Daʼvo ishini yuritish
Aralash 1
Aralash 2
Sud buyrug'i
Da'vo ishini yuritish(oila va yer)
100

Da’vo ishini yuritish tartibida qaysi turdagi ishlar ko‘rib chiqiladi?

Bu tartibda sud tomonidan fuqarolik, mehnat, oilaviy, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar ko‘rib chiqiladi, agar ularni ko‘rishning boshqa tartibi qonunchilikda belgilanmagan bo‘lsa.

100

Qaysi holatlarda sud tarafni huquqiy voris bilan almashtirishga haqli va huquqiy vorislik sud ishining qaysi bosqichida amalga oshirilishi mumkin?

Agar taraflardan biri yoki uchinchi shaxs (masalan, fuqaroning vafoti, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, talabning boshqa shaxsga o‘tishi) protsessdan chiqib ketsa, sud uni huquqiy voris bilan almashtirishga yo‘l qo‘yadi va vorislik har qanday bosqichda amalga oshirilishi mumkin.

100

Kelishuv bitimi va mediativ kelishuv qaysi bosqichlarda tuzilishi mumkin?

Sud taraflarni yarashtirishga ko‘maklashadi va ular istasa kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv orqali nizoni to‘liq yoki qisman hal etishlari mumkin. Kelishuv bitimi sud ishining har qanday bosqichida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud xonaga maslahat uchun chiqishidan oldin tuziladi.

100

Sud buyrug'i nima va qancha muddatda beriladi, berilish tartibi qanday? Omadingiz borligi uchun Buyruq tartibida ish yuritishda taraflar sifatida kimlar ishtirok etadi?

Sud buyrug'i- nizosiz talablar bo'yicha sud muhokamasi o'tkazmasdan beriladigan hujjatdir.

 Arz qilingan talabning mazmuni bo'yicha sud buyrug'i ariza sudga kelib tushgan kundan e'tiboran 3 kun ichida sudya tomonidan beriladi. Sud buyrug'i sudya tomonidan undiruvchi va qarzdorni sudga chiqrmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda sud muhokamasisiz beriladi. Sud buyrug'i sud tomonidan imzolanadi.

Buyruq tartibida ish yuritishda taraflar undiruvchi va qarzdor

100

 Aliment turlarini ayting?

Aliment turlari quyidagilar:

voyaga yetmagan bolalar uchun ota-onadan aliment undirish;

er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning bir-biriga aliment undirish;

- ota-onalarni voyaga yetgan bolalaridan aliment undirish

200

Qaysi holatda er-xotinning mol-mulkini bo‘lish talabi nikohni bekor qilish ishi bilan birga ko‘rib chiqilmaydi?

Agar er-xotinning mol-mulkini bo‘lish masalasi nizoni to‘g‘ri hal etish uchun uchinchi shaxslarni ishga jalb qilishni talab etsa, bunday talab nikohni bekor qilish haqidagi ish bilan birga ko‘rilmaydi.

200

Shartnoma bo'yicha (ixtiyoriy) vakillik tushunchasi va turlari qanday?

Quyidagilar shartnoma bo‘yicha (ixtiyoriy) vakil bo‘la oladilar:

  1. Advokatlar;

  2. Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan yoki yon shajara bo‘yicha qarindoshlar, shuningdek, er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;

  3. Yuridik shaxslarning xodimlari – shu yuridik shaxslarning ishlari bo‘yicha;

  4. Notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari – shu tashkilotlar a’zolarining ishlari bo‘yicha;

  5. Qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;

  6. Birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirig‘i bo‘yicha;

  7. Ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar.

Sudda ish yuritish bo‘yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug‘ullanishi mumkin.

200

Da'voga bo'lgan huquq va da'vo qo'zg'atishga bo'lgan huquq nima?

Da'voga bo'lgan huquqqa barcha shaxslar ega bo'ladi. Ya'ni bunda shaxslar muomalaga layoqatiga ega bo'lish bo'lmasligidan qat'i nazar o'zining huquqini himoya qilishga haqli

Da'vo qo'zg'atishga bo'lgan huquq deganimizda muomala layoqatiga ega bo'lgandan so'ng o'zining buzilgan huquq va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilish tushuniladi. Har kim ham da'vo qo'zg'atish huquqiga ega bo'lmaydi. Masalan, voyaga yetmaganlarning  da'voga bo'lgan bo'lgan huquqi bor,  lekin da'vo qo'zg'atishga bo'lgan huquqi yo'q

200

Sud buyrug'i qanday asoslar bo'yicha chiqariladi?

1) talab notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan boʻlsa;

2) talab yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa;

3) kommunal xizmatlar yoki aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;

4) voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish toʻgʻrisidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmagan talab arz qilingan boʻlsa;

5) hisoblangan, lekin xodimga toʻlanmagan ish haqini va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish haqida talab arz qilingan boʻlsa;

6) fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;

7) ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovlari muddatida toʻlanmaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;

8) koʻp kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va toʻlovlarni undirish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa;

9) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan koʻchar mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab arz qilingan boʻlsa.

200

Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlar qaysi ishlar bilan birga ko'rilishi mumkin?

Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlar aliment undirish, er-xotinning mulkini bo'lish to'g'risidagi ishlar bilan birga qo'shib ko'rilishi mumkin. Istisno tariqasida O'zbekiston Respublikasi FPKning 185-moddasiga ko'ra, er-xotinning mulkni boʻlish haqidagi talabi, agar bu nizoni to'g'ri hal qilish uchun ishga uchinchi shaxsni jalb qilish zarur bo'lsa, nikohni bekor qilish haqidagi ish bilan birga ko'rilishi mumkin emas.

300

Alimentga oid vaqtinchalik mablag‘ undirish haqidagi sud ajrimi qachon ijro etiladi?

Aliment bo‘yicha vaqtinchalik mablag‘ undirish haqidagi sud ajrimi chiqarilgan zahoti ijro etilishi shart.

300

Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish qaysi hollarda amalga oshiriladi?

Farzandlikka olish quyidagi hollarda:

ota-onaning kimligi noma'lum bo'lsa;

ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo'lsa;

ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo'qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bo'lsa;

ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo'lsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi (OKning 160-moddasi).

300

Qaydi holatda da'vo arizasi shaklida,ariza shaklida, shikoyat shaklida sudga murojaat qilish mumkin?

Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha-da'vo arizasi shaklida;

Buyruq tartibida ish yuritish bo'yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo'yicha, shuningdek ushbu kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda- ariza shaklida;

Apellatsiya va kassatsiya instansiya sudlariga murojaat etilganda-shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.

300

Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni rad etish asoslarini ayting?

Sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 194-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etadi. Sudya arizani qabul qilishni quyidagi hollarda ham rad etadi, agar:

1) arz qilingan talab ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;

2) qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa;

3) huquq toʻgʻrisida nizo mavjud deb hisoblansa.

Arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida sudya ariza sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.

Arizani qabul qilish rad etilganligi undiruvchining shu talab boʻyicha daʼvo ishini yuritish tartibida daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.

300

Nikohdan ajratish to'g'risida kimlar sudga da'vo qo'zg'a-tishga haqli?

O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasi talabiga ko'ra, nikohdan ajratish haqidagi ishlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan qo'zg'atiladi. Zarur hollarda, agar buni muomalaga layoqatsiz er yoki xotin manfaatlari himoyasi taqozo etsa, nikohdan ajratish to'g'risidagi ariza uning vasiysi tomonidan berilishi mumkin.

400

Mehnat nizolari boʻyicha kimlar sudga murojaat qilish huquqiga ega?

O'zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligiga ko'ra, quyi-

dagilar mehnat nizosini ko'rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat

qilish huquqiga egadirlar:

1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi;

2) mehnatning huquq boʻyicha inspektori;

3) beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo'lmagan taqdirda, shuningdek, unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo'yicha;

4) prokuror.

400

Da'vogarning qanday maqsadni ko'zlashiga, nima to'g'risida qaror chiqarilishini suddan iltimos qilishiga qarab da'vo nechchi turga bo'linadi? Javobingiz to'liq bo'lishi uchun misollar ham keltirishingiz so'raladi.

Ikki turga undirish va tan olish to'g'risidagi da'vo

Undirish to'g'risida mulkka nisbatan egalik huquqini olish, aliment undirish, qarz undirish

Tan olish er-xotinlik faktini belgilash, muomala layoqati cheklangan deb topish

400

Qaysi hollarda sud arizani qabul qilishni rad etadi?

Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) arz qilinayotgan talab fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy sudga yoki maʼmuriy sudga taalluqli boʻlmasa;

2) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki daʼvogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud boʻlsa;

3) fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;

4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan fuqarolik ishlar boʻyicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.

5prim) sudning ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa;

Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga toʻsqinlik qiladi.

Agar nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli boʻlsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini koʻrsatishi shart.

Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

400

Qachon aliment undirish bo'yicha sud buyrug'i chiqarilmaydi?

Sudlar birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik(onalik)ka nisbatan e'tiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrug'i chiqarish mumkin emas. Oila kodeksi 102-moddasi -qismiga asosan voyaga yetmagan farzand ta'minoti uchun qat'iy summada aliment undirish haqidagi talab, voyaga yetmagan bola uchun aliment undirish haqidagi talabida po'tgan davr uchun ham aliment undirish talabi mavjud bo'lsa

400

Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha kimlar sudga da'vo qo'zg'atishga haqli?

Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo'yicha sudga huquqi buzilgan shaxslar, hokimiyatlar, tash-kilotlar, Davlat mulkini boshqarish qo'mitasining turar joy masalalari bo'yicha bo'limlarining hududiy organlari va prokuror murojaat qilishga haqlidirlar.

500

Mehnatga oid nizolar boʻyicha sudning hal qiluv qarori ijrosi qanday?

O'zbekiston Respulikasi FPKning 266-moddasiga ko'ra, xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib be-rish to'g'risidagi; mayib bo'lganlik yoki sog'liqqa boshqacha tarzda shikast yetishi, shuningdek, boquvchisining o'limi natijasida ko'rilgan zararni qoplash uchun to'lovlar undirish to'g'risidagi; mehnat shart-nomasi g'ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g'ayri-qonuniy ravishda boshqa ishga o'tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to'g'risidagi, shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta'rifini o'zgartirish to'g'risidagi ishlar bo'yicha chiqarilgan hal qiluv qarori darhol ijro etiladi

500

Nikohdan ajratish to'g'risidagi ishlar qaysi organga taaluqli?

Aliment undirish to'g'risidagi ishlar qaysi organga taaluqli?

Otalikni belgilash to'g'risidagi ishlar qaysi organga taaluqli?

Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar qaysi organga taaluqli?

Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar qaysi organga taaluqli?

Alohida tartibda ko'riladigan ishlar qaysi organga taaluqli?

1.1 Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga 1.2 FHDY organi

2.1Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga 2.2 Notarius

3.1Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga 3.2 FHDY organi

4.1Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga 4.2 prokuratura 4.3 Mahalliy hokimiyat organlariga

5.1Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga 5.2 Mehnt nizolari komissiyasi

6.1Fuqarolik ishlari bo'yicha sudga taaluqli 

500

Ishni ko'rib chiqish bilan bog'liq bo'lgan chiqimlarga nimalar kiradi?

1) guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga to'lanishi lozim bo'lgan summalar;

2) Joyida ko'zdan kechirish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar;

3) FPKning 165-moddasida nazarda tutilgan hollarda javobgarni qidirish uchun qilingan xarajatlar;

3 prim) sud xabarnomalarini va sud hujjatlarini yuborish bilan bog'liq pochta xarajatlar;

4) sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar; 

5) sud tomonidan tan olingan boshqa zarur xarajatlar.

500

Sud buyrug'i chiqarish to'g'risidagi ariza rad qilinganida qancha muddatda shikoyat beriladi? 

Sud buyrug'ini berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni rad etish undiruvchi shu talab bo'yicha sudga da'vo tartibida murojaat qilish huquqidan mahrum qilmasligi sababli sudlar shuni nazarda tutsinki sud buyrug'i berish to'g'risidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmaydi.

500

Qaysi hollarda er nikohdan ajratish to'g'risida sudga da'vo qo'zg'atishga haqli emas?

Nikohdan ajratish to'g'risidagi da'vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug'ilganidan so'ng bir yil mobaynida nikohdan ajratish to'g'risida ish qo'zg'atishga, garchi u tug'ilish to'g'risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo'lsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola o'lik tug'ilgan yoki bir yoshga to'lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.

M
e
n
u