Oila psixologiyasi nimani o‘rganadi?
Oila psixologiyasi oiladagi munosabatlar, rollar, kommunikatsiya, nizolar va ularni boshqarish jarayonlarini o‘rganadi.
Gender rollari qanday shakllanadi?
Oilada tarbiya, atrof-muhit, maktab, madaniyat va ommaviy axborot vositalari orqali shakllanadi.
Oilaviy qadriyatlar nima?
Oila ichida muhim deb hisoblanadigan odatlar, tamoyillar va axloqiy qoidalar majmui.
Gender tengsizlik qachon yuzaga keladi?
Erkak va ayolga turlicha munosabat, imkoniyat cheklanishi bo‘lganda.
Gender psixologiyasi nima?
Gender psixologiyasi erkaklar va ayollarning psixologik farqlari, ularning jamiyatdagi rollari va bu rollarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.
Oila psixologiyasida “konflikt” nima?
Oila a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik, fikr va manfaatlar to‘qnashuvi.
Ota-onaning tarbiyadagi roli nimaga bog‘liq?
Ularning shaxsiy xulqi, mehribonligi, nazorati va bolaga bo‘lgan munosabatiga.
Oila ichidagi kommunikatsiya nima?
Oila a’zolarining bir-biri bilan so‘zlashuvi, fikr almashuvi, his-tuyg‘ularini ifoda etish jarayoni.
Nizolarni bartaraf etishning samarali usullaridan biri?
Ochik muloqot — ya’ni bir-birining fikrini tinglash va hurmat bilan muhokama qilish.
Gender ijtimoiylashuvi deganda nima tushuniladi?
Bola jamiyat talablariga mos ravishda o‘z jinsiga xos xulq-atvorni o‘rganish jarayoni.
Gender stereotipi deganda nima tushuniladi?
Jamiyatda erkak yoki ayolga xos deb hisoblanadigan tayyor fikrlar va tasavvurlar (masalan, “erkak kuchli bo‘lishi kerak”, “ayol muloyim bo‘ladi”).
Gender tengligi nimani anglatadi?
Erkak va ayolning teng huquqlarga, imkoniyatlarga ega bo‘lishi.
Oila psixologiyasida “emosional qo‘llab-quvvatlash” nima?
Oila a’zolarining bir-biriga mehr, e’tibor, dalda va ruhiy yordam berishi.
Oilada rol taqsimoti qanday bo‘ladi?
Har bir oila a’zosining majburiyati, mas’uliyati va vazifasi — masalan, iqtisodiy ta’minot, tarbiya, uy yumushlari va boshqalar.
Sog‘lom oilaviy muhitni yaratishda eng muhim omil?
O‘zaro hurmat va ishonch.
Sog‘lom muloqotning asosiy belgisi?
Bir-birining fikriga hurmat bilan quloq tutish.