Gulxaniyning "Zarbulmasal" asari xalq orasida qanday nom bilan mashhur boʻlgan?
"Yapaloqqush hikoyasi"
Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida nechta maqol keltirilgan?
400ga yaqin
Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida nechta masal keltirilgan?
15dan ortiq
Sangpoʻsht nima?
Toshbaqa
Zogʻ nima?
Qargʻa
"Zarbulmasal" asarida oʻz joyini bilib yurmaslik fojia keltirishi qaysi hikoyada aytib oʻtiladi?
"Kabutar bilan zogʻ"
"Zarbulmasal"da qoʻlidan kelmagan ishga uringan kishi sharmanda boʻladi, degan fikr qaysi hikoyada aks etgan?
"Maymun bilan najjor"
"Zarbulmasal"ning qaysi masalida doʻst tanlashda adashmaslik haqida soʻz boradi?
"Toshbaqa bilan chayon"
"Zarbulmasal"ning qaysi masalida erki oʻz qoʻlida boʻlmagan kishining fojiasi koʻrsatiladi?
"Tuya bilan boʻtaloq"
"Zarbulmasal"ning qaysi hikoyasida noshukurlik tanqid qilinadi?
"Dumsiz eshak"
"Zarbulmasal"da qoʻlidan kelmagan ishga uringan maymun haqidagi hikoyani kim aytadi?
Hudhud
"Toshbaqa bilan chayon" masalida Toshbaqa Chayonni qayerda uchratadi?
Iroqdan Hijozga borayotganda
"Zarbulmasal" asarida "Tuya bilan boʻtaloq" hikoyati qaysi qahramon tilidan aytiladi?
Koʻrqush
"Zarbulmasal" asari qahramoni Gunashbonuning otasi kim?
Boyoʻgʻli
Uch barmogʻini yuvib ikkisin yuvmay qoʻyuvchi obraz qaysi masalda uchraydi?
"Yodgor poʻstindoʻz"
"Zarbulmasal" asaridagi Yapaloqqush va Boyqushlar qanday shaxslar timsoli hisoblanadi?
Bosqinchi, zolim xonlar timsoli
"Zarbulmasal" asarida Boyoʻgʻlining qiziga qaysi qush sovchi boʻlib boradi?
Koʻrqush
"Zarbulmasal" asarida qushlar shohi xazinachisi boʻlgan qush nomi nima?
Kordon
"Zarbulmasal" asaridagi "Maymun bilan Najjor" asari qaysi she'riy janrda yozilgan?
Masnaviy
"Zarbulmasal" asaridagi asosiy masalalarni oila a'zolari, qarindoshlari bilan kengashib hal qiluvchi qahramon kim?
Boyoʻgʻli
Masalda "gʻoyatda sohibi fahm-farosatlik edi" deb kimga aytilgan?
Sangpoʻsht
Qaysi masalda dushmanga hushyor boʻl deyilgan?
"Toshbaqa bilan Chayon"
Asarda vayronalarga boy muzofot deb qayer tilga olinadi?
Buxoro
"Koʻrki burunduq kishining qoʻlida, Bu kishining koʻzlari oʻz yoʻlida" parchasi qaysi masaldan olingan?
"Tuya bilan boʻtaloq"
Hindistonning Kashmir viloyati atrofidagi togʻda boʻladigan voqealar qaysi masalda aytib oʻtiladi?
"Maymun bilan Najjor"