Yahudiylik va fan
Cherkov va fan inqilobi
Islom manbalarida ilm
Musulmon olimlarining dunyo tamadduniga qo'shgan hissasi
100

Kreatsionizm qanday nazariya?

Kreatsionizm lotincha “creatio” so‘zidan olingan bo‘lib, yaratilish degan ma’noni beradi. U butun borliqni, hayotni, Yer sayyorasi va umuman olamni Xudo yaratgan deb e’tirof etuvchi teologik va g‘oyaviy konsepsiyadir.

100

Maymonid (Muso ibn Maymun) qaysi fanlarga oid asarlar yozgan?

Tibbiyot, matematika va falsafa

100

“Protestant etikasi va kapitalizm ruhi” asari muallifi kim?

Maks Veber

100

Alloh taolo birinchi bo'lib nimani yaratgan?

Qalam

100

Bayt al-Hikma qayerda, kim tomonidan tashkil etilgani va uning hukmronlik yillarini ayting

Bag'dod, xalifa Al-Ma'mun (813-833-yillar)

200

Buyuk Britaniyada evolyutison nazariyaga qarshi harakat nechanchi yil vujudga keldi?

1932-yil

200

Yahudiy shariati qanday nomlanadi?

Galaxa

200

Kimning mashhur shiori “Men anglash uchun imon keltiraman” — xristian falsafasining eng asosiy formulasiga aylangan: "Imon keltirish uchun anglayman va anglash uchun imon keltiraman”?

Avreliy Avgustin

200

Ilm o'zagi va undan yasalgan so'zlar Qur'oni Karimda necha marta kelgan?

779 marta

200

Kim “Arablarning faylasufi” nomi bilan mashhur bo‘lgan, matematika, musiqa, astronomiya, tibbiyot va mantiq sohalarida 260 dan ortiq asar yozgan?

Abu Yusuf Ya‘qub ibn Ishoq al-Kindiy 

300

Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Sotsiolog Malik Shebel 2007 yil fevral oyida Le Monde gazetasiga bergan intervyusida shunday degandi: “Islom hech qachon ilm-fandan qo‘rqmagan. Islom .....dan xavfsiramaydi. Islom evolyutsiya va odamning mutatsiyasidan qo‘rqmaydi”.

Darvinizm

300

Ikki karra Nobel mukofoti sohibasi, radiaktivlikni kashf etgan yahuduy olimasi kim?

Mari Kyuri

300

Ilk cherkov davrida kim falsafaga qarshi bo‘lgan va o'zining mashhur savolida: “Afina bilan Quddusning nima umumiyligi bor?” deb, falsafa va xristianlikni mutlaqo ikki xil manba deb hisoblagan edi?

Tertullian 

300

"Alloh sizlardan iymon keltirganlarning va ilmga berilganlarning darajalarini ko'tarur". Ushbu oyat Qur'onning qaysi surasi va nechanchi oyatidir?

Mujodala surasi, 11-oyat

300

“Zij as-Sindhind” nomli yirik astronomik jadvalni kim tuzgan?

Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy

400

Germaniyada Iogann Guttenberg tomonidan kitob bosish dastgohi nechanchi yil ixtiro qilingan?

1445-yil

400

Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Yahudiylar ta'limotiga ko'ra "Bu dunyoda barcha narsaning oxiri bor. Shuningdek, Yerning chegarasi, osmonning chegarasi bor, lekin .....ning chegarasi yo'q".

Tavrot

400

Kimning ta’limotiga ko‘ra, Yaratuvchi insonga aqlni ham vahiyni ham bergan, shunday ekan, falsafa va ilm bir-birini inkor qilmasligi, aksincha, uyg‘unlashishi kerak? Bu qarash keyinchalik Aleksandriya ilohiy maktabida shakllangan ilmiy-ta’limiy muhitning asosini yaratdi.

Origen

400

Kim "Olimlarning darajasi ilm olmaganlarning darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz yillik yo'lga teng", deganlar?

Ibn Abbos roziyallohu anhu

400

Astronomiya sohasida IX asrning yirik vakillaridan biri  bo'lib 858–929-yillarda yashagan. “Sobit al-Harroniy” nomi bilan ham tanilgan. U astronomik kuzatishlarni yuqori aniqlik bilan olib borgan va Quyosh yilining uzunligini 365 kun, 5 soat, 46 daqiqa va 24 soniya deb aniqlagan. U qaysi olim?

Muhammad al-Battani

500

IX asrda yashab o'tgan birinchi musulmon biologi kim?

Abu Usmon Amr ibn Bahr. Al-Jahiz nomi bilan tanilgan

500

"Talmud Tora keneged kulam" iborasini sharhlang

"Tavrotni o'rganish barcha amallarga tengdir"

500

“Confessiones” (“Iqrorlar”) va “De civitate Dei” (“Xudo shahri haqida”) asarlari muallifi kim?

Avreliy Avgustin 

500

Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Imom Termiziy rivoyat qiladilar: Payg'ambar alayhissalom aytdilar: "Dunyo va undagi narsalar la'natlangandir, faqat (1)..., (2)..., (3)... va (4)... yaxshidir".

1. Allohning zikri; 2) unga oshno boʻlish; 3) ilm o'rgatish; 4) ilm o'rganish

500

Kimyo fanining asoschisi sifatida tanilgan musulmon olim?

Jobir ibn Hayyon

M
e
n
u