Jamoa 1
Jamoa 2
Jamoa 3
100

Inclusive ta’limning eng asosiy maqsadi nima?

Barcha bolalarga teng imkoniyat yaratish va bir sinfda birga o‘qitish.

100

Diqqatida qiyinchilik bo‘lgan o‘quvchiga eng yaxshi yordam?

Kichik vazifalar, qisqa yo‘riqnomalar va ko‘proq vizual materiallar.

100

Eshitish apparati bo‘lgan o‘quvchi darsda qiynalmoqda. Sizning birinchi qadamingiz?

Qurilmani tekshirish va bola ko‘ra oladigan joyga o‘tkazish.

200

Eshitishida muammo bo‘lgan o‘quvchi uchun sinfni qanday joylashtirasiz?

To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchini ko‘ra oladigan old qatorga joylashtirish.

200

Jismoniy cheklovi bo‘lgan o‘quvchi uchun sinfni qanday moslashtirasiz?

Yo‘lakni kengaytirish, stolni mos joyga qo‘yish, barerlarni olib tashlash.

200

Diqqatida muammo bo‘lgan bola shovqin qilsa?

Uni vazifaga jalb qilish, ko‘proq qisqa yo‘riqnoma berish, yoniga yordamchi o‘quvchini qo‘yish.

300

Oddiy dars rejani inclusive qiladi deb nimani ayta olasiz?

Bitta mavzuni bir nechta uslubda o‘rgatish (audio, video, amaliy).

300

 “Inclusive ta’lim sog‘lom bolalarga zarar qiladi” — fikr qanday?

Noto‘g‘ri. Aksincha, empatiya va hurmatni oshiradi.

300

Ko‘zi yaxshi ko‘rmaydigan o‘quvchiga dars mashg'ulotlari qanday moslashtiriladi?

Katta shrift, kontrast ranglar, old qator, audio materiallar.

400

 O‘quvchi tashxisini bilmasdan turib qanday yondashish kerak?

Kuzatish asosida qulay sharoit yaratish va moslashuvni bosqichma-bosqich qilish.

400

Psixologik muammosi bor bola darsga qatnashmayapti. Yondashuv?

 Psixolog bilan hamkorlik, yumshoq, bosqichma-bosqich xavfsiz muhit yaratish.

400

“Universal Design for Learning (UDL)” uchta asosiy tamoyili?

1. Axborotni turli ko‘rinishda berish. 

2. Ijroni turlicha tashkil etish. 

3. O‘quvchini rag‘batlantirishning turli usullari.

500

Differensial ta’lim va inclusive ta’lim o‘rtasidagi farq?

Differensial ta’lim – darajalarga bo‘lib o‘qitish.

Inclusive ta’lim – barcha bolalarni birga o‘qitib, moslashtirish.

500

Jismoniy nogironligi bor bola uchun jismoniy tarbiya darsini qanday moslashtirasiz?

Moslashtirilgan harakatlar, o‘tirib bajariladigan mashqlar, turli darajadagi yuklama.

500

Baholashni qanday moslashtirish mumkin?

Yozma o‘rniga og‘zaki, qisqa test, grafik javoblar, ko‘proq vaqt berish.

M
e
n
u