Yakuniy mahsulot nima?
iste’molchiga tayyor holatda yetkaziladigan va qayta ishlovga kiritilmaydigan mahsulot
Rivojlanish tushunchasi nimani o‘z ichiga oladi?
iqtisodiy o‘sishga qo‘shimcha ravishda ijtimoiy, institutsional va texnologik yaxshilanishlarni
Intensiv o‘sish modelining ustun tomoni nimada?
barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish
YAIM hisoblash usullarini sanab bering
daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo'shilgan qiymatusuli
Rivojlanish bo‘lmay turib o‘sish yuz berishi mumkinmi?
Xa. O‘sish rivojlanishsiz resurslarni ko‘paytirish orqali mahsulot hajmi oshganda yuz beradi
Iqtisodiy yuksalish nima?
bu mamlakat ishlab chiqarish hajmi va farovonligining barqaror o‘sishi.
YAIMning real va nominal ko‘rinishlari o‘rtasidagi farq nimada?
Real YAIM narxlar inflyatsiyani inobatga oladi, nominal YAIM esa joriy narxlarda hisoblanadi
Ekstensiv o‘sish modelining asosiy manbasi nima?
resurslar miqdorini ko‘paytirish (mehnat, yer, kapital)
Prognozlashtirish nima?
kelajakdagi tendensiyalarni oldindan ko‘rib bilish
Strategik reja bu nima?
tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari va ularga erishish yo‘llarini belgilovchi hujjat
So‘m kursining pasayishi eksportchi foydasini qanday o‘zgartiradi?
eksportchilar foydasi ortadi
Pul - kredit siyosatini kim olib boradi?
Markaziy bank
YAIMga rasmiy bo‘lmagan iqtisodiyot nega kiritilmaydi?
chunki uning faoliyati hujjatlashtirilmagan va rasmiy statistikada ishonchli tarzda o‘lchab bo‘lmaydi
makroiqtisodiy agentlarni sanab bering
Uy xo‘jaliklari, Firmalar, Davlat, Xorijiy sektor
Fiskal siyosat vositalari?
Davlat xarajatlari, soliqlar
Inson rivojlanish indeksi (HDI) qanday omillar asosida shakllantiriladi?
umr uzunligi, ta’lim darajasi va aholi jon boshiga daromad
Gini koeffitsientining 0 ga yaqin bo‘lishi nimani anglatadi?
jamiyatda daromadlar teng taqsimlanganini anglatadi
Barqaror rivojlanish konsepsiyasining asosiy maqsadi nima?
iqtisodiy o‘sishni ekologik muvozanat va ijtimoiy farovonlik bilan uyg‘unlashtirish
Ekspert baholash usulining afzalliklari va cheklovlari nimada?
Afzallik - tajribaga asoslangan tezkor xulosa olish, cheklovi esa subyektivlikning yuqoriligidir
Gini koeffitsientining oshishi iqtisodiy siyosat uchun qanday xavflarni yuzaga keltiradi?
ijtimoiy tengsizlik, kambag‘allik va ijtimoiy beqarorlik xavfini kuchaytiradi
Ekstrapolyatsiya usulining mohiyati nimaga asoslanadi?
Ekstrapolyatsiya mavjud tarixiy ma’lumotlarning davomiyligi kelajakda ham saqlanishiga asoslanadi.
Xususuylashtirish 4 shaklini sanab bering
Davlat korxonalarini sotish, Korporatsiyalashtirish, Lizing, Xadiya, Ishonchli boshqaruvga o'tkazish (trast)
HHI indeksi yuqori bo‘lsa, bu nimani anglatadi?
Kartel va trest o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Iqtisodiy-matematik modellar iqtisodiy siyosat ishlab chiqarishda qanday ishlatilishi mumkin?
odatda prognozlar uchun ishlatiladi
Antimonopoliya siyosatining vositalariga misol keltiring
raqobatni cheklovchi bitimlarni taqiqlash, bozorlarda dominant mavqeni suiiste’mol qilishni nazorat qilish