Pedagog psixologiyasi nimani o'rganadi?
Ta'lim-tarbiya jarayonida shaxsiy psixikasining rivojlanishini
O‘qituvchining yetakchi psixologik sifati qaysi?
Pedagogik empatiya
O‘quv faoliyatining yetakchi motivi nima?
Bilishga qiziqish
Motiv nima?
Faoliyatni harakatga keltiruvchi ichki sabab
Pedagogik muloqot nima?
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi psixologik aloqalar tizimi
Pedagog psixologiyasi qaysi fanlar bilan uzviy bog'liq?
Pedagogika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi
Pedagogik takt deganda nima tushuniladi?
O‘quvchi bilan to‘g‘ri va odobli munosabat o‘rnatish
O‘smirlik davrining asosiy psixologik xususiyati qaysi?
Mustaqillikka intilish
Ichki motivatsiyaga misol keltiring
Bilim olishdan zavqlanish
Sinfdagi ijobiy psixologik muhit nimaga ta’sir qiladi?
O‘quvchilar faolligiga
Pedagog psixologiyasining asosiy obyekti nima?
Ta'lim jarayonidagi o'qituvchi va o'quvchi faoliyati
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi nimani anglatadi?
Bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy sifatlar majmui
Kognitiv rivojlanish nimani anglatadi?
Tafakkur, xotira va diqqatning rivojlanishi
Rag‘batlantirishning samarali turi qaysi?
Maqtov va ijobiy baholash
Konfliktning asosiy sababi nima bo‘lishi mumkin?
Noto‘g‘ri muloqot
Pedagog psixologiyasi mustaqil fan sifatida qachon shakllangan?
XX asr boshlarida
Avtoritar uslubning salbiy tomoni nima?
O'quvchilarda mustaqillik pasayadi
O‘quvchida past o‘z-o‘zini baholash nimaga olib keladi?
O‘qishga bo‘lgan ishonchning pasayishiga
Jazolashning haddan oshishi nimaga olib keladi?
Ta’limga salbiy munosabatda bo'lishga
Demokratik uslubning afzalligi qaysi?
O‘quvchilar fikri inobatga olinadi
Pedagog psixologiyasining asosiy vazifalaridan biri qaysi?
Ta’lim samaradorligini oshirish
Pedagogik refleksiya nima?
O‘qituvchining o‘z faoliyatini tahlil qilishi
Iqtidorli o‘quvchilarning asosiy belgisi qaysi?
Tez o‘zlashtirish va ijodkorlik
O‘quv motivatsiyasini oshirishning eng samarali usuli qaysi?
Faol va interaktiv metodlar
Pedagogik hamkorlik nima?
Ta’lim jarayonida teng huquqli munosabat