Nima uchun Xorazmda qal'alar qum ustiga qurilgan bo'lgan?
Chunki Xorazm 2 buyuk cho'l orasida/ustida joylashgan
G'arb tarixchilari xioniylarni xunnlarga qarindosh deb, nima deb atashgan?
Oq xunnlar
Turk xoqonligi nechanchi asrlarda bir qancha hokimliklarga bo'linadi?
V-VII asrlarda
Turonlar qanday urush anjomlarini o'ylab topishgan?
Egar-jabduq, uzangi va tizgin
"Abu Muslim"ning lug'aviy ma'nosi nima?
Muslimning otasi
Nechanchi yildan boshlab Xorazmda "Afrig'iylar" nomli podsholik hukm sura boshlagan?
616-yil
Kidariylarning tangalari qaysi yozuvda chop etilgan?
Braxmiy yozuvida
Qayerda hukmdorlarni "ashit" deb atashgan?
Farg'onada
Usmon Turonning "Turkiy xalqlar mafkurasi" kitobida turkiylar qanday tasvirlangan?
Dovuldek paydo bo'lib, qushdek bir zumda ko'zdan yo'qoladi
Nechanchi asrda Tan imperiyasining Turonga tahdidi kuchayadi?
VIII asrning o'rtalariga kelib
VI-VII asrlarda Xorazmning shimoliy devorlarining o'rtasiga bir saroy solinadi. Ana o'sha saroyning devorlari nimadan qilingan?
Ko'shk saroyi - paxsadan
Qayerda kidariylar va eftaliylar hukmronligi o'rnatilgach, xioniylar eftaliylarga tobe bo'lib qoladi?
Turon
Chochda qaysi dinlar asosan tarqalgan bo'lgan?
Tangrichilik, nestorian va moniylik
Dinlarning shakllanishi tarixiga oid teologik va materialistik qarashlar nimasi bilan farqlanadi?
Teologik: dinning paydo bo'lishi Xudo bilan bog'liq
Materialistik: bu qarash ibtidoiy insonning qo'rquvlari bilan bog'lanadi
751-yil iyulda kim ostidagi qo'shini Gao Syanchjining yirik qo'shini bilan Talas daryosi bo'yida to'qnashgan?
Arab qo'mondoni Ziyod ibn Solih
Payg'ambar alayhissalom dunyoga kelgan vaqtda, Xorazm shohlaridan kim podshoh edi?
Aramux ibn Buzgor ibn Xomgariy ibn Shovush Sixr ibn Askajmuk ibn Saxxasak ibn Bag'ra ibn Ofrig'
Xioniylar birinchi marotaba Eronga yurishidan so'ng, Sharqqa yurish qilishadi, ya'ni sosoniylarga. O'sha vaqti ularning shohi kim bo'lgan?
Shopur II
Turk xoqonligi qaysi qabilalarni birlashtirgan va uning hududlari qayergacha cho'zilgan bo'lgan?
Oltoy va Janubiy Sibirdagi turklarni birlashtirgan; Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan
"Masih" so'zi qaysi tildan olingan va uning ma'nosi nima?
Yahudiy-ibriydagi "moshiax" so'zidan, "silangan/siylangan" ma'nolarida keladi
"Nimkanop" qog'ozlari nima sababdan dolchinrangda bo'ladi?
Ular ipak qoldiqlari hamda po'stloq tolalari bilan qorishtirib tayyorlanganligi uchun
O'zbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Bog'ot tumanida joylashgan qal'ani qurishda ishlatilgan g'ishtning o'lchamlari qanday bo'lgan?
Kattaligi - 36x38 cm
Qalinligi - 9-11 cm
"V asrning 20-yillarida g'arbdan Sirdaryo va Orol bo'ylari orqali Xorazm hamda Amudaryo havzasiga yana bir ko'chmanchi aholi - toxarlar kirib kelgan". Shu gap to'g'rimi?
Xato. G'arbdan emas, sharqdan kirib kelishgan
Buxoro va Naxshab tangalarining farqi nimada bo'lgan?
Buxoro tangalarining o'ng tomonida hukmdor tasviri tushirilgan bo'lgan, Naxshab tangalarining o'ng tomonida esa, podshoning faqat bosh qismi ko'rinardi.
"Manoqib al-atrok" asarida arab adibi Johiz nima deb aytib o'tgan?
"Sosoniy-forslar barcha xalqlardan davlatni boshqarish sohasida, xitoyliklar - hunarmandchilikda, yunonlar - ilm-fanda, turklar - harbiy ishda ustunlar".
Nima uchun abbosiylarga qarshi xalq harakatlari avj oldi?
Chunki abbosiylar Abu Muslimni qatl etishgan edi