,,Ikki eshik orasi” asari muallifi kim?
O’tkir Hoshimov
Kamalakda nechta rang bor?
7 ta
O’zbek tilida nechta kelishik mavjud?
O’zbekiton bayroqg’i qachon qabul qilingan?
1991-yil 18 noyabr
Lift o’rnatilgan 10qavatli turargoh bo’lib, 1-qavatda bor yo’g’i 3 kishi turadi, yuqorilagan sari odam miqdori ortadi. Bu turargohda liftning qaysi tugmasi eng ko’p ishlashini toping?
O’tkir Hoshimovning ,,Urushning so’nggi qurboni” asaridagi Shone’mat qanday kasal bilan og’rir edi?
Sil kasali
Yerdagi eng katta okean qaysi?
Tinch okeani
Ko’ziga cho’p suqmoq iborasining ma’nosi?
Aldamoq
Ikkinchi jahon urushi qaysi yillarda bo’lib o’tgan?
1941-1945
Tayyorlaysiz, lekin yeb bo’lmaydi. Nima bu?
Darslar
,,Hellados” asari qahramoni Yanguli asli qayerlik edi?
Abxaziya
Uilyam Shekspir qachon tug’ilgan?
1564-yil
O’tgan zamon davom fe’li qanday hosil qilinadi?
Fe’l asoslariga -r(-ar) qo’shimchasini qo’shish, to’liqsiz fe’lni keltirish va tuslash orqali
Jadidchilik harakatini boshlab bergan inson kim?
Ismoil G’aspirali
Shlyapasida chumchuq o’tirgan qorovul nima qilyapti?
Uxlayapti
Alisher Navoiyning ,,Xazoyin ul-ma’oniy” kulliyotiga nechta g’azal jamlangan?
2600 ta
Oyga ilk bor qadam qo’ygan shaxs kim?
Nil Armstrong
Albatta, biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida, o’n yil xizmat qilganmiz, begim.
Ushbu gapda boshqa bo’laklar bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan nechta bo’lak mavjud?
2 ta
Tico avtomobili O’zbekistonda qachondan ishlab chiqarilishi boshlangan?
1996-yildan
Nima uchun dunyoda oq ayiqlar ovda pingvin yemaydi?
Oq ayiqlar shimoliy qutbda, pingvinlaresa janubda yashaydi.
Rasul Hamzatovning ona tilisi qaysi?
Avar tili
Kolizey qayerda joylashgan?
Italiyada
Doim yodingizda tutingki, yaxshilik hech qachon javobsiz qolmaydi?
ushbu gap ergashgan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
Birinchi Turkiston general gubernatori kim bo’lgan?
K.P. Kaufman
Ikkita dada va ikkita farzand yurib, uch dona mango topib oldi. Har biriga bir donadan mango tegdi. Qay holda?
Bobo,ota va o’g’il edi