Jahon valyuta tizimi qaysi asosiy funksiyalarni bajaradi?
- tartibga solish
- likvidlilik
- boshqarish
... - chet elda joylashtirilgan xorijiy valyutadagi bank aktivlari.
Deviz
Hosilaviy qimmatli qog'ozlarga ta'rif bering
Hosilaviy qimmatli qog'ozlar o'z egalarining boshqa qimmatli qog'ozlar, valyuta, indeks, foiz va tovarlarga nisbatan huquqlarni yoki majburiyatlarni tasdiqlovchi sertifikat
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq ularni qanday guruhlarga ajratishimiz mumkin?
- birja instrumentlari (barcha koʻrinishdagi fyucherslar, birjada muomalada boʻluvchi standartlashtirilgan opsionlar);
- birjadan tashqari instrumentlar (forvardlar, nobirjaviy opsionlar, svoplar).
Bonus savol:
Agar 3 o'nlikni 4 o'likka ko'paytirsak qanday son hosil bo'ladi?
1200
SDR ning to'liq yoyilmasi
Special Drawing Rights
Valyuta operatsiyasining turiga qarab qanday turlari mavjud?
- bitim valyutasi;
- to'lov valyutasi;
- kredit valyutasi;
- kliring valyutasi;
- veksel valyutasi;
- sug'urta valyutasi
Hosilaviy qimmatli qog'ozlar turlarini ayting.
Opsion; fyuchers; svop; forvard; depozit tilxatlari; konosament; varrant; xususiylashtrish cheklari
Opsionga ta'rif bering va turini ham ayting
Opsion - lotincha "optio" so’zidan olingan bo’lib, tanlov (vybor) ma'nosini beradi. Opsion - bu ma'lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda, oldindan kelishilgan sanada yoki kelishilgan ma'lum bir davr ichida sotib olish yoxud sotish huquqini (sotib oluvchi opsioni uchun) boshqa shaxsga berilishi haqidagi ikki taraflama shartnomadir. Opsionning ikki asosiy turi mavjud: 1. call option; 2. put option
Tasavvur qilish qiyin, ammo 1923-yil noyabr oyida, inflyatsiya eng yuqori cho‘qqisiga yetgan paytda, Germaniyada bir AQSh dollari evaziga ... nemis markasi olish mumkin bo‘lgan
4 trillion
YVI qachon barpo etilgan?
1979-yil 13-martda
Valyuta munosabatlarining asosiy ishtrokchilarini ayting.
Davlat; rezident shaxslar; norezident shaxslar; xalqaro moliyaviy tashkilotlar
Varrant bu nima va uning turlari
Varrant (ing . warrant — vakolat). Varrant - bu investor ga kelajakda kompaniya aksiyasini ma'lum bir muddat davomida oldindan kelishilgan narxda sotib olish huquqini beradigan qimmatli qogʻozdir.
1) qimmatbaho qogʻoz ilovasi; uning egasiga qoʻshimcha huquq va imtiyozlar, xususan, qimmatbaho qogozlar savdosida belgilangan maʼlum vakt yoki muddatsiz davrda belgilangan narxda qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish huquqini beradi; 2) tovarning (don, ruda va b.) omborda saqpash uchun qabul qilinganini tasdiklovchi hujjat.
Forvard vs fyucher o'rtasidagi farqlarni ayting.
Forvard va Fyuchers o‘rtasidagi asosiy farqlar
Savdo joyi bo‘yicha farq
Forvardlar ikki tomon o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri (OTC) tuziladi, fyucherslar esa faqat birjalarda tuziladi.
Standartlashuv darajasi
Forvard shartnomasi to‘liq moslashtiriladi — tomonlar hajm, muddat, narx va shartlarni o‘zlari belgilashadi.
Fyucherslar esa standartlashtirilgan — hajmi, muddati va boshqa shartlari oldindan belgilangan bo‘ladi.
Xatar darajasi
Forvardda kredit xavfi yuqori, chunki shartnoma xususiy va kafolat mexanizmi kam.
Fyuchersda kliring palatasi ishtirok etadi, shu sababli qarshi tomon xavfi ancha past.
Likvidlik
Forvard shartnomalarida likvidlik past, chunki ular bir martalik va o‘ziga xos shartlarga ega.
Fyucherslarda likvidlik yuqori — bir xil standart shartnomalar bilan ko‘p investorlar savdo qiladi.
Kafolat (margin) talabi
Forvardlarda odatda margin talab qilinmaydi.
Fyucherslarda esa har doim boshlang‘ich va qo‘shimcha margin bo‘ladi.
Qog‘oz pullar ilk bor qayerda paydo bo‘lgan?
Xitoyda
BrettonVuds tizimi necha yil amal qilgan?
27 yil ( 1944-yildan 1971-yilgacha )
Yevrohududga oxirgi qo‘shilgan davlat — bu ...
Xorvatiya
BONUS
+400
Hosilaviy qimmatli qogʻozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga koʻra ularni qanday ajratishimiz mumkin?
- tovarlar boʻyicha (neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, metallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
- valyutalar boʻyicha (valyutaviy qimmatliklarga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
- fond birjalar boʻyicha (aksiya, obligatsiya, fond indekslari, volatillik indekslariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
- foizlar boʻyicha (qarz majburiyatlari boʻyicha foiz stavkalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar);
- kreditlar boʻyicha (hosilaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovlar, kreditlar boʻyicha muayyan bir holatlarning sodir boʻlishiga bogʻliq);
- nostandart bazis aktivlar boʻyicha (ob-havo, saylov natijalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qogʻozlar va boshqalar).
Topishmoq:
Cho'zilib yotar narvon, undan o'tar uy-karvon.
Poyezd yo'li
BrettonVuds bitimi - qachon va necha mamlakat ishtirokida BrettonVuds (AQSH)da oʻtkazilgan valyutamoliya konferensiyasida imzolangan bitim?
1944-yil 1—29-iyulda 44 mamlakat ishtirokida
Shavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kando boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkori bo‘lib qolmoqda – qo‘shma loyihalar portfeli qanchadan oshdi?
15 milliard dollardan
Svop operatsiyalari valyuta zaxiralarini valyut riskidan ishonchli tarzda himoya qiladi, ammo ... ... keltirmaydi.
Yuqori daromad. Chunki bu operatsiyalarda doimo ikkita bir-biriga qaramaqarshi operatsiya mavjud bo‘ladi.
Qayerda esa XVII asrning boshlaridayoq ular boʻyicha opsionlar savdosi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan edi?
Amsterdam
Kim – AQSh valutasida tasvirlangan yagona ayol?
Marta Vashington