1
2
3
4
5
100

Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi qaysi hujjat asosida tasdiqlangan?

U Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni asosida tasdiqlangan.

100

Taraqqiyot strategiyasi nechta bo‘lim va nechta maqsadni o‘z ichiga oladi?

Strategiya 7 ta bo‘lim va 100 ta maqsaddan iborat.

100

41-maqsadning asosiy vazifasi nimadan iborat?

41-maqsad maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq taʼlimi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratishni nazarda tutadi.

100

2026-yilga borib o‘quv o‘rinlari soni nechaga yetkazilishi rejalashtirilgan

O‘quv o‘rinlari soni 2026-yil yakuniga qadar 6,4 millionga yetkazilishi rejalashtirilgan.

100

Nodavlat taʼlim tashkilotlarining ulushi 2026-yilda nechaga yetkaziladi?

Nodavlat taʼlim xizmatlari ulushi 2026-yilda 8 foizga, jumladan 2022-yilda 3 foizga yetkazilishi belgilangan.

200

2022–2026-yillarda qaysi turdagi bolalar maktablarini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi?

Ushbu davrda 217 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabini rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi.

200

42-maqsadga ko‘ra, o‘quv dasturlari va darsliklar qachongacha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi?

O‘quv dasturlari va darsliklar 2026-yilga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.


200

2026-yilgacha nechta yangi darslik va o‘quv-metodik materiallar yaratiladi?

Milliy o‘quv dasturi asosida 699 nomdagi, jumladan 2022-yilda 296 nomdagi yangi darslik va o‘quv-metodik materiallar yaratiladi.

200

43-maqsadga muvofiq o‘qituvchilarning oylik maoshi nechaga yetkaziladi?

Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich 1 000 AQSH dollari ekvivalentiga yetkaziladi.


200

44-maqsad doirasida maktab taʼlim sifatini oshirish uchun qanday choralar ko‘riladi?

O‘qituvchilar uchun mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablari joriy etiladi, bilim va ko‘nikmalar diagnostikadan o‘tkaziladi, chekka hududlar oliy maʼlumotli pedagoglar bilan taʼminlanadi hamda rahbar kadrlarni tayinlashda jamoatchilik ishtiroki kengaytiriladi.

300

O‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish siyosatining asosiy maqsadi nimadan iborat?

Asosiy maqsad o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va malakali pedagoglarni ta’lim tizimida ushlab qolishdir.

300

Taraqqiyot strategiyasining qaysi maqsadida o‘qituvchilar maoshi belgilangan?

Bu masala 43-maqsadda belgilangan.

300

43-maqsadga ko‘ra o‘qituvchilar oylik maoshi nechaga yetkazilishi rejalashtirilgan?


Malakali o‘qituvchilarning oylik maoshi 1 000 AQSH dollari ekvivalentiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

300

O‘qituvchilar maoshi qanday omillar asosida oshiriladi?


Maosh bazaviy tarif stavkasi, malaka toifasi, ustamalar, sinf rahbarligi, hududiy koeffitsientlar va qo‘shimcha yuklamalar asosida oshiriladi

300

Malaka oshirish o‘qituvchilar daromadiga qanday ta’sir qiladi?


Yuqori malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshi sezilarli darajada oshadi.

400

O‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirish qanday ijtimoiy natijalarni beradi?


Bu ta’lim sifatini oshiradi, yoshlarning pedagog kasbiga qiziqishini kuchaytiradi va kadrlar oqimini kamaytiradi.

400

“Pensiya” dasturiga kiritilgan o‘zgarishlarning mohiyati nimadan iborat?


Pensiyalarni hisoblashda o‘rtacha ish haqining maksimal miqdorini 12 barobar asosida belgilash va jarayonni raqamlashtirishdan iborat.

400

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida taʼlim tizimini rivojlantirish nega ustuvor yoʻnalish sifatida belgilangan?


Chunki taʼlim tizimi jamiyat taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Sifatli taʼlim orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlanadi, o‘qituvchi kasbi nufuzi oshadi va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivoji taʼminlanadi.

400

Milliy o‘quv dasturi qaysi xalqaro baholash tizimlariga asoslanadi?


PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro baholash tizimlariga asoslanadi.

400

Milliy o‘quv dasturining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?


Kompetensiyaviy yondashuv, funksional savodxonlik, fanlararo integratsiya, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirish.

500

Ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni qanday?

Elektron darsliklar, LMS tizimlari va sun’iy intellekt asosidagi platformalar ta’limni individuallashtiradi va samaradorlikni oshiradi.

500

Pedagoglarning bilim va malakasini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘riladi?


Xalqaro treninglar, seminarlar, onlayn va oflayn malaka oshirish kurslari joriy etiladi.

500

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga qaysilar kiradi?

STEAM ta’limi, tanqidiy fikrlash metodlari, raqamli laboratoriyalar va virtual simulyatorlar.

500

Maktab infratuzilmasini takomillashtirish nimani o‘z ichiga oladi?

Zamonaviy laboratoriyalar, IT-sinflar, elektron kutubxonalar va tezkor internet bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

500

Taraqqiyot strategiyasi natijasida qanday kutilayotgan natijalarga erishiladi?

Ta’lim sifati oshadi, o‘qituvchilar malakasi yuksaladi, o‘quvchilar xalqaro baholashlarda yuqori natijalarga erishadi.

M
e
n
u