Elektron jadval nima?
Elektron jadval – bu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida kiritish, saqlash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan dasturdir (masalan, Microsoft Excel).
Formulalar qaysi belgidan boshlanadi?
'='
Ma’lumotlar bazasi nima
Ma’lumotlarni tartiblangan holda saqlash va ishlov berish tizimi
Query nima?
Ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotni tanlab olish uchun so‘rov.
Takrorlash algoritmi nima?
Ma’lum amalni bir necha marta bajaruvchi algoritm turi.
Elektron jadvaldagi satr va ustun kesishgan joy nima deyiladi?
Katak,
Katak manzili formulada nima uchun ishlatiladi?
Hisoblashda boshqa katakdagi qiymatlarni olish uchun
Ma’lumot turi deganda nima tushuniladi?
Katakka kiritiladigan ma’lumotning shakli (matn, son, sana, mantiqiy qiymat
Queryda “teng” sharti qanday yoziladi?
“=” belgisi orqali (masalan, WHERE ism = 'Ali').
Takrorlash algoritmi qanday operatorlar yordamida yoziladi?
for, while, yoki repeat operatorlari orqali.
Elektron jadvalda ma’lumotlarni qanday kiritish mumkin?
Katakka kursorni olib borib, klaviaturadan ma’lumot yozish orqali.
Formulani nusxalash deganda nima tushuniladi?
Bir katakdagi formulani boshqa katakka ko‘chirish va avtomatik manzilni moslashtirish.
Maydon nima?
Jadvaldagi har bir ustun, ya’ni bir turdagi ma’lumotlar to‘plami.
Query natijasida nima olinadi?
Shartga mos yozuvlar ro‘yxati.
Takrorlash sharti nimani bildiradi?
Amal necha marta yoki qachongacha bajarilishini belgilaydi.
Elektron jadvalda avtomatik to‘ldirish funksiyasi nima uchun ishlatiladi
Qator yoki ustundagi qiymatlarni ketma-ketlik asosida avtomatik kiritish uchun (masalan, sanalar yoki raqamlar).
Nisbiy va mutlaq manzillar orasidagi farq nima?
Nisbiy manzil nusxalanganda o‘zgaradi (A1), mutlaq esa ($A$1) o‘zgarmaydi.
Jadvaldagi bir qator nima deb ataladi?
Yozuv (record).
Queryda bir nechta shartni birlashtirish uchun qanday operatorlar ishlatiladi?
AND, OR, NOT operatorlari.
Takrorlash algoritmidan foydalanishning afzalligi nimada?
Katta hajmdagi bir xil amallarni tez va xatosiz bajarish imkonini beradi.
Elektron jadvalda katak manzili qanday belgilanadi?
Ustun harfi va satr raqami orqali (masalan, A1, B3, D10).
Formulada $ belgisi nimani bildiradi?
Ustun yoki satr manzilini doimiy (mutlaq) qilib belgilaydi.
Ma’lumotlar bazasida kalit maydon qanday ahamiyatga ega?
Har bir yozuvni noyob tarzda aniqlash uchun ishlatiladi
Query orqali saralash qanday amalga oshiriladi?
ORDER BY buyrug‘i yordamida (masalan, ORDER BY yosh ASC).
Takrorlash jarayoni to‘xtashi uchun nima kerak?
To‘xtash sharti bajarilishi (masalan, sanagich qiymati chegaraga yetganda).